Mavzu: sport bayramlari tashkil qilish va uni o‘tkazish



Download 0,54 Mb.
bet1/2
Sana17.12.2022
Hajmi0,54 Mb.
#889774
  1   2
Bog'liq
MASHGULOT JARAYONIDA JISMONIY

MAVZU:MASHG‘ULOT JARAYONIDA JISMONIY TARBIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


Mashg’ulot, dars vaqtidan samarali foydalanish yoki dars vaqtni foydali ish uchun sarflash jarayonini dars zichligi deb atash qabul qilingan.
Demak darsning samaradorligini ko’rsat­kich­lari­dan biri uning zichli gidir. Darsni zichligini to’liq yoki uni qismlaridagi zichlikni alohida tashkil lash, boshqarish, aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlaridagi o’quv ishlarini tashkil qilish uchun sharoitini tashkillash bilan bog’liq, aksariyat holatlarda sharoitni talab darajasida emasligi zichlikning turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.
Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqtni 100% deb qabul qilinadi va darsda o’quvchilar vaqtini foydali ish uchun, o’qituvchining dars materialini tushuntirishi, o’quvchilarni qayd qilingan faoliyatlarning har ikkisiga sarf lamay bo’sh qolgan vaqtlari deb chegaralab alohida komponent sifatida ajratib tahlilda foydalaniladi.
Dars o’rganiladigan, mustahkamlanadigan, takomillashtirila­digan materi alga boy bo’lib, ularni o’quvchilarga o’qitishni zich tashkillash bilan darsning zichligi yuqori yoki past bo’ldi deb baholanadi.
Umumiy (pedagogik) zichlik va o’quvchilarni harakatga soluvchi motor zich ligi deb nomlanadi yoki umumiy va mutlaq zichlik deb ikki xilga ajratiladi.
Darsning umumiy zichligi deb - dars uchun sarflanadigan umumiy vaqtdan o’qituvchini pedagogika nuqtai nazaridan ratsional foydalanish va dars uchun ajratilgan vaqtni foydali ish uchun unumli sarflash tushuniladi.
Boshqachasiga aytganda dars vaqtini iloji boricha foydali ish uchun sarflash, foydali ishning zichligi mashg’ulot yoki dars zichligi deb tushiniladi.
Umumiy zichlikni aniqlashda o’qituvchining dars materialini ko’rsatishi va tushintirishi, o’quvchilarni o’qitiladigan mashqlarni bajarishi - foydali ishi deb hisoblanadi. Ularni ishga jalb qilishdan oldingi zarur bo’lmagan turib qolishlar, o’quvchilarni bajarishi lozim bo’lgan topshiriqni bajarmay boshqa faoliyatlarga chalg’ishi va boshqalardek vaqtning foyizi aniqlanib zichlikka baho beriladi.
V.F. Novoselьskiy (1989)ning fikricha hozirgi zamon jismoniy madaniyat darslari davomida quyidagi omillar va tadbirlarni pedagogika nuqtai nazaridan maqsadli qo’llash orqali yuqor darajali umumiy zichlikga erishish tarbiya amaliyotida kuzatilmoqda. Ular:
1) o’quvchilarni uyushtirish, uyga berilgan vazifani ijrosini tekshirish, darsga vazifa qo’yish, e’lon qilish;
2) nazariy ma’lumot berish(o’qitiladigan material haqidagi nazariy fikrlar) va ularni mustahkamlash;
3) qomat uchun mashqlar, harakatda emotsional holatni ko’tarish, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazish (bajartirish);
4) instruktaj o’tkazish, boshqarish, korrektsiyalash (xatolarni tuzatish), yordam, xavfsizlikni oldini olish;
5) jihozlarni tayyorlash va yig’ishtirish, o’quvchilarni darsda lozim bo’lgan darajadagi o’rin almashtirishlarini o’tkazish;
6) jismoniy mashqlar texnikasini o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillash tirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
7) o’quvchilarni uslubiyotlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shug’ulla nishni uddalashga o’rgatish, tashkilotchilik malakalarini berish;
8) ta’lim jarayonini motivlash va unda o’quvchilarning ishtiroki;
9) mashqlarni ko’rsatishda ko’rgazmalilik: vositali va vositasiz – ko’rsa tishda o’qituvchining aynan ishtiroki, yordamchilaridan - yo’riqchilardan fodalanish;
10) pedagogik nazorat;
11) darsda tarbiyaviy ish;
12) yakun yasash, muskullarni bo’shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa berish va boshqalar dars zichligiga ta’sir etuvchi omillardir.
Darsning umumiy zichligini (DUZ) yoki uning qismlarini zichligini aniq lash uchun o’quvchilarning aktiv “faol” hara katlariga (FH)ga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga (tfx) darsda jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarf langan vaqt, eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o’zini oqlamaydigan kutishlar va o’quvchilarni bekor qolishi uchun sarflangan vaqtdan boshqa barcha xolatlar “xronometr”lanadi.
“Xrono” – vaqt, “metr” – o’lchov ma’nosini beradigan lotincha so’z bo’lib, taxlilchilar guruhidagilardan bir nafari o’lchash – xronometrlashni yo’lga qo’yadi.
Xronometrlovchi dars boshlanishiga qo’ng’iroq chalinishi bilan sekundomer da dars mazmunidagi yuqorida qayd qilingan komponentlarni – darsdagi foydali ish(I)ni, o’qituvchining dars materialini o’quvchilarga tushintirish (T) – o’quvchilarni eshitishi, ularga tushintirish uchun sarflangan vaqtni hamda dars davomida o’quvchilarning dars materialini o’rganish, o’zlashtirishga sarflamay bo’sh(B) qolgan vaqtini hisoblab bayonnomada qayd qiladi. Xronometrlovchining bayonnomasining matnini navbatdagi sahifada berdik. Bu vaqt(tfx) 100%ga ko’paytiriladi va darsning “umumiy” “vaqtiga” tu bo’linadi.
=
×
=
u

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish