3-mavzu. Obligatsiyalar bozori. Aksiyalar bozori. Reja



Download 1,45 Mb.
bet6/22
Sana09.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#646810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3-мавзу

4.Aksiyalar tasnifi

4.1-rasm. Aksiyalar tasnifi.
Shakliga qarab: –hujjatli; –hujjatsiz. Tasarruf etish xarakteriga qarab: –nomi ko‘rsatilgan. –ko‘rsatuvchiga beriladigan. Bunday aksiyalar Fransiya, Shveysariya va Germaniyada ustunlik qiladi (erkin muomalada bo‘ladi, emitentda muayyan egasiga yozib qo‘yilmagan).
Aksiya taqdim etadigan ulushlarni aks ettirish ko‘lamiga qarab: –nominalli. Aksiya nominali birinchi chiqarilishda qayd qilinadi. Keyinchalik nominal o‘z ma’nosini yo‘qotadi, chunki qo‘shimcha chiqarilishlarda aksiya bozor narxiga yaqin narxlarda sotiladi; –nominalsiz. Bir qator mamlakatlarda (jumladan, AQShda) aksiyalarni nominali ko‘rsatilmagan holda chiqarishga ruxsat etiladi.
Huquqlar butunligiga qarab: –butun. Bitta butun aksiya uning egasiga bitta ovoz taqdim etadi. Qonunchilikda aksiyadorlar huquqlari tengligiga rioya qilish uchun faqat
shakli bo‘yicha -hujjatli -hujjatsiz
tasarruf etish xarakteri bo‘yicha -nomi ko‘rsatilgan -ko‘rsatuvchiga beriladigan
ulushlarni aks ettirish usuli bo‘yicha
-nominalli -nominalsiz
huquqlar butunligi bo‘yicha
-butun -bo‘lak-bo‘lak
huquqlar hajmi bo‘yicha
-oddiy -imtiyozli49
butun aksiyalar chiqarish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Biroq bo‘lak (kasrli) aksiya paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham mavjud; –bo‘lak. Bo‘lak aksiya aksiyadorga – uning egasiga mos keluvchi toifadagi (turdagi) aksiya beradigan huquqlarni u ifodalaydigan butun aksiyaning mos keluvchi qismi hajmida taqdim etadi. Bo‘lak aksiyalar bir necha holatda paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, agar 22 ta aksiyadan iborat bo‘lgan meros beshta merosxo‘r o‘rtasida taqsimlanadigan bo‘lsa, bu holatda har bir merosxo‘rga 4,4 ta aksiya to‘g‘ri keladi (22 : 5 = 4,4 aksiya).
Taqdim etiladigan huquqlar hajmiga qarab: 1) oddiy – qonunchilik bilan aksiyalar uchun ruxsat etilgan barcha huquqlar taqdim etiladi; 2) imtiyozli – qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etadi: –qayd qilingan dividendlar; –dividendni birinchilardan bo‘lib olish huquqi; –kompaniya tugatilgan holatda qayd qilingan tugatish qiymatini birinchilardan bo‘lib olish huquqi.
Biroq bu huquqlar evaziga aksiya kompaniyani boshqarish huquqi – ovoz huquqini yo‘qotadi.
Aksiyadorlar uchun, ayniqsa, mayda aksiyalar paketlari egalari uchun ba’zida huquqdan ko‘ra qayd qilingan dividend to‘lovlariga imtiyozlar muhimroq bo‘ladi. Shu bilan bir paytda, biron-bir imtiyozdan mahrum qilish huquqlarning qaytarilishini anglatishi lozim. Shu sababli imtiyozli aksiyalar egalari uchun qonunchilikda quyidagi hollarda ovoz huquqini qaytarish jarayoni ko‘zda tutilgan: –aksiyadorlar yig‘ilishi ular bo‘yicha dividend to‘lovlarini to‘lamaslik haqida qaror qabul qilsa; –aksiyadorlar yig‘ilishi nizomga ularning huquqlarini chegaralaydigan qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilsa;

–dividend hajmi belgilangan, lekin dividendlar qisman yoki to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa.
Bu holatlarda imtiyozli aksiyalar egalari uning barcha vakolatlari bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Ovoz huquqi bu aksiyalar egalarida imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlari chegaralab qo‘yilgan yillik yig‘ilishdan keyingi yig‘ilishdan boshlab paydo bo‘ladi. Bu huquq dividend to‘lovlari to‘liq hajmda to‘langan paytga qadar saqlanib qoladi.
Imtiyozli aksiyalar turlari Qoidaga ko‘ra, barcha oddiy aksiyalar bir xil hisoblanadi, chunki ular bir xil huquqlar taqdim etadi, lekin imtiyozli aksiyalar turli xillarda (sinflarda) bo‘lishi mumkin. Shu sababli dunyoda qo‘shimcha aksiyadorlar jalb qilish va ularga investitsiya kiritish uchun qiziqarli sharoitlar taklif qilish maqsadida turli xildagi imtiyozli aksiyalar chiqarish amaliyoti yuzaga kelgan.
Kumulyativ aksiyalar – bu ular bo‘yicha dividendlar to‘liq yoki qisman to‘lanmaganda dividendlar jamg‘arib boriladigan aksiyalar. Kompaniya nizomida dividendlar hajmi va ular bu muddatdan kechikmasdan to‘lanishi zarur bo‘lgan muddat belgilab qo‘yiladi. Agar bunday to‘lov muddati beglingan bo‘lmasa, aksiya kumulyativ hisoblanmaydi. Konvertatsiya qilinadigan aksiyalar – bu belgilangan davr mobaynida oddiy aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarning boshqa turlariga almashtirish mumkin bo‘lgan aksiyalar.
Ishtirok etuvchi aksiyalar – qayd qilingan dividend hajmidan yuqori qo‘shimcha foydani taqsimlashda ishtirok etadigan imtiyozli aksiyalar.51
Dividend stavkasi tartibga solinadigan aksiyalar. Ular bo‘yicha dividend stavkasi boshqa foiz stavkalariga, masalan, bank krediti qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Katta va kichik imtiyozli aksiyalar. Imtiyozli aksiyalar chiqarar ekan, emitent ayrim aksiyalar chiqarilishiga boshqa aksiyalar chiqarilishidan kattalik berishi mumkin. Kattalik tushunchasi da’volarni qondirishda navbat tartibini anglatadi (birinchi bo‘lib «katta»roq qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzlar to‘lanadi va da’volar qondiriladi).
Chaqirib olinadigan aksiyalar – aksiyadorlik jamiyati ularni qaytarib sotib olish yo‘li bilan chaqirib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalar.
Sotuvga opsionli imtiyozli aksiyalar, bu qimmatli qog‘ozlar egalariga belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng va belgilangan narx bo‘yicha aksiyani emitentga sotishga imkon beradi (opsion ijro etgan holda qayta sotib olish). Masalan, o‘rtacha bozor foiz darajasidan oshganda aksiya egasi o‘z mablag‘larini yanada yuqoriroq foizlar ostida yangi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun o‘z aksiyasini emitentga qaytarini afzal ko‘radi. Boz ustiga, bu ishni u birlamchi joylashtirish narxi bo‘yicha bajarishi mumkin (agar ikkilamchi bozorda aksiyaning kurs qiymati birlamchi joylashtirish narxidan past bo‘lsa). Agar qaytarish shartlari uning uchun foyda keltirmaydigan bo‘lsa, investor o‘z opsionidan foydalanmasligi ham mumkin.
Ovoz beruvchi imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar umumiy tartibda chiqarilishi ham, emitentning belgilangan shartlarni bajarmasligi oqibatida bunday xislatga ega bo‘lishi ham (masalan, investorga dividend Aksiyadorlik jamiyati kapitalining shakllanishi. Korporatsiyada aksiyadorlik munosabatlari Aksiyadorlik jamiyati kapitalining shakllanishi u tashkil qilingan paytda ro‘y beradi. Aksiyadorlik jamiyati barpo etish xususiyatlarini, uning qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni, korporatsiya ichidagi munosabatlarni tartibga solish «Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunosti normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.
E’lon qilingan, joylashtirilgan va g‘aznachilik aksiyalari Jamiyat tashkil qilishda nizom kapitali shakllantirish haqida qaror jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab aksiyadorlar maqomiga ega bo‘ladigan ta’sischilar tomonidan qabul qilinadi. Aksiyalar yangi chiqarilishi haqida qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat faqat uning nizomida yozib qo‘yilgan miqdorda aksiyalar – e’lon qilingan aksiyalar chiqarishga haqli. Jamiyat nizomida bu qoidalar bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha aksiyalar joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
E’lon qilingan aksiyalar – aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha aksiyalar miqdori.
Aksiyadorlarga sotilgan barcha aksiyalar joylashtirilga aksiyalar deb ataladi va ularning nominallari yig‘indisi kompaniya nizomida yozib qo‘yilgan nizom kapitalini tashkil qiladi.52
Joylashtirilgan (emissiya qilingan), muomaladagi aksiyalar – aksiyadorlar tomonidan xarid qilingan aksiyalar.
Shunday holatlar bo‘ladiki, bunda aksiyadorlik jamiyati o‘z aksiyalariga nisbatan investor sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni o‘z aksiyalarini sotib oladi. Bunday xariddan maqsadlar turlicha bo‘lishi mumkin, masalan: –kurslar o‘rtasidagi farqdan foyda olish; –sarosimalik vaqtida aksiyalarning bir qismini qayta sotib olish barqarorlashuvga yoki hatto ularning bozor qiymati o‘sishiga xizmat qiladigan holda bozorda o‘z aksiyalari kursini qo‘llab-quvvatlash; –kompaniyani qo‘shib olishga yo‘l qo‘ymaslik. Bozordan aksiyalarning bir qismini qayta xarid qilish chetdan investorlar tomonidan jamiyat ustidan nazoratni qo‘lga kiritish imkoniyatiga to‘sqinlik qiladi; –bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan dividend to‘lovlarini oshirish; –aksiyalarni mavjud aksiyadorlar o‘rtasida qayta taqsimlash uchun qayta xarid qilish; –aksiyalarni kapitalni kamaytirish uchun qayta xarid qilish; –boshqa sabablar.
G‘aznachilik aksiyalari – aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashqi investorlardan qayta xarid qilib olingan va uning tasarrufida bo‘lgan o‘zining aksiyalari.
Aksiyadorlik jamiyatining o‘z aksiyalariga egalik qilishi – nostandart vaziyat bo‘lib, aksiyalar narxini manipulyatsiya qilishga va boshqa kungilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kompaniya menejmenti jamiyat hisobidan uning aksiyalarini sotib olishi va uning ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin. Shu sababli davlat tomonidan bu aksiyalar bo‘yicha huquqlarga cheklovlar qo‘yiladi.
G‘aznachilik aksiyalari: –ovoz huquqini bermaydi; –dividend huquqini bermaydi; –kompaniya balansida bir yildan ortiq muddat bo‘lishi mumkin emas.
Ovoz beruvchi aksiyalar bo‘yicha huquqlar tengligi tamoyiliga amal qilib, oddiy aksiyalar bir-biridan farq qilishi mumkin emas, shu sababli har bir keyingi (navbatdagi) oddiy aksiyalar chiqarilishi o‘zidan oldingi chiqarilgan oddiy aksiyalar bilan bir xil tavsifnomalarga javob berishi lozim. Ya’ni, masalan, oddiy aksiyalar bir xil nominalga va kapitalda bir xil ulushga ega bo‘lishi lozim.
Imtiyozli aksiyalar turli huquqlar taqdim etishi, turli nominalga va turli dividend to‘lovlari stavkasiga ega bo‘lishi mumkin. Biroq bunda bir xil turdagi imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim.
Aksiyalar narxi Aksiyadorlik jamiyati tashkil etishda ta’sischilarning aksiyalar uchun to‘lovi, qoidaga ko‘ra, nominal bo‘yicha amalga oshiriladi. Qolgan barcha aksiyalar nominaldan past narxda sotilishi mumkin.
Jamiyat ta’sis etilganda uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanadigan aksiyalar, obuna vositasida joylashtiriladigan qo‘shimcha aksiyalar uchun 53
to‘lov pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa moddiy buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoki pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa huquqlar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Konvertatsiya – jamiyatning bir qimmatli qog‘ozlarini boshqa qimmatli qog‘ozlari bilan almashinish. Konvertatsiya faqat huquqlarni oshirish bilan amalga oshirilishi mumkin.
Konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar chiqarish – kompaniya aksiyalari barqaror yoki oshib boradigan kurs qiymatiga ega bo‘lishi va yetarli maqsadda dividend keltirishiga ishonchi komil bo‘lmagan investorning xavfni pasaytirish usulidir. Bu holatda u mazkur emitentning konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalarini yoki uning ustuvor tartibda qayd qilingan daromad to‘lanishi shart bo‘lgan (garchi oddiy aksiyalar bo‘yicha o‘rtacha miqdordan past bo‘lsa-da) konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aksiyalarini xarid qilishi mumkin. Agar kompaniya o‘zining barqaror ishlashi va moliyaviy jihatdan barqaror ekanligini ish bilan isbotlay olsa va uning oddiy aksiyalari bo‘yicha dividendlar belgilangan vaqt davomida barqaror o‘sgan bo‘lsa, investor obligatsiyalar yoki imtiyozli aksiyalarni ushbu kompaniyaning boshqa oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilishni afzal ko‘radi.
Konvertatsiya boshqa holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin, chunonchi: –kompaniyani qayta tashkil qilishda. Barcha oddiy aksiyalar bir xil huquqlar taqdim etishi lozim ekanligi sababli, kompaniyalarni birlashtirish, qo‘shib olish, ajratish va bo‘lishda aksiyalar konvertatsiya qilinishi zarur; –aksiyalar nominalini bo‘lish (split) yoki birlashtirishda (konsolidatsiya); –obligatsiyalarni aksiyalarga almashtirishda, ya’ni kreditorlardan mulkdorlar toifasiga o‘tishda.
Split – jamiyatning bir aksiyalarini nizom kapitali hajmi o‘zgarmagan holda bu aksiyalar sonini oshirgan holda boshqa aksiyalariga almashtirish.


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish