Qashqadaryo viloyatining 2015 1-yarim yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko´satkichlari
25-07-2015 yil holati uchun
Iqtisodiyot.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror yuqori o´sish sur´atlarini ta´minlovchi amaldagi strategiyaning izchil davom ettirilgani, shu maqsadda mavjud zaxiralar va imkoniyatlardan keng foydalanilgani natijasida joriy yilning birinchi yarmida viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 5 trillion 288,9 milliard so´mni tashkil etdi va o´tgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 foiz o´sishga erishildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,4 foizga, qishloq xo´jaligi mahsulotlari hajmi 6,2 foizga, xizmatlar 15,9 foizga oshdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi soliq yukini 20,1 foizdan 19 foizga bosqichma-bosqich kamaytirish hisobidan yanada mustahkamlandi. Yuqori iqtisodiy o´sish sur´atlari aholi daromadlarining 23,5 foiz ortishiga yordam berdi. Shuningdek, iste´mol talabini rag´batlantirish bo´yicha qabul qilingan chora-tadbirlar chakana savdo aylanmasi hajmi 11,3 foizga, aholiga pullik xizmatlar ko´rsatish 8,8 foizga oshishida muhim omil bo´ldi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo´yicha dasturlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarish sohasida hisobot davrida 103,4 milliard so´mlik investisiya hisobiga 180 ta loyiha hayotga tatbiq etildi. 95 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushirilgan bo´lsa, 85 tasida modernizasiya ishlari bajarildi. Natijada o´tgan davrda 3 ta yangi turdagi sanoat mahsuloti - shpaklyovka, bolalar paypoqlari va erkaklar poyabzallari ishlab chiqarish yo´lga qo´yildi.
O´zbekiston Respublikasi Prezidentining "2013-2016 yillarda Qashqadaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to´g´risida"gi qarori bilan tasdiqlangan dasturdan joy olgan 555 ta loyihaning 492 tasi (87,8 foizi) to´liq hayotga tatbiq etildi.
2015 yilning birinchi yarmida hududiy tasarrufdagi sanoat korxonalari tomonidan 452,5 milliard so´mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarildi yoki o´tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chikarish sur´ati 110,0 foizni tashkil etdi. Ushbu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning umumiy sanoatdagi ulushi 12,5 foizni tashkil etdi.
2015 yilning birinchi yarmida viloyatda iste´mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi o´tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga o´sdi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari bo´yicha o´sish 9,2 foizni va nooziq-ovqat mahsulotlari bo´yicha 4,5 foizni tashkil etdi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo´llab-quvvatlash va kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish maqsadida joriy yilning birinchi yarmida kichik biznes sub´ektlariga 375,8 milliard so´m, jumladan, 176,6 milliard so´mdan ziyod mikrokreditlar ajratildi va bu borada 2014 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar o´sish kuzatildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo´llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasi o´laroq joriy yil birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulotda kichik biznesning ulushi 44,4 foiz, sanoatda 15,2 foiz, pullik xizmatlar ko´rsatishda 54,4 foiz, qurilish ishlarida 65,5 foiz, chakana savdoda 22,6 foiz, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda 14,9 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda ish bilan band bo´lgan aholi qatlamining 78,3 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub´ektlarining eksportini qo´llab-quvvatlash maqsadida joriy yil boshidan buyon Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi jamg´arma tomonidan 80 ta tadbirkorlik sub´ektiga yordam ko´rsatilib, shundan 19 ta korxona tomonidan 37 million AQSh dollarilik mahsulot eksport qilinishiga ko´maklashildi.
Jahon bozorida kon´yunkturani oldindan taxmin qilib bo´lmasligi va uning beqarorligi kuchayib borayotganiga qaramasdan, tashqi bozorda xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va eksportchi korxonalarni har tomonlama qo´llab-quvvatlash bo´yicha tizimli chora-tadbirlar ko´rilishi natijasida o´tgan davrda 158,8 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot va xizmatlar eksport qilinishiga erishildi.
Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali muhim quvvatlarni ishga tushirishni jadallashtirish, transport va kommunikasiya infratuzilmasini izchil rivojlantirish asosida tarkibiy o´zgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan investisiya siyosati faol amalga oshirilishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda o´zlashtirilgan investisiyalar hajmi 2387,1 milliard so´mni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 25,1 foiz o´sdi.
O´zlashtirilgan kapital mablag´larning 610,6 milliard so´mi markazlashgan va 1776,5 milliard so´mi markazlashmagan investisiyalar xissasiga to´g´ri keldi. Viloyatda ishlab chiqarish inshootlariga 1598,8 milliard so´m, noishlab chiqarish inshootlariga 788,3 milliard so´m mablag´ sarflandi.
Byudjet mablaglari hisobidan 52,5 milliard so´m mablag´ o´zlashtirildi.
Byudjetdan tashqari fond mablag´lari hisobidan 348,2 milliard so´m jumladan, maxalliy byudjet mablag´lari hisobidan 5,6 milliard so´m, sug´oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg´armasi mablag´lari hisobidan 17,1 milliard so´m, umumta´lim va sog´liqni saqlash muassasalarini jixozlash, kapital ta´mirlash va rekonstruksiya qilish jamg´armasi mablag´lari xisobidan 42,1 milliard so´m, taraqqiyot va tiklanish jamg´armasi mablag´lari hisobidan 165,9 milliard so´m mablag´ o´zlashtirildi.
Aholi mablag´i xisobidan 299,7 milliard sum mablag´ o´zlashtirildi. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 70,7 milliard so´m mablag´ sarflanib, 516,9 ming kv metr uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va resurs bazasini rivojlantirish bo´yicha 2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning ustuvor yo´nalishlari dasturining amalga oshirilishi va joriy yil boshidan buyon Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasining 10 foizdan 9 foizga tushirilishi tegishli hisobot davrida tijorat banklari tomonidan ajratilgan umumiy kredit portfeli hajmiga nisbatan uzoq muddatli kreditlar ulushi 73,7 foiz bo´lishini ta´minladi. Kredit qo´yilmalari 31,2 foizga, depozitlar 29,8 foizga, aholi omonatlari 30,3 foizga, kichik biznes sub´ektlariga berilgan kreditlar hajmi 32,9 foizga ko´paydi.
Investisiya faolligining yuqori sur´atlari qurilish-montaj ishlarini tashkil etishni takomillashtirish, pudratchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga doir chora-tadbirlar bilan bir qatorda qurilish-pudrat ishlari hajmini 9,5 foizga oshirish imkonini berdi.
2015 yilning birinchi yarmida viloyatda axborot-kommunikasiya tizimlarini tashkil etish, yo´l-transport va muhandislik-kommunikasiya qurilishini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi. Xususan, yil boshidan buyon respublika yo´l jamg´armasi mablag´lari hisobidan 113,6 milliard so´m o´zlashtirildi.
"O´zbekiston temir yo´llari" aksiyadorlik jamiyati loyihalari bo´yicha temir yo´l infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiya qilish uchun qiymati 41 milliard so´mlik kapital qo´yilmalar, jumladan, "Maroqand - Qarshi" va "Qarshi - Termiz" temir yo´l uchastkalarini elektrlashtirish loyihalari bo´yicha mos ravishda 36,9 hamda 4,1 milliard so´m mablag´ o´zlashtirildi. Shuningdek, "Qarshi" lokomotiv deposi qayta ta´mirlandi.
Joriy yilning birinchi yarmida viloyat bo´yicha jami 29,9 kilometr ichimlik suvi tarmog´i tortildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |