5.Shaharlar murakkab tushuncha bo’lgani bois, ularni turli fan vakillari har xil talqin qiladilar. Masalan, iqtisod uchun shahar asosan ishlab chiqarish, eng avvalo sanoat markazi, sotsiologiya uchun o’ziga xos yashash muhiti, tarixchi uchun o’tmishdan guvohlik beruvchi joydir va h.k. Iqtisodiy geografiyada esa shahar —bu qishloq xo’jaligi bo’lmagan sohalar va ular bilan shug’ullanuvchi aholini hududiy tashkil etish shaklidir; u dinamik ijtimoiy — iqtisodiy tizim (sistema) hisoblanadi. Dunyodagi jami aholi yashaydigan manzilgohlar ikki turga bo’linadi: shahar (shahar va shaharchalar) va qishloq aholi manzilgohlari (qishloq va ovullar). Ular bir-biridan qator belgilariga, xususan, aholi soni va zichligi, Metropleks — ―megalopolis‖ga sinonim sifatida ishlatiladi, bir necha shaharlar shahar atroflari bilan
Shahar atrofi aholining iqtisodiyotda bandlik tarkibi, binolar, uy-joylar, yo’llarning qurilish xarakteri, bajarayotgan funksiyasiga ko’ra farqlanadi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, «shahar» tushunchasi; barcha el va yurtlarda, mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma‘noda talqin qilinmaydi, ular bunday maqomda turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Chunonchi, islom dini mamlakatlarida shaharlar (qubbalar) avvalambor bozor va masjidlarning soni bilan belgilangan. G‗arb mamlakatlarida shaharlar aholi soni va zichligi, joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga o’xshash mezonlar orqali ajratilgan. ―Shahar forscha so’z bo’lib, ―qal‘a (rus tilida ―gorod – ogorodit, ya‘ni o’rab olmoq) ma‘nosini anglatadi. Qadimda odatda shaharlarning ichki -markaziy qismi mudofaa devorlari bilan o’ralgan, bu yerda saroy, hukmdorlar va ular oilalarining qo’rg’onlari, muhim ma’muriy-diniy binolar, bosh maydon (registon), ba‘zilarida oddiy aholi xonadonlari ham bo’lgan va u ―shahriston‖ deb atalgan. Darvozalar orqali ularga kirib chiqilgan. Uning atroflarida ―rabod‖ deb ataluvchi devorlar bilan o’ralgan boshqa qismlari ham bo’lib, bu yerdan bog, ekinzorlar, keyinchalik oddiy aholining uy-joylari o’rin olgan. Masalan, Xivada to’quvchilar, kulollar, gadoylar mahallalari bo’lgan. Shahar-tarixan tarkibtopgan aholi manzilgohidir. Shahar tushunchasi nisbiy bo’lib, qaysi aholi manzilgohini shahar deb yuritish lozimligi borasida olimlar tomonidan hanuzgacha bir fikrga kelinmagan. Urbanizatsiya o’lchov birligi sifatida urbanizatsiyalashgan hududni (shahar) aniqlashtirishning quyidagi usullari bor:
Aholi o‘lchami. Urbanizatsiyalashgan hududlar qishloq joylardan katta deb tan olingan vaqtdan beri ba‘zi hollarda aholi o‘lchamiga alohida qaraladi. Amalda bu shahar aholisi vaqt va makonda boshlang‘ich nuqta sifatida farqlanadi. Shvetsiyada 200 nafardan ortiq bo‘lgan aholiga ega har qanday manzil milliy urbanistik tizimda alohida o‘rin egallasa, AQSHda 2500, Shveytsariyada 10 Yaponiyada 30 000 dan ortadi. Shvetsiyada ko‘pgina 200 nafardan ortiq aholiga ega bo‘lgan aholi manzillariga alohida maqom berilsa, shu bilan birga aholisi zich joylashgan Yaponiya kabi mamlakatda bu kabi kam aholiga ega hududiy birliklarga maqom berilishi uning amalda shahar turlari va birliklari juda ko‘payib ketishiga olib keladi. Keyinchalik esa bu holat xalqaro taqqoslashni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |