3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


Qurilish vazirligi tashkil etilishi, tuzilmasi va vazifalari



Download 50,92 Kb.
bet2/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-маъруза

2. Qurilish vazirligi tashkil etilishi, tuzilmasi va vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi O’zbekiston Respublikasi Arxitektura-qurilish qo’mitasi negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 2 apreldagi PF-5392-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2018 yil 2 apreldagi PQ-3646-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;
qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari;
«Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» davlat unitar korxonasi;
Qurilishda standartlashtirish respublika markazi;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;
arxitektura-qurilish ixtisosligidagi kasb-hunar kollejlari;
tanlov savdolarini tashkil etish bo’yicha konsalting markazlari.
Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovasion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o’rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo’llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o’quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashish.
Vazirlik o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovasion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish sohasida:
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib boradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantiradi va to’ldiradi;
energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovasion loyihalarni, yechimlarni, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovasion loyihalarni qurilish faoliyatiga joriy etadi;
pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular faoliyati monitoringini olib boradi;
shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-texnika va texnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi;
kapital qurilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantirishga ko’maklashadi;
loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarini baholashning mezonlari va mexanizmini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimini joriy etadi;
qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;
manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo’l qo’ymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat o’rnatadi;
qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg’or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;
qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qo’llash masalalari bo’yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
tanlov savdolarini o’tkazish bo’yicha konsalting markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
b) respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish sohasida:
O’zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega bo’lgan shaharlarning markaziy qismlarini bosh rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli bo’lgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno;
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish to’g’risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo’yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;
aholi punktlari bosh rejalari, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig’inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatdan tashkil etish loyihalaridan barcha foydalanishini O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi saytida ularning ochiq grafik qismini e’lon qilish yo’li bilan ta’minlaydi;
v) shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o’rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish sohasida:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o’rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilashda qatnashadi;
o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo’limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
aholini shaharsozlik faoliyati to’g’risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
o’z vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
g) loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo’llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish sohasida:
loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi;
loyihalash ishini va qurilish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo’llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
o’z vakolatlari doirasida monitoring olib boradi, tekshirishlar o’tkazadi, ularning natijalarini umumlashtiradi, shuningdek, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’radi;
loyiha tashkilotlari va ular faoliyatining natijalari to’g’risidagi hisobot va axborot materiallarini, statistik va boshqa ma’lumotlarni o’rganishni tashkil etadi;
yetakchi loyiha tashkilotlarining ish rejalari va biznes-rejalarini tahlil qiladi va ular faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;
zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha-qidiruv tashkilotlari mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish choralarini ko’radi;
o’z vakolatlari doirasida lisenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
o’rganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar beradi;
shaharsozlik hujjatlari bajarilishi bo’yicha mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini o’tkazadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda lisenziyalar beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan lisenziyalarning amal qilishini to’xtatib turish yoki to’xtatish choralarini ko’radi;
lisenziatlar tomonidan lisenziya talablari va shartlari bajarilishi to’g’risidagi axborot bilan to’ldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etadi;
d) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish sohasida:
o’z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi, shuningdek, belgilangan tartibda ularni ishlab chiqish bo’yicha buyurtmachi bo’ladi;
qurilish industriyasi korxonalari va investisiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to’g’risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
kapital qurilish sohasidagi normativ baza bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi;
qurilish, qurilish industriyasi, jumladan, loyihalashtirish va konstruktorlik sohasida standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
shaharsozlik faoliyatida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qo’yiladigan majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasida ishlar bajarilishini ta’minlaydi;
shaharsozlik tizimida, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va realizasiya qilishda muvofiqlikni baholash sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi;
o’z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
«O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi faoliyatini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, mahalliy raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish, shuningdek, sifatli qurilish materiallarining yangi turlariga bo’lgan ichki talabni qondirish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan muvofiqlashtiradi;
ye) arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o’quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashish sohasida:
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga tizimli asosda ko’maklashishni ta’minlaydi;
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, o’quv jarayonida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish masalalari bo’yicha hamkorlik qiladi;
mutaxassis kadrlarni tayyorlashda shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari va xorijiy tajribani inobatga olgan holda o’quv-metodik hujjatlar, o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatadi, shuningdek, malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;
yuqori malakali professor-o’qituvchilar tarkibini shakllantirishda, o’quv jarayoniga shaharsozlik faoliyati sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishda, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;
belgilangan tartibda vakolatli organga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari bo’yicha takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasida mutaxassislarga bo’lgan talabni o’rganadi, shuningdek, yangi zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha takliflar kiritadi;
Vazirlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi hisoblan rag’batlantiriladigan ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari jumlasidan bo’lgan Vazirlik stipendiatlarini aniqlaydi;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida quruvchilik kasblari bo’yicha respublika miqyosida kasb mahorati ko’rik-tanlovlarini, milliy arxitektura loyihalari mualliflari tanlovlarini tashkil qiladi va g’oliblarni taqdirlaydi;
talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qurilish obyektlarida ko’chma darslar tashkil etadi;
amaliyot darslari samaradorligini oshirish choralarini ko’radi, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi bosqich talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga taqsimlashga ko’maklashadi, ularga tajribali mutaxassislarga biriktiradi;
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlarining tajribali mutaxassislari ma’ruzalarini tashkil etadi;
qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning malakasini oshiradi va ularni, shu jumladan, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorlashni tashkil etadi;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestasiyasida ishtirok etadi, ta’lim muassasalari uchun kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish-pudrat tashkilotlari bazasida o’tkazishga ko’maklashadi;
qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni tayyorlashni tashkil etadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Vazirlik o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tarkibiy va hududiy bo’linmalar orqali hal etadi.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish