3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlarining huquq va majburiyatlari



Download 50,92 Kb.
bet7/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
3-маъруза

3. Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlarining huquq va majburiyatlari
Vazirlikning huquqlari va majburiyatlari
Vazirlik o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o’z vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so’rash va olish;
davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha zarur statistik axborotni bepul asosda olish;
o’z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati hamda kapital qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar mutaxassislarini ilg’or tajribani o’rganish va malaka oshirish maqsadida xorijga yuborish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni aniqlash va ko’rib chiqish bo’yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaxshi ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalar mol-mulkini o’zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir bo’linmadan boshqa bo’linmaga tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini, tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko’rsatkichlari parametrlari ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag’batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalqaro darajada O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
arxitektura va qurilishni rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi ko’rib chiqilishi shart bo’lgan ko’rsatmalarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
olimlarni, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatlar, ilmiy va ekspert ishlarini o’tkazish, arxitektura va qurilishga oid dolzarb masalalarni ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarida o’qitish va mahorat darslari o’tkazish uchun shartnoma asosida taklif etish;
o’z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o’tkazishga, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yo’naltirilgan qarorlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;
arxitektura va qurilish sohasini reklama qiluvchi va targ’ib qiluvchi boshqa mahsulotlarni (mamlakatda arxitektura va qurilishni yanada ommalashtirishga yo’naltirilgan reklama audio-, videomateriallari va broshyuralar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) bosish, ko’paytirish, tayyorlashga buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki o’ziga qarashli tashkilotlar orqali joylashtirish;
o’z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatish va ishlarni bajarish.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Vazirlik:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning lozim darajada va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalga oshirilishi;
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko’rsatkichlari parametrlariga va belgilangan indikatorlarga erishishning so’zsiz ta’minlanishi;
joriy etilayotgan innovasiyalar, g’oyalar va texnologiyalar, shuningdek, Vazirlik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
tegishli sohani rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi hamda hududlardagi muammoli masalalar hal etilishi;
fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi ta’minlanishi uchun javob beradi.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish