3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari



Download 50,92 Kb.
bet4/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-маъруза

Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikning hududiy bo’linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarilishini ta’minlash;
arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo’linmalari faoliyati bilan bog’liq prognoz ko’rsatkichlariga erishilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo’yicha vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko’rib chiqishda ishtirok etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o’rinbosarlari topshiriqlarini o’z vaqtida, to’liq va sifatli bajarish;
Vazirlik xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
markaziy apparat va hududiy bo’linmalar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijasi bo’yicha zarur choralar ko’rish;
Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo’linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
davlat xizmatlari ko’rsatishning samaradorligi, sifatliligi va ochiqligini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha ish samaradorligini ta’minlash, aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotni yo’lga qo’yish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik xodimlari va rahbariyatining ularning faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonalaridan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlar o’z vaqtida va to’laqonli ko’rib chiqilishini ta’minlash;
loyiha-qidiruv tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo’yicha takliflar tayyorlash;
arxitektura va qurilishni rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlarni, arxitektura va qurilish sohasi dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Vazirlik vakillarining xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, arxitektura va qurilish sohasida xorijiy investisiyalar va grantlarni jalb qilish bo’yicha xalqaro xorijiy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlarini, O’zbekiston Respublikasi qurilish vazirining (keyingi o’rinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlari va topshiriqlari o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning professionalizmi, bilimi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ish va odob-axloq sifatlari kafolatlanishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish bo’yicha choralar ko’rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mamlakatda arxitektura va qurilishni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
arxitektura va qurilish sohasida ilg’or xorij tajribasini va ilmiy-texnik taraqqiyotga erishishni o’rganishni tashkil etish, ushbu tajribani respublikada qurilishni yanada rivojlantirish uchun joriy etish;
xalqaro miqyosda an’anaviy (milliy) arxitektura va qurilishni keng targ’ib qilish va rivojlantirishga ko’maklashish;
konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar o’tkazilishini tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.
Vazirlikning markaziy apparati o’ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minlashni amalga oshiradi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo’linmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, hay’atning qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy bo’linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
Vazirlikning faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo’jalik va boshqa masalalar hal qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo’linmalari faoliyati bilan bog’liq prognoz ko’rsatkichlariga erishishni so’zsiz ta’minlash bo’yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tarkibiy bo’linmalari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo’yicha hamkorlik qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo’linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlaydi;
ilg’or xorij tajribasini inobatga olgan holda respublikada arxitektura va qurilishning rivojlanishiga ko’maklashish bo’yicha tizimli choralar ko’rilishini ta’minlaydi;
Vazirlikning samarali faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
respublikada arxitektura va qurilish rivojlanishining monitoringini olib boradi, respublikada arxitektura va qurilishni yanada rivojlantirishning har yilgi prognozlarini shakllantiradi;
mamlakatda qurilishni rivojlantirishni rag’batlantirishning tizimli choralarini ko’radi;
loyiha va qurilish tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ko’maklashadi;
arxitektura va qurilish masalalari bo’yicha xalqaro aloqalarni rivojlantiradi va ko’maklashadi;
O’zbekiston hududida va uning tashqarisida arxitektura va qurilish sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish