3-mavzu. Obligatsiyalar bozori. Aksiyalar bozori. Reja



Download 1,45 Mb.
bet14/22
Sana09.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#646810
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
3-мавзу

6. Haqiqiy qiymat.
Haqiqiy qiymat (PV, ichki qiymat, hisob-kitob qiymati, nazariy qiymat) – aksiya qiymatining o‘tkazilgan tahlil asosidagi ekspertlar bahosi.
7. Kelajakdagi qiymat.
Kelajakdagi qiymat (FV) – aksiyaning kelajakdagi bashorat qilinadigan kurs qiymati.
8. Buxgalteriya qiymati.
Buxgalteriya qiymati – qimmatli qog‘ozni xarid qilishga hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar.
Ushbu qiymat bo‘yicha xarid qilingan aksiyalar kompaniya balansida aks ettiriladi. U xarid narxini, komission to‘lovni, huquqlarni qayta ro‘yxatga olish uchun to‘lovni, konsalting xizmatlari uchun to‘lov va aksiyani xarid qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
O‘tmishda ayrim mamlakatlarda aksiya kursi (foizda) – nominalning 100 pul birligida hisob-kitob qilganda aksiya narxi hisoblab chiqilgan.
Aksiyalar qiymat bahosi.
Aksiyaning qiymatini aniqlash maqsadlari tamomila turlicha bo‘lishi mumkin: bu qonunchilikda belginlangan holatlarda majburiy baholash ham, aksiyalarni investor tomonidan mustaqil baholash ham bo‘lishi mumkin. U quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
–kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun xarid qilinadigan kapital ulushi qiymatini aniqlash uchun (faqat oddiy aksiyalar uchun);
–investitsion maqsadlar uchun, istiqboldagi kelajakdagi narxni aniqlash va aktivning yetarlicha baholanmagani yoki ortiqcha baho berib yuborilganini aniqlash uchun;
–aksiya narxidan kelib chiqib qisqa muddatli davrda spekulyativ foyda olish uchun.
Bozorda shunday operatsiyalar uchraydiki, bunda aksiyalarni baholash ma’noga ega emas – o‘ta qisqa muddatli operatsiyalarda chayqovchiga aktivning qiymati qanday ekanligining ahamiyati yo‘q, u faqat daqiqa va soniyalar ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlardan foyda oladi.
Aksiyalarni majburiy baholash quyidagi asosiy holatlarda amalga oshiriladi: –aksiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish; –korxonani qayta strukturalash – qo‘shib olish, birlashtirish, tugatish yoki ajratish paytida; –aksiyalar paketini yuridik shaxs kapitaliga kiritish; –kredit olish uchun garov qiymatini aniqlash; –ishonch asosida boshqaruvga berish.
Majburiy baholashni o‘tkazishga qat’iy ifodalangan yondashuv mavjud bo‘lib, bundan tashqari, u alohida fanni o‘rganish predmeti hisoblanadi, shu sababli bu mavzuda u ko‘rib chiqilmaydi.
Aksiyalarni ko‘ngilli ravishda baholash investorlar tomonidan mustaqil ravishda ham, aksiyaning haqiqiy (ichki) qiymatini aniqlash, vaqt bo‘yicha aksiya qiymati harakatini aniqroq bashorat qilish va uning kelajakdagi qiymatini aniqlash uchun professional investitsion maslahatchilar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday baholash fundamental tahlilda, daromadlilikni hisob-kitob qilishda, investitsiyalash uchun vositalar tanlashda zarur. U majburiy baholash bilan bir xil usullarda amalga oshiriladi, faqat nisbatan erkin talqin bilan va turli ko‘rsatkichlardan foydalangan holda, chunki yondashuvlarni tanlash faqat investorga bog‘liq bo‘ladi. Kimdir kompaniyaning kelajakdagi daromadlarini afzal ko‘rishi mumkin, kimdir shunga o‘xshash kompaniyalar bilan taqqoslaganda aynan shu kompaniyani, yana kimdir aksiyaning asosida yotadigan aktivlar qoldiq qiymatini.
Shunday qilib, umumiy holatda aksiyani baholash uchun uchta asosiy yondashuvdan foydalaniladi:
1. Xarajatlar yondashuvi. U har qanday aksiyaning negizida ma’lum bir xarajatlar sarflangan aktivning qandaydir qiymati yotadi degan qoidaga asoslanadi. Agar bu kompaniya bo‘lsa, aksiya qiymatini uning o‘z mulki qiymati ifodalaydi. Mos ravishda, xaridor bu aktivlar qoldig‘i turadigan summadan ortiq to‘lamaydi.
2. Qiyosiy yondashuv. U bitta tarmoqdagi kompaniyalar ularni taqqoslash mumkin bo‘lgan asosiy nisbiy ko‘rsatkichlar (biznes rentabelligi, qo‘yilmalarning o‘zini qoplash muddati, qarz yuki darajasi) bo‘yicha o‘xshash bo‘lishi lozim degan taxminga asoslanadi.
3. Daromadli yondashuv. Shunday tamoyilda kelib chiqadiki, investorlarni aksiyalarning bugungi qiymati emas, balki hammadan ham ko‘proq kompaniya keltirishi mumkin bo‘lgan kelajakdagi natijalar qiziqtiradi. Boshqacha qilib aytganda, mablag‘larni potensial o‘suvchi biznesga kiritar ekan, investor narxlarning bugungi o‘sishida chayqovchi olishi mumkin bo‘lgan foydadan ancha ko‘proq foyda olishi mumkin. Agarda kompaniya salbiy rivojlanish bashoratiga ega bo‘lsa, u uzoq muddatli investorlar uchun qiziqarli bo‘lmaydi.
Uorren Baffet (Warren Buffett) – ko‘pchilik hamkasblarining fikriga ko‘ra, aksiyalarga investitsiya kiritgan holda o‘z kapitalini yaratgan eng omadli investor. Qolaversa, «omad» so‘zi bu yerda eng to‘g‘ri keladigan so‘z hisoblanmaydi. Investitsiyalar uchun ob’ektlarni tanlashda Baffet faqat fundamental tahlilga rioya qilgan – u aksiyalarni emitent-kompaniyalarning moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlab oladi. U oddiygina aksiyalarni emas, bu qimmatli qog‘ozlar ortida turgan muvaffaqiyatga erishgan biznesni sotib oladi. Bunda Baffet xarid paytida yetarlicha baho berilmagan aktivlarni afzal ko‘radi. Shubhasizki, Baffet uzoq muddatli investor – u aksiyalarni o‘z qo‘lida o‘rtacha 10 yil ushlab turadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyalarni sotib olganidan so‘ng birjada nimalar ro‘y berishi uni bezovta qilmaydi. Uning tan olishicha, yaxshi aksiyalar foyda keltirishga qodir bo‘lgan darajada turadi. «Aksiyani sotish uchun bizning eng sevimli muddatimiz – bu hech qachon», – deydi Baffet.
Aktivga sarflanadigan xarajatlar nuqtai nazaridan yondashuv1.
Agar investorni aktivni xarid qilish uning qoldiq qiymati nuqtai nazaridan qiziqtiradigan bo‘lsa, u birinchi navbatda, ushbu aktiv kompaniya balansida qanday qiymat bo‘yicha hisobga olingani bilan qiziqadi.
Aksiyadorlik jamiyati ta’sis etilgan paytda aksiya narxi nominalga teng bo‘lgani tushunarli, albatta. Jismonan ushbu kapital pulda yoki, masalan, qayta sotish uchun tovarlarda bo‘lishi mumkin.
Biroq vaqt o‘tishi bilan kompaniya foyda hosil qiladi, tovarlar qiymati inflyatsiyaga muvofiq o‘sa boshlaydi va bitta aksiyaga hisoblaganda kapital qiymati o‘zgaradi.
Shunday qilib, investor uchun bitta aksiyaga kompaniya sof aktivlarining qanday qiymati to‘g‘ri kelishini baholash zarurdir. Buni u o‘z kapitali qiymatini aksiyalar soniga bo‘lgan holda bajarishi mumkin.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish