III. Darsning yakunlov qismi
1. Mashqlarni darsning yakunlov qismiga munosibligi:______________ __________________________________________________________________
2. Darsning yakunlanishi (kunlik o’zlashtirishni rag’batlantirish va baholash, qo’llanilgan jismoniy mashqlarni hayotiy-amaliyligi haqida tushuncha berish, uyga vazifa va o’quvchilarning uyushgan holda mashg’ulot o’tkazilgan joyini tark etishini tashkil qilinishi):____________________ __________________________________________________________________
3. Darsning yakunlanishining o’z vaqtidaligi (o’quvchilarning darsda ushlanib qolishining ishini sabablari):_______________________________
__________________________________________________________________
4. O’qituvchining faoliyati saviyasi (sinfni ushlay olishi, o’zini tutishi, nutq madaniyati, tashqi qiyofasi, kayfiyati, tarbiya va ta’lim berishi):_____________________________________________________________________________________________________________________________
Izoh: yuqorida qayd qilingan dars tahlilining sxemasi taxminiy bo’lib, unga lozim bo’lgan o’zgartirishlar qilinishi, yangi, tahlilga oid masalalarni kengaytirish bilan darsning pedagogik nuqtai nazaridan tahlili mazmunini boyitish mumkin.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari, akademik darslar davomida mashg’ulot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishning ahamiyati katta. O’quvchining faoliyatini foydali ishni bajarish uchun band qilish - mashq bajarish, ishni(faoliyatni) navbat kutish bilan navbatlashuvini to’g’ri yo’lga qo’yish, mashg’ulotda qo’llaniladigan vositalaridan, qo’shimcha jihozlardan tayyorlov yoki yo’llanma beruvchi mashqlarni bajarishda o’rinli foydalanish dars ning(mashg’ulotning)zichlikni yuzaga keltirib vaqtni besamar o’tishini oldini oladi va unga yo’l quymaydi.
Mashg’ulot, dars vaqtidan samarali foydalanish yoki dars vaqtni foydali ish uchun sarflash jarayonini dars zichligi deb atash qabul qilingan.
Demak darsning samaradorligini ko’rsatkichlaridan biri uning zichli gidir. Darsni zichligini to’liq yoki uni qismlaridagi zichlikni alohida tashkil lash, boshqarish, aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlaridagi o’quv ishlarini tashkil qilish uchun sharoitini tashkillash bilan bog’liq, aksariyat holatlarda sharoitni talab darajasida emasligi zichlikning turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.
Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqtni 100% deb qabul qilinadi va darsda o’quvchilar vaqtini foydali ish uchun, o’qituvchining dars materialini tushuntirishi, o’quvchilarni qayd qilingan faoliyatlarning har ikkisiga sarf lamay bo’sh qolgan vaqtlari deb chegaralab alohida komponent sifatida ajratib tahlilda foydalaniladi.
Dars o’rganiladigan, mustahkamlanadigan, takomillashtiriladigan materi alga boy bo’lib, ularni o’quvchilarga o’qitishni zich tashkillash bilan darsning zichligi yuqori yoki past bo’ldi deb baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |