Dars zichligini aniqlash bayonnomasi
(xronometrlash bayonnomasi).
2. Dars mavzusi: 1. Mavzular: 1. Past startdan 60 mga yugurish
. 2.Yugurib kelib uzun. sakrash.
2. Dars o’tuvchi o’qituvchi: T.Toshmatov.,
3. YuQCH 6-a sinf o’quvchisi: Mamayusupov. Sh
4. Xronometrlovchi: Sulaymonov Sh.
№
|
Harakat faoliyatining mazmuni
|
Boshlandi
|
Tugallandi
|
Faoliyat turi
|
1
|
Saflanish, o’quvchi sonini aniqlash, raport q/q., salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorligini ko’zdan kechirish
|
00
|
210
|
I
|
2
|
Yangi dars mavzusini e’lon qilish
|
210
|
310
|
T
|
3
|
Diq. uchun mashqlar, q/qomat uchun mashqlar, turli ko’rinishda yurish va yugurishlar, URM, maxsus va tayyorlov mashqlari
|
310
|
910
|
I
|
4
|
Guruhlarga ajralish, past start texnikasi xaqida tushuntirish
|
910
|
950
|
T
|
5
|
Tayyorlov mashqlari
|
950
|
1110
|
I
|
6
|
Birinchi urinishdagi xatolar tahlili
|
1110
|
1140
|
T
|
7
|
Past st. chiqishni o’rganishdagi ikkinchi urinish
|
1140
|
1210
|
I
|
8
|
Navbat kutdi
|
1210
|
1240
|
B
|
9
|
Masofa bo’ylab yugurish-3-urinish
|
1240
|
1310
|
T
|
10
|
3-urinish tahlili
|
1310
|
1540
|
BT
|
11
|
4-urinish
|
1540
|
1630
|
I
|
12
|
Qisqa masofaga yugurish uchun uyga vazifa
|
1630
|
1730
|
T
|
13
|
Navbatdagi vazifani bajarish uchun joy almashish
|
1730
|
1843
|
I
|
14
|
Uzunlikka sakrash texnikasi xaqida tushuntirish
|
1843
|
2015
|
T
|
15
|
Depsinnish oyog’i uchun tayyorlov mashqlari
|
2015
|
2212
|
I
|
16
|
Joyidan turib 2 oyoqda depsinish bilan sakrashlar xaqida nazariy ma’lumot berish
|
2212
|
2343
|
T
|
17
|
Depsinish oyog’i tushadigan joyni aniqlashdan oldingi pauza
|
2343
|
2510
|
B
|
18
|
1-urinish (10 ta yugurish qadami bilan sakrash)
|
2510
|
2540
|
I
|
19
|
Yug.kel.uz.sakrashda navbat kutish
|
2540
|
2615
|
B
|
20
|
2-urinish (10 ta yugurish qadami bilan sakrash)
|
2615
|
2635
|
I
|
21
|
1-2-urinishni tahlili
|
2635
|
2810
|
T
|
22
|
Navbat kutmay 3-4 urinish
|
2810
|
2915
|
I
|
23
|
Qayta saflanish va buyruqqa tez javob berish xarakatlari bilan harakatli o’yin bilan tushuntirish
|
2915
|
3110
|
T
|
24
|
Buyruqqa tez javob berish harakatlari bilan xarakatli o’yin
|
3110
|
4025
|
I
|
25
|
Qayta saflash, nafas va YuQCH ritmini pasaytirish uchun mashqlar
|
4025
|
4330
|
I
|
26
|
Uyga vazifa berish
|
4330
|
4430
|
I
|
27
|
Darsni yakunlash va uyushgan holda dars joyini tark etish
|
4430
|
4500
|
IT
|
Xronometrlovchiga qo’yilgan baho _______________
Darsning foydali zichligi bahosi _______________
O’quvchilarni olgan nazariy
bilimlari uchun baho _______________
Dars davomida o’quvchilarni faoliyatsiz
bekor qolishining foizi bahosi _______________
Jismoniy madaniyat darsining xronometrlashni turli xildagi texnologiyalari mavjud. Biz tavsiya qilgan variant dars zichligini aniqlashning eng soddasi bo’lishiga qaramay uning bayonnomasini yozish ma’lum darajadagi malakani talab qiladi.
JISMONIY MADANIYAT DARSI XRONOMETRIYASI
Bir vaqtning o’zida o’quvchini, o’qituvchini faoliyatini kuzatish uni sekundomer orqali ijrosi vaqtining o’lchovini olib borish, faoliyat mazmunini daftarda qayd qilish malakasiga ega bo’lish ko’p vaqt talab qilmaydi. Faoliyatlarning ayrimlarini ijrosiga juda qisqa vaqt ketishini hisobga olsak 2-3 soniyali harakatlar, 2-3 soniyali bekor qolishlar, tushuntirishlarning juda qisqaligiga ketgan vaqt navbatdagi faoliyatga qo’shilib ketish holatlariga ham duch kelishimiz mumkin. Xronometrlashdan asosiy maqsad dars, mashg’ulot davomida vaqtni sababsiz besamarligini aniqlash holos. Zichlikni oshirish uslubiyotlarini samarali tanlash va ulardan unumli foydalanish jismoniy tarbiya ta’limining samaradorligini oshiradi.
Individning harqanday harakat faoliyati uning organizmini ma’lum darajadagi quvvat(energiya)ni sarflashga sabab bo’ladi. CHunki, harakatni bajarish uchun uning belgi langan organlari ish bajaradi. Oqibati organizm ma’lum darajadagi jismoniy yuklandi, ish bajardi deb tushiniladi.
Bajarilgan ish uchun sarflangan quvvatni miqdoriga qarab organizmga tushgan jismoniy yuk miqdoriga baho beriladi yoki yuklamaning hajmi haqida fikr bildiriladi. Harakatni, jismoniy mashqni bajarish uchun shug’ullanuvchi organizmi sarflaydigan energiya hajmi dars, mashg’ulot larda oldindan belgilanadi. Buni yuklama me’yori deb atash qabul qilingan. Yuklama -belgilangan miqdori, hajmi va intensivligining parametri bilan o’lchanadi.
Yuklamaning hajmi – bajarilgan mashqlarning soni, mash g’ulot uchun sarfangan vaqt, bosib o’tilgan masofani kilometraji va boshqa ko’rsatkichlari bilan belgilanadi.
Intensivlik – harakatning sur’ati (tempi), tezligi ko’r satkichlari, yurak qisqarishining chastotasi bilan tavsiflanadi.
Jismoniy mashqlarni bajarishdagi o’zaro munosabat tes kari proportsionallikka ega: yuklamani hajmi qancha katta bo’lsa, uni intensivligi shunchalik past bo’ladi yoki uni teskarisi.
Muskul ishi(yuklama) xarakteriga ko’ra standart va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin.
Yuklamaning ta’siri organizmni bajarilgan ishga reak tsiyasi tarzida namayon bo’ladi. Uni ko’rsatgichlari – yurak qisqarishi chastotasi va o’quvchilarning charchashi, tolishining tashqi alomatlaridir.
Yuqorida qayd qilingan barcha alomatlar turli darajada va turli holatda jismoniy yukni shug’ullanuvchilar organi zmiga ta’siri doirasini ifodalaydi. Bu bilan mashg’ulotlar jarayonida yuklamani me’yorini aniqlash va boshqarish mumkin bo’ladi.
Jismoniy madaniyat darsida jismoniy yuklamani aniqlash va boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi.
Xronometrlovchi tanlagan tipga kiruvchi o’quvchi darsning boshlanishida tanlab olinib uning YuQCH si organizmiga yuklama tushmay turib sanaladi. So’ng har 2-3 minut oralig’ida tanlangan o’quvchining YuQCH sini sanog’ini olish davom ettiriladi (YuQCH sini qayd qilish bayonnomasi ilova qilingan 3-ilova). Bayonnomaning qaydi jadval tarzida(V.V. Yanson, 1966) YuQCHning fiziologik qiya chizig’i tarzida alohida varaqga chizilib, darsda jismoniy yuklamaning me’yori va uning boshqarilishi haqida fikr bildirish mumkin bo’ladi.
Darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarida yurak qisqarishining eng yuqori nuqtasi aniqlanib ularni maqsadga muvofiqligi, boshqachasiga aytganda o’quvchilar organizmi, ularning jismoniy tayyorgarligi darajasiga mos yoki mos emasligiga – optimalligiga baho beriladi.
Yuklamani optimal me’yorlashning nazariy, usulubiy asoslari haqidagi bilimlarga egalik mutaxasisning kasbiy bilimlari sirasiga kiradi. Opti mal yuklamalar “organizmni jismoniy mashqlar ta’siriga moslashish “qonuniyati” asosida shug’ullanganlikning ortishi bilan kuzatiladi.
Optimal yuklamalar shakllangan va ilmiy asosilangan quyidagi uslu biy holatlar tarzida namoyon bo’lishligi maqsadga muvofiq:
a) yuklamalarni organizmni individual funktsional imkoniyatlariga muvofiq bo’lishligi(adekvatligi);
b) yuklamani oshirishning asta-sekinligi;
v) funktsional imkoniyatlarni ortishini, rivojlanishini ta’minlovchi yuklamalarning tizimliligi;
g) ularning ketma - ketinligi va muntazamliligi. Yuklamalarning qayd qilingan jihatlarini ta’lim jarayonida hisobga olish uni individ uchun optimalini tanlash imkonini beradi.
Jismoniy yuk har qanday aniq holatda o’zining parametri (hajmi, intensivligi, dam olish intervali)ga ko’ra optimal bo’lishi darsni, trenirov kani va boshqa mashg’ulotlarining effektini ta’minlovchi shug’ullanish omili rolini o’ynaydi.
Yuklamaning darajasi(miqdori, intensivligi va boshqalar)ni yetarli emasligi o’quv vaqtini besamar, befoyda yo’qotishga sabab bo’ladi, uning ortiqrog’i esa organizmga ziyon yetkazadi.
Agarda yuklama miqdori oldingi holatidagicha qolaversa, o’zgartir ilmasa, uning ta’siriga organizm o’rganib qoladi (refleks hosil bo’ladi) va jismoni yuklamaning rivojlantiruvchi effekti yo’qoladi. Qayd qilingan sababga ko’ra jis moniy yukni asta-sekinlik bilan oshirib borish zaruriy talab hisoblanadi.
Nisbatan axboriy normaga aylangan, ob’ektiv va amaliyotda keng qo’llani ladigan organizmni jismoniy yukga reaktsiyasining amaliy ko’rsat gichi yurak qisqarishining chastotasi (YuQCH) miqdoridir. Uni ortirish yoki kamaytirish orqali optimllikni boshqarish amaliyotda qabul qilingan.
Hozirgi kun jismoniy tarbiya jarayoni amaliyotida (I.A.Koshbaxtiev,1994; F.A.Kerimov,2004; L.Goncharyova,2005) yurak-tomir tizimining funktsional imkoniyatlarini oshirish maqsadidagi mashg’ulotlarda yuklamani foydali me’yori YuQCHsi sonini minutiga 130 martadan kam bo’lmasligi orqali erishiladi degan nazariy fikr o’rtaga tashlamoqda. Bu raqam yurak qisqarishining maksimal hajmi deb qabul qilingan. SHunga ko’ra yurak qisqarishi chastotasi miqdorini minutiga 130 ga teng bo’lishi trenirovkani yangi boshlaganlar uchun “ostona” (boshlang’ich) yuklama deb qaralishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |