Varrant Varrantlar amal qilish mexanizmi va iqtisodiy mazmuni bo‘yicha huquqlarga yaqindir.
Varrant – bu uning egasiga belgilangan vaqt davri davomida oldindan qayd qilingan narx bo‘yicha belgilangan miqdordagi qimmatli qog‘ozlar xarid qilish huquqini beradigan qimmatli qog‘ozdir.
Varrantning huquqlardan farqlari
1) huquq – obuna vaqti davomida amal qiladi. Varrant – bu uzoq muddatli qimmatli qog‘ozdir (bir necha yilga chiqariladi);
2) nafaqat aksiyadorlarga, balki boshqa shaxslarga ham beriladi. Mohiyatan varrant – bu kompaniya aksiyalarini xarid qilishga uzoq muddatli opsion.
Emitent opsioni
Emitent opsioni – bu emission qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning egasiga unda belgilangan muddat davomida yoki unda ko‘rsatilgan holatlar ro‘y berganda bunday opsion emitentining belgilangan miqdordagi aksiyalarini emitent opsionida belgilangan narx bo‘yicha sotib olish huquqi belgilab qo‘yilgan.
Asosiy tavsifnomalari:
–nomi yozilgan qimmatli qog‘oz;
–emission qimmatli qog‘oz;
–aksiyalarga konvertatsiya qilinadi;
–aksiyalarni qayd qilib qo‘yilgan narx bo‘yicha xarid qilish huquqi; –yopiq obuna bo‘yicha tarqatiladi;
–kapital to‘liq to‘langanidan keyingina chiqarilishi mumkin;
–ilgari shu turdagi joylashtirilgan aksiyalarinng 5% idan ortiq emas.
Depozitar tilxatlar
Depozitar tilxat – bu fond bozorida erkin muomalada bo‘ladigan, sertifikat shaklida yoki hujjatsiz shaklda tilxatlar chiqargan yirik depozitariy bankida deponentlangan xorijiy kompaniya aksiyalariga hosilaviy qimmatli qog‘ozdir.
Depozitar tilxatlarning quyidagi turlari mavjud:
–Amerika depozitar tilxatlari (ADT)
– erkin muomalada bo‘ladigan sertifikat, belgilangan miqdordagi ADAga egalik huquqini tasdiqlaydi. ADA (ADS)
– Amerika depozitar aksiyasi
– nominali AQSh dollarida belgilangan, uning egasiga belgilangan miqdorda xorijiy kompaniyalar aksiyalarini xarid qilish huquqini tasdiqlaydigan qimmatli qog‘oz. ADT egasi amalda xuddi haqiqiy aksiyador bilan bir xil huquqlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, ADT
– bu xorijiy emitentning belgilangan miqdordagi aksiyalariga egalik sertifikatidir;
–global depozitar tilxatlar (GDT)
– nafaqat AQShda, balki boshqa mamlakatlarda ham muomalaga yo‘l qo‘yiladi. GDT nominali nafaqat dollarda, balki boshqa valyutalarda ham belgilanadi. 1990 yilda paydo bo‘lgan;
–Yevropa, xalqaro depozitar tilxatlari
– Yevropa banklari tomonidan yevropalik bo‘lmagan kompaniyalar aksiyalariga chiqariladi.
ADR/GDR chiqarish kompaniya uchun – bu:
–investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital jalb qilish;
–xorijiy investorlar nigohida imij yaratish, chunki kompaniya aksiyalariga depozitar tilxatlarni jahonga mashhur bo‘lgan ishonchli bank chiqaradi;
–bu aksiyalarga talabning o‘sishi oqibatida ichki bozorda kurs qiymatining o‘sishi;
–investorlar doirasining kengayishi, xorijiy portfelli investorlar jalb qilinishi.
Amerika depozitar tilxatlari turlari ADT chiqarishda taqdim etiladigan axborot sifati va emitent sifatiga qarab, depozitar tilxatlarning to‘rt xil turi ajratib ko‘rsatiladi:
–birinchi darajali ADT (depozitar tilxatlarning savdo shakli)
– depozitar tilxatlarni joylashtirishning ular faqat birjadan tashqari bozorda muomalada bo‘lishi mumkin bo‘lgan shakli. Aksiyalar emitenti bo‘lgan kompaniya xalqaro standartlarga muvofiq auditorlar tomonidan tekshirilgan moliyaviy hisobot taqdim etishga yoki axborotni ochib berish bo‘yicha barcha talablarni bajarishga majbur emas;
–ikkinchi darajali ADT (depozitar tilxatlar listing shakli) – depozitar tilxatlarni joylashtirishning ular Amerika birjasida savdo qilinishi mumkin bo‘lgan shakli. Kompaniya-emitent listing bo‘yicha birjaning, odatda, quyidagilarni o‘z ichiga oladigan talablariga javob berishi lozim: aksiyadorlar minimal soni, minimal bozor kapitallashuvi, bir necha yil uchun moliyaviy hisobot taqdim etish;
–uchinchi darajali ADT (depozitar tilxatlar taklifi) – depozitar tilxatlarni joylashtirishning nafaqat Amerika birjasida savdo qilish, balki yangi aksiyalar ham chiqarish mumkin bo‘lgan, ya’ni yangi kapital jalb qilishga imkon beradigan shakli;
–to‘rtinchi turdagi (daraja emas) ADT (depozitar tilxatlarni xususiy joylashtirish) – depozitar tilxatlarni joylashtirishning faqat juda yirik professional investorlar orasida o‘tkaziladigan ADT xususiy joylashtirish yo‘li bilan xalqaro bozorlarga yo‘l topish imkonini beradigan shakli. To‘rtinchi turdagi ADT, shuningdek, cheklangan ADT deb ham ataladi2.