3-mavzu: O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasini davlat boshqaruv organlari tizimi. Reja


O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi



Download 50,92 Kb.
bet13/14
Sana14.04.2022
Hajmi50,92 Kb.
#550146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-маъруза

5.O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi
Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiga kiradi va o’z vakolati doirasida O’zbekiston Respublikasi hududida qurilish hamda qurilish materiallari, mahsulotlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasidagi texnik boshqaruv normativ hujjatlari talablariga bo’ysunilishi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi xo’jalik hisobidagi tashkilot hisoblanadi.
Hududiy qurilishi inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Namunaviy Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari va qarorlari asosida faoliyat olib boradi.
Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankaga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamiga ega.
Quyidagilar Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejaga qat’iy rioya etgan holda aholi punktlari kompleks qurilishlarini, shaharsozlik to’g’risidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda, loyihalash-qidiruv va qurilish-montaj ishlarida, qurilish materiallari va mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga so’zsiz rioya qilishlarini nazorat etish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
buyurtmachining texnik nazoratini va loyihalashtirish tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning qurilish sohasida, qurilish materiallari, mahsulotlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda shaharsozlik qonunlari talablariga, loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlarga, qurilish-montaj ishlarining barcha bosqichlarini amalga oshirishda texnologik talablarga rioya etishlarini nazorat qilish;
qonunchilikda ko’zda tutilgan hollardan tashqari, barcha qurilish obyektlarini, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat bergan holda, ro’yxatdan o’tkazish;
xususiy turar-joy qurilishlaridan tashqari, qurilish ishlari tugatilgan qurilish obyektlarini qabul qilib olish komissiyasi ishlarida majburiy ishtirok etish;
shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi nazoratini tashkil etish sohasidagi texnik boshqaruvlar bo’yicha takliflar kiritish va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishda ishtirok etish;
har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar va statistik ma’lumotlarning o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga malakali kadrlarni tanlash va tavsiya qilish;
Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasining me’morchilik va qurilish sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojini o’rganish, shuningdek, bu masalalar bo’yicha aniq takliflar kiritish.
Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aholi punktlari kompleks qurilishlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejaga qat’iy amal qilgan holda shaharsozlik qonunchiligi, shaharsozlik me’yorlari va qoidalari hamda standartlariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;
aholi punktlari rejalashtirilishi va qurilishida yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik to’g’risidagi qonunlarga, shaharsozlik me’yorlari va qoidalari hamda standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
buyurtmachining shaharsozlik sohasidagi texnik nazoratini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchining mualliflik nazoratini tekshiradi;
O’zbekiston Respublikasi hududida qurilish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish sohasida texnik tartibga solish normativ hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
qurilish obyektida ijro hujjatlari yuritilishini, shaharsozlik faoliyati subyektlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqarilishini hamda qurilish sohasida qonunda ko’rsatilgan lisenziyali faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlarning mavjudligini nazorat qiladi;
loyihalash-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materillari va buyumlarining ishlab chiqarilishi hamda qo’llanilishini nazorat qiladi;
qurilish obyektlarida qonunda belgilangan tartibda obyektlarning murakkablik (xavflilik) darajasidan kelib chiqqan holda nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;
qurilish sohasida me’yoriy-texnik va loyiha hujjatlarida ko’zda tutilgan sinovlar, s’yomka va o’lchovlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
avariya holatidagi binolar, inshootlar, ularning qismlari va konstruktiv elementlarini va avariyaga olib kelgan sabablarni tekshirish bo’yicha texnik komissiyalarda ishtirok etadi;
mavjud binolar va inshoatlarni qayta tiklash yoki rekonstruksiya qilinishi maqsadga muvofiqligi bo’yicha va tajriba-qurilish sinov laborotoriya ishlarini shartnoma asosida texnik tekshiruvini o’tkazadi va tegishli xulosa beradi;
qurilish mahsuloti sifatini ta’minlash, shaharsozlik qonunchiligi talablariga bo’ysunish yuzasidan davlat, boshqa vakolatli organlar, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
texnik tartibga solish, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilish bo’yicha qurilish sohasida me’yoriy hujjatlar talablarini buzgan ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini va arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati bilan shug’ullanayotgan tashkilotlar va korxonalarning lisenziyalari amal qilishini to’xtatib turish yoki to’xtatish haqida Vazirlikka taklif kiritadi;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar haqida belgilangan tartibda bayonnomalar tuzadi;
qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalarining buzilishi aholi sog’lig’i va hayotiga zarar yetkazganda yoki og’ir oqibatlarga olib kelganida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda choralar ko’rish yuzasidan xabar beradi;
nazorat natijalarini tahlil qiladi, xalqaro tajribalarni o’rganadi, me’yoriy talablarni takomillashtirish bo’yicha takliflar, qurilish sifatini yaxshilash hamda qurilish materiallaridan oqilona foydalanish yuzasidan metodik hujjatlar tayyorlaydi;
har chorakda Vazirlikning Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasiga (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi) bajarilgan ishlar to’g’risida hisobot beradi;
aholini Hududiy inspeksiya faoliyati haqida xabardor qilish ishlarini tizimli asosda olib boradi, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi vakolati doirasidagi murojaatlarini qabul qilish va zarur choralar ko’rish ishlarini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi;
zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalari, shuningdek, aniq faoliyat yuzasidan tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Inspeksiya bilan kelishib oladi;
Vazirlik hay’at yig’ilishlari va ilmiy-texnik kengashlari faoliyatlarining rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
aholiga nazorat faoliyatining maqsadlari, vazifalari va aniq natijalari haqida axborot berish uchun ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish