3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi



Download 50,92 Kb.
bet9/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-маъруза

Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari o’zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o’z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so’rash va olish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun kiritish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga arxitektura va qurilishni rivojlantirish maqsadida zarur sharoitlarni yaratishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida majburiy ko’rib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;
o’z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
o’z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida muhim muammolarni ishlab chiqish va ko’rib chiqish bo’yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;
shaharsozlik, ekologik talablarga va arxitektura organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga (ART-1 va ART-2) javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari bo’yicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar va obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish;
shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaxshi loyihaning ilmiy-texnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va O’zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar o’tkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;
o’z faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o’zaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
Vazirlikka shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzgan holda ishlayotgan shaharsozlik faoliyati subyektlarining qurilish sohasidagi hamda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati huquqini beruvchi lisenziyalarning amal qilishini to’xtatib turish yoki to’xtatish to’g’risida takliflar kiritish;
olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar o’tkazish uchun, arxitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalarida o’qitish va mahorat darslarini o’tkazish uchun Vazirlik bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislarni taklif etish;
o’z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
mintaqada arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yo’naltirilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni belgilangan tartibda yo’lga qo’yish.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari:
Vazirlikning tuman (shahar) hududiy bo’linmalari bilan hamkorlikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik hududiy bo’linmalarining faoliyati bilan bog’liq prognoz ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida arxitektura va qurilish sohasini rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida arxitektura va qurilish sohasini rivojlantirish bo’yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.


Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish