Qo‘shimcha kapital (emission daromad) – aksiyaning sotuv narxi va uning nominali o‘rtasidagi farq.
Foyda iste’mol (dividend to‘lovlari) yoki jamg‘arish (korxona tasarrufida qoldirish) uchun sarflanishi mumkin.
Zaxira kapitali (fond) ko‘rilgan ziyonlarni qoplash, shuningdek, boshqa mablag‘lar bo‘lmagan hollarda jamiyat obligatsiyalarining pulini to‘lash va aksiyalarini qayta xarid qilish mo‘ljallanadi.
Yuqorida biz kompaniya kapitalining balans qiymatini, ya’ni jamiyatga turli manbalardan kelib tushgan va uning o‘zining mablag‘lari (foyda, aksiya nominali va b.) hisoblangan mablag‘larni ko‘rib chiqqan edik.
Biroq, kompaniya bozorga chiqishi bilan investorlar uni mustaqil baholay boshlaydi, aksiyalarda deyarli hech qachon balans qiymati bilan mos kelmaydigan kurs qiymati paydo bo‘ladi.
Kompaniya faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri kapitallashuv, ya’ni uning aksiyalari bozor qiymati hisoblanadi.
Kapitallashuv – kompaniya aksiyalarining bozor qiymatlari yig‘indisi.
Kapitallashuv kompaniya balansida aks ettirilmaydi va u har kuni o‘zgarib turishi mumkin.
-binolar -stanoklar -boshqa kompaniyalar kapitalidagi sotish uchun mo‘ljallan-magan ulushlar
-xomashyo -pul mablag‘lari -qimmatli qog‘ozlar xarid qilish -tovarlar
-nizom -qo‘shimcha -foyda -zaxiralar
-olingan kreditlar -ta’minotchilarga qarzlar va b.
aylanmadan tashqari aktivlar
o‘z kapitali
qarz kapitali
aylanma aktivlar56
K = P × 𝑛,
bu yerda K – kompaniya kapitallashuvi;
R – aksiyaning bozor qiymati;
n – aksiyalar soni.
Boshqaruv strukturasi Aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv organlari o‘ziga xos vakolatlarni ijro etish uchun tashkil etilib, bu vakolatlar ro‘yxati qonunda belgilab qo‘yilgan.
Agar bu ro‘yxatni yiriklashtirilgan tarzda ifodalaydigan bo‘lsak, aytish mumkinki, oliy pog‘ona organi kapital harakati va olingan natijalarni taqsimlash bilan bog‘liq eng muhim masalalarni hal qiladi. Bu jamiyatni qayta tashkil qilish va tugatish, boshqa boshqaruv organlari va nazorat organlari tayinlash, kapitalga o‘zgarishlar kiritish haqida qaror qabul qilish, yangi aksiyalar chiqarish va dividendlar taqsimlashga daxldor masalalardir. Oliy boshqaruv organi kompaniyaning joriy faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.
Kuzatuv organi – yirik bitimlar, strategik loyihalar va rivojlanish rejalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtiradi. Kuzatuv organi oliy boshqaruv organining ayrim, faqat qonun bilan ruxsat etilgan funksiyalarini bajarishi mumkin.
Ijroiya organi – kompaniyaning joriy faoliyatini tashkillashtiradi, ya’ni uning kundalik samarali ishlashini ta’minlaydi. Ijroiya organiga undan yuqori boshqaruv organlarining vakolatlari berilishi mumkin emas.
Ovoz berish tizimlari Oliy boshqaruv organi a’zolari faqat amaldagi aksiyadorlar (belgilangan sanada qayd qilingan reestr-ro‘yxatga muvofiq) yoki ularning vakillari bo‘ladi. Bu yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Barcha aksiyadorlarni ikki guruhga ajratish mumkin: majoritar va minoritar aksiyadorlar.
Majoritariylar va minoritariylar maqomi qonunchilikda belgilab qo‘yilmagan, shu sababli ularning ta’rifi juda mavhum, lekin umumiy ko‘rinishda aytish mumkinki, majoritariylar qatoriga kompaniya boshqaruviga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlar, minoritariylar qatoriga esa – bunday ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan aksiyadorlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |