3-Mavzu. O’rta Osiyo shaharlarining kelib chiqish genezisi. Ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi



Download 2,6 Mb.
bet1/10
Sana29.04.2022
Hajmi2,6 Mb.
#590439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu


MA’RUZA №3
3-Mavzu. O’rta Osiyo shaharlarining kelib chiqish genezisi. Ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi.
Ma’ruza rejasi:


1. Oʻrta Osiyo shaharsozligining qisqacha rivojlanish tarixi
2. Var shaxarlari.
3. Antik shaxarlarining paydo bo’lishi va o’ziga xos strukturalari.
4. O’rta asr shaxarlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
1. Oʻrta Osiyo shaharsozligining qisqacha rivojlanish tarixi
Oʻrta Osiyo tabiat qarama-qarshiliklariga toʻla boʻlgan keng voha. Qumli sahrolar, gullagan bogʻlar va uzumzorlar, togʻlarning qorli choʻqqilari, chuqur daralar va cheksiz yashil vodiylar. Uning markaziy qismidan (hozirgi Oʻzekiston) qadimdan Yevropani Osiyo bilan, Osiyoni Shimoliy Afrika bilan bogʻlovchi karvon yoʻllari oʻtgan. Shaharlar tarixi eramizdan olingi uchinchi, ikkinchi ming yillikka borib taqaladi. hozirgi Surxondaryo hududida dastlabki shaharlardan protoshahar (proto- oldingisi) qoldiqlari topilgan. Bunday shaharlarda koridorlar xoʻjalik va mudofa maqsadlarida foydalanilgan. turar-joylar koridorlar ibodatxona 4.1-rasm. Dastlabki protoshaharlarning rejaviy shakli.

Er.avv. IV-II asrlarda Oʻrta Osiyoni I.Zulqarnayn bosib oladi va Ellinizm davri
boshlanadi (Ellada-Gretsiya). Gretsiya shaharlari rejasi bu davrda shakllangan shaharlarga ta’sir qilgan. Er.avv. birinchi ming yillikda hozirgi Buxoro oʻrnida qal'a va uning oldida bozor shakllangan. Keyinchalik qal'a oʻrnida Ark qurilgan, bozor esa davom ettirilgan.
Shaharni ikkita asosiy yoʻl toʻrt qismga ajratib turgan va ularning chorrahasida savdo timi joylashgan. Turar-joylar toʻgʻri burchakli reja asosida joylashgan. Mutaxassislar bunday shahar rejasini Gretsiya shaharsozligining ta’siri deb hisoblashadi. Er.avv. III asr, eramiznig I asrida Oʻrta Osiyoni koʻchmanchi qabilalar turklar egallashadi va shaharlarda koʻchmanchilar an'analari bilan sintez yuzaga keladi. Shuningdek, bu davrda koʻchmanchilardan himoyalanish maqsadida shaharlarni oʻrab turuvchi qal'a devorlar – rabotlar shakllana boshlandi. Turklar kelgan paytda asosiy aholi dehqonchilik bilan shugʻullangan, ular 2, 3 qavatli turar- joylar qasrlarda yashashgan hamda uylarining oldida koʻkalamzorlashtirilgan hudud tomorqalari mavjud boʻlgan.
Islom kelgandan keyin (VIII asr) shaharda savdogarlar yashashgan, dehqonlar esa shahar atroflarida yashashgan. Shaharda 1, 2, 3 qavatli zich turar-joylar va ma’muriy binolar shakllandi. Shaharlarda ichki va tashqi mudofa devorlari qurildi va ular Dorun-ichki, Berun-tashqi deb nomlangan. XIII-XIV asrlarda Oʻrta Osiyoni moʻgʻullar bosib olgach, shaharlarni koʻchmanchi manzilgohlar rejasi asosida qurishgan. Dastlabki koʻchmanchilar oʻtovlari moʻgʻullarda – ger, turklarda – uy deb atalgan. Ularni joylashtirishda bir oila yoki bir oiladan tarqalgan qarindoshlar gerlarini aylana qilib oʻrnatishgan, oʻrtada esa oila boshligʻining geri boʻlgan (oila boshligʻining olovi atrofida joylashtirishgan). Oʻgʻillar otasining geri oldiga oʻzlarinikini oʻrnatishmagan odatda otalari oʻtovining orqasida oʻrnatishgan. Shuningdek, dunyo tomonlariga nisbatan ham oila a’zolari obroʻsiga koʻra joylashtirishgan.
Koʻchmanchilar chorvachilik bilan shugʻullanganlari sababli, chorva mollarini kechasi gerlarining orasiga panjaralar oʻrnatib, ichiga qamashgan. Keyinchalik bu prinsipda monastirlarini va shaharlarini qurishgan. Shahar markazida imperator saroyi, janubiy-gʻarbiy tomonda zodagonlar uylari joylashgan.
Amir Temur davrida Oʻrta Osiyo oʻzining eng gullab yashnagan davrini boshidan kechirdi. Amir Temur Chingizxon merosini qadrlagan va moʻgʻullar an’analarini davom ettirgan, shuningdek, Yevropa bilan aloqalarini mustahkamlab, o’zaro malaka almashgan. Bosib olgan davlatlaridan fan, adabiyot, me‘morlikning
namoyandalarini Samarqandga olib kelib, shaharni dunyoning eng mashhur
shaharlaridan biriga aylantirdi.

Bu davrda shaharning rabot va berun, darun tipi o’zgardi, Amir Temur shaharda
radial sxemadagi ko’chalar tipini qo’lladi. Uning Movarounnahr hukmdori bo’lgach ilk poytaxti Balx shahrini radial ko’chalar bilan 8 qismga ajratgan. Ularning chorrahasida shahar markazi joylashgan.
Balx shahri shaharsozlik uslubi G’arb shaharsozligiga ta‘sir ko’rsatgan.
Amir Temur davri shaharsozligida Yevropa shaharsozligi ta‘siri seziladi.
Ayniqsa, uning hukmdor bo’lgan yiliyoq yangi poytaxti deb e‘lon qilingan
Samarqand shahrini qurishda Florentsiya shaharsozligi izlari seziladi. Amir Temur
kelguncha shaharda ikkita rabot qurilgan, birinchi devor X-asrda, ikkinchi devor XI-asrda qurilgan. Temur hoqimiyatga kelganda esa, birinchi rabot devorlari qolmagan, faqat ikkinchi devor xarobalari bo’lgan. Ikkita rabot o’rnida p shaklida ko’chalar bo’lgan, shahar to’g’ri burchakli rejaga ega bo’lgan. Amir Temur shaharni jarlikkacha kengaytirib, yangi Hisor devorini qurdirgan. Shaharda ichki rabot devorlaridan ketgan oltita radial ko’chalar oltita darvozaga olib brogan XVI-XVII asrlarda O’rta Osiyoni Shayboniylar boshqargan va bu davrda
(Abdullaxon II hukmronligi davrida) Buxoro gullab yashnadi. Abdullaxon II davrida turklar O’rta Osiyoni artilleriya bilan tanishtiradi va bu hol shaharsozlikka ta‘sir ko’rsatadi. Buxoroning mudofa devorlari artilleriyaga moslashgan holda qalinlashadi, tepasi artilleriya aravachalari yurishi uchun kengayadi va ma‘lum masofalarda minoralar o’rnatiladi.
Bu davr shaharsozligida yana bir muhim jihat shaharlarning kengayish
modelidir. Shaharlar dastlab g’arb tomonga, keyin sharq, shimol, janub tomonga
kengaygan. Keyin oralaridagi bo’shliqlar ham to’lib, aylana mudofa devori bilan
o’rab olingan. G’arb tomonda asosan, yuqori tabaqali aholi yashagan, hovlilar katta
va keng bo’lgan. Bunday xususiyat Buxoro va Xiva shaharlariga xosdir. Ushbu
modeldan foydalanib arxitektor Kisho Kurokava Astana shahrining bosh tarhini
loyihalagan. XVIII asrning birinchi yarmida Buyuk Ipak Yo’lining ahamiyati yo’qola boshlandi, o’zaro janglar, ko’chmanchilarning to’xtovsiz hujumlari, vabo kabi kasalliklar tarqalishi oqibatida O’rta Osiyo tang ahvolda qoldi. Bir necha shaharlar inqirozga uchragan, Amir Temur yaratgan davlat parchalanib, kichik shahar davlatlar paydo bo’ldi va o’z-o’zini qutqarishga harakat qildi. Bu shahardan yiriklari ichida uchtasi xonlikni tashkil etdi. Bular Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklaridir. XVIII asrdan boshlab, Rossiya bilan bilan savdo aloqalari natijasida Toshkent O’rta Osiyo markaziga aylandi. Toshkent aniq rejaviy struktura asosida shakllandi. Shahar to’rt dahaga ajratilgan, tashqi devorlari saqlanib qolgan edi. Dahadan kichik guzar, guzardan kichik mahalla bo’lgan. Har bir daha shaharning ma‘muriy qismi hisoblanib, o’zini o’zi boshqargan va hatto o’zining harbiy kuchlariga ega bo’lgan. Aholi soni ko’pligi darajasiga ko’ra birinchi o’rinda Sebzor dahasi, ikkinchi o’rinda Ko’kcha dahasi, uchinchi o’rinda Shayhontohur dahasi bo’lgan, eng kam aholi Beshyog’och dahasida bo’lgan.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish