3-mavzu. Obligatsiyalar bozori. Aksiyalar bozori. Reja


Nizom tizimi (majoritar, statut)



Download 1,45 Mb.
bet9/22
Sana09.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#646810
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
3-мавзу

Nizom tizimi (majoritar, statut). Nizom tizimida «bitta ovoz – bitta aksiya bitta masalaga» tamoyili amal qiladi. Masalan, agar yettita masala hal etilayotgan va aksiyador 1000 ta aksiyaga ega bo‘lsa, u 1000 ta ovozni dastlab birinchi, keyin ikkinchi va h.k. to ro‘yxat tugagunga qadar yettita ovoz berish davomida foydalanishi mumkin. Nizom tizimi yirik aksiyalar egalariga nazorat ta’sirini saqlash uchun qulaydir.
Direktorlar Kengashini tayinlashda kumulyativ ovoz berish tizimi shuni ko‘zda tutadiki, aksiyadorga tegishli bo‘lgan ovozlar soni unga tegishli bo‘lgan aksiyalar sonini nizomda belgilangan Direktorlar Kengashi a’zolari soniga ko‘paytirilgan miqdoriga teng. Kengash a’zolari soni 7 taga teng bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida kumulyativ ovoz berish tizimida aksiyador 7000 ta ovozga ega bo‘ladi (bitta ovoz x 1000 ta aksiya x 7). Bunda u bitta nomzod uchun 4000 ta, ikkinchi nomzod uchun – 2000 ta va h.k. ovoz berish yoki barcha ovozlarni bitta nomzod uchun berish huquqiga ega. Aksiyador o‘z ovozlarini istalgan nisbatda tasarruf qilishi mumkin. Kumulyativ tizim o‘z ovozlarini bitta ovoz berishda markazlashtirish va Direktorlar Kengashiga o‘z vakilini kiritishga harakat qiladigan mayda aksiyadorlarni ko‘proq qoniqtiradi.
Direktorlar Kengashiga o‘z nomzodlarini kiritishda aksiyadorga nechta ovoz kerakligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bu yerda d – aksiyador Direktorlar Kengashiga kiritish istagida bo‘lgan nomzodlar soni; s – aksiyalar umumiy soni; D – Direktorlar Kengashidagi o‘rinlar soni; N – investorga qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan aksiyalar soni.
Ovoz beruvchi aksiyalar paketi taqdim etadigan qo‘shimcha huquqlar:
1% – aksiyadorlar reestridagi axborot bilan tanishish va Direktorlar Kengashi a’zosiga da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilish;
2% – umumiy yig‘ilishning kun tartibiga taklif kiritish va o‘z nomzodini Direktorlar Kengashiga qo‘yish;
10% – navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirish, jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni talab qilish huquqi;
25% + bitta ovoz – blokirovka qiladigan paket – ushbu paket umumiy yig‘ilish qabul qiladigan to‘rtta eng muhim qarorni blokirovka qilish huquqini beradi (nizomga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish haqida; aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil qilish haqida, aksiyadorlik jamiyatini tugatish haqida, yirik bitimlar tuzish haqida). Bu qarorlar malakali ko‘pchilik tomonidan qabul qilinadi (ovozlarning 3/4 qismi);
30% ovoz – bo‘lib o‘tmagan yig‘ilish o‘rniga yangi yig‘ilish chaqirish huquqini beradi (yig‘ilishda ovoz beruvchi aksiyalarning kamida 50% i, keyingi yig‘ilishda esa – 30% i ishtirok etishi lozim);
50% + bitta ovoz – nazorat paketi – yuqorida aytib o‘tilgan to‘rtta masaladan tashqari barcha masalalarni hal qilish huquqini beradi. Nazorat paketini o‘z egalariga aksiyadorlar yig‘ilishida o‘z qarorlarini o‘tkazish imkoniyatini beradigan aksiyalar soni (yoki aksiyalar umumiy sonidan foiz) sifatida tavsiflash mumkin. Nazorat paketi kichikroq bo‘lishi ham mumkin. AQShda nazorat paketlari 5–10% aksiyalardan ham iborat;
75% + 1 aksiya – aksiyadorlik jamiyati ustidan to‘liq nazorat;
95% – aksiyalarni qolgan aksiyadorlardan majburiy sotib olish huquqi.
Ovoz beruvchi aksiyalar hisob-kitobi
Aksiyadorlik jamiyatida joylashtirilgan aksiyalar soni ovoz beruvchi aksiyalar soniga teng bo‘masligi mumkin, ya’ni har bir aksiya ham aksiyadorga ovoz berish huquqini taqdim etmaydi. Birinchi navbatda, ovoz beruvchi aksiyalar qatoriga imtiyozli aksiyalar kiritilmaydi.
Biroq ko‘pincha ovoz beruvchi aksiyalar soniga boshqa sabablarga ko‘ra ham tuzatishlar kiritiladi:
–ular bo‘yicha aksiyadorlar huquqi buzilgan imtiyozli aksiyalar soniga oshiriladi;
–g‘aznachilik aksiyalari soniga kamayadi.

Dividendlarni e’lon qilish va to‘lash tartibi Aksiyadorlarga dividend to‘lovlarini e’lon qilish va to‘lash umumiy tartibi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish