2.O’rta asr shaharlari (VI-XVI-asrlar). Feodalizmda shaharlar rivojlanishi
Hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi, yerdan foydalanish bilan (feod -yer) bog’liq bo’lgan. Bu davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashib, shaharlarning savdo (dengizbo’yi savdosi) va harbiy strategik ahamiyati ortadi,ular katta hududlarning siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy hamda savdo markazlari funksiyasini bajargan. Natijada Parij, Moskva, Venetsiya, Madrid, London, Dehli, Guanchjou, Agra shaharlari bu davrning yirik shaharlariga aylangan. Buyuk geografik kashfiyotlar dengizbo’yi shaharlarining rivojlanishini tezlashtiradi. Aholi soni mazkur davr boshlarida urushlar, epidemiyalar oqibatida sekinlik bilan o’sib, davr oxirlarida esa tez o’sgan. Yevropaning eng yirik shaharlarida 200-500 minggacha aholi yashagan, Osiyoda esa ular ancha ko’p -1-2 mln.gacha aholiga ega bo’lgan (Guanchjou, Dehli, Chanyan).
3. Ishlab chiqarish shaharlari (XVII-XX asrning birinchi yarmi).
Mazkur davrda shaharlarning shakllanishi va jadal taraqqiy etishining asosini mashinalashgan sanoat tashkil etadi. Ijtimoiy va geografik mehnat taqsimoti takomillashib, ko’plab aholi qishloqlardan shaharlarga ko’chib kela boshlaydi. Shaharlar aholi va ishlab chiqarish mujassamlashgan yirik markazlarga aylanadi. Dunyodagi eng birinchi sanoat sha hri-Buyuk Britaniyadagi sanoat inqilobi ro’y bergan Manchester shahri hisoblanadi. Chikago, Kyoln, Essen, Detroyt, Nyu-York, Peterburg, Amsterdam, London, Parij kabi shaharlar sanoat ishlab chiqarishi asosida jadal rivojlana boshlagan.
1800-yilgacha London o‘zining 900 000 aholisi bilan dunyoda eng katta shahar bo‘lgan. 1801-1851-yillarda Birmingem aholisi 273 % ortib, 71 000 nafardan 256 000 nafarga ko‘paydi, Manchesterda esa shu davrda 75 000 nafardan 338 000 nafarga ortdi (351%). Glazgoda aholi soni 84 000 kishidan 350 000 kishiga ko‘paydi (317 %). Lawton (1972) hisobi bo‘yicha, Britaniyaning 27 mln.ga ortgan aholisining deyarli barchasi 1801-1911-yillarda urbanistik hududlarda istiqomat qilgan. XIX asrning ko‘pgina yirik sanoat shaharlarida boylik o‘z aksini monumental jamoaviy binolar qurilishi va madaniy institutlarda topdi
Sanoat shaharlari XIX asrda shaharlarning rivojlanayotgan aholisiga ko‘rsatilayotgan urbanistik xizmatlar va infrastrukturasiga ulkan zarba bo‘lib qo‘shildi. Jamoat sanitariyasi va suv ta‘minoti nomutanosibligi yuzaga keldi va nisbatan past qatlam istiqomat qiluvchi hududlarda suv ta‘minoti deyarli mavjud bo‘lmagan. O‘rta asr Londonida 200 000 dan ortiq drenajsiz quduqlar mavjud bo‘lib, Temza daryosi virtual ochiq kanalizatsiyaga aylanib qolgan. Bu kabi holat boshqa yirik sanoat shaharlarida ham kuzatilgan hamda vabo, tif kabi kasalliklar kambag‘allar o‘rtasida tarqalgani hayratlanarli holat emas. 1832-yilda vabo epidemiyasi 5000 londonlikni o‘limiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu yili Glazgoda 2800 kishini hayotdan olib ketdi. Boylik, tanlov imkoniyati aholi guruhlari o‘rtasida turlicha bo‘lgan
Rivojlangan davlatlarda shaharlar yirik ishlab chiqarish markazlari bo’lishi
bilan bir qatorda, aholi tabaqalanishiga asoslangan boy va qashshoq kvartallar, transport tirbandligi, atrof-muhitning ifloslanishi, ishsizlik, jinoyatchilik kabi muammolar keskinlashadi Aholi ko’payishi, tabiiy resurslarning ko’plab o’zlashtirilishi, yirik sanoat korxonalarining ortishi shaharlar, ayniqsa poytaxt shaharlarning markazlashuviga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |