Gost g134-71 Tayanch iboralar



Download 1,63 Mb.
Sana19.03.2022
Hajmi1,63 Mb.
#501150
Bog'liq
resources(1)


2-MA’RUZA
MAVZU: Nasoslar va ularni ishlash prinsipi bo‘yicha tasniflash
Reja:

  1. Nasoslar yuritgichning mexanik energiyasi

  2. Foydali ish koeffitsenti (FIK)

  3. GOST G134-71

Tayanch iboralar: Kerakli bog‘lanishlarni aniqlash, suyuqlikning rezervuardan erkin satxi, gidravlik yo‘qolishlar, geometrik balandligi, vakuummetrik balandligi.

Nasoslar yuritgichning mexanik energiyasini, xarakatlanuvchi suyuqlikning mexanik energiya siga aylantirib, suyuqlikni ma’lum balandlikka ko'tarish, gorizontal tekislikda uni talab etilgan masofaga uzatish yoki berk tizimda aylantirish uchun xizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan vazifalarning birini bajargan xolda, nasoslar barcha xolatlarda xam rasmda ko'rsatilganidek suv ta’minoti va kanalizatsiya shartlariga muvofiq ravishda nasos stansiya lari jixozlari tarkibiga kiradi. Mazkur sxemada nasosni xarakatga keltirish uchun elektr tarmogini ulangan elektr yuritgichdan foydalaniladi. Bunda suv yoki boshqa ishchi suyuqlik, nasos bilan quyi xavzadan surilib, siquv quvuri orqali yuqori xavzaga, yuritgich energiyasini suyuqlik energiyasiga aylantirish xisobiga uzatiladi. Nasosdan keyingi suyuqlik energiyasi xar doim nasosdan oldin bo'lgan energiyasidan katta bo'ladi. Nasos stansiyasi jixozlarining tarkibini, tuzilishining o'ziga xosliklarini, shuningdek ish rejimini o'zgarish doirasini aniqlovchi asosiy ko'rsatkichlariga, nasos xosil qiladigan siquv, uzatish, quvvati va foydali ish koeffitsenti kabi ko'rsatkichlari kiradi.





Nasos stansiyasining prinsipial sxemasi
1-suv ko'targich;
2-nasos;
3-xarakatga keltiruvchi elektr yuritkich;
4-elektr kuchlanishini pasay tiruvchi transformator;
5-elektr uzatish tarmogi;
6-siquv quvuri;
7-suv chikarish moslamasi



S iquv metrlarda o'lchanadigan, nasosdan oldin va undan keyin bo'lgan kesimlardagi suyuqlikning solishtirma energiyasi farqini ifodalovchi kattalikdir. Nasos xosil qilingan siquv, suyuqlikni ko'tarish bo'yicha eng baland yoki xaydash bo'yicha eng uzoq masofani aniqlaydi (rasmda mos ravishda H va L).
Uzatish ya’ni vaqt birligida siquv quvuriga nasos uzatadigan suyuqlik xajmi, odatda l Gs yoki m3Gs soatda o'lchanadi.
Quvvat talab etilgan siquvni xosil qilish va quvurlar bo'yicha suyuqlik xarakatda bo'lganda barcha energiya yo'qolishlarni yengish uchun nasos sarflaydigan quvvatdir. Kilovat (kVt) larda o'lchanadigan nasos quvvati, xarakatga keltiruvchi yuritgichni va nasos stansiyasining yig'indi (o'rnatilgan) quvvatini aniqlaydi.
Foydali ish koeffitsenti (FIK), nasos yordamida yuritgich mexanik energiyasini xarakatdagi suyuqlikning energiyasiga aylantirish bilan bog'liq bo'lgan energiya yo'qolishini xisobga oladi. FIK nasosning qolgan ko'rsatkichlari (siquv, uzatish, quvvat) o'zgarganda, nasosdan foydalanish ning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Nasoslarning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi, ulardan dastavval faqat suvni ko'tarish uchun foydalanilganligini ko'rsatadi. Xozirgi kunda shaxar larni, sanoat korxonalarini va elektr stansiyalarini suv ta’minoti va kanalizatsiyasidan tashqari, nasoslar yerni sugorish va quritish, energiyani gidroakkumulyasiyalash, materiallarni transport lash uchun xam qo'llaniladi. Issiqlik elektr stansiyalari kozonxonalari ta’minot nasoslari, kema nasoslari, neft, ximiya, qog'oz, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlari uchun mo'ljallangan nasos lar mavjud.
Parrakli nasoslarga markazdan qochma, o'qli va diagonalli nasoslar kiradi. Mazkur nasoslar ning ishlash prinsipi, ishchi g'ildirak parraklarini oqib o'tadigan, xaydaladigan suyuqlik oqimi bilan o'zaro kuchli ta’sirlanishga asoslangandir. Lekin qayd etilgan turli xil nasoslarda o'zaro ta’sirlanish mexanizmi har-xil bo'ladi va shu sababli ularning konstruktiv tuzilishi va foydalanish ko'rsat kichlari xam turli xildir. Nasoslar GOST G134-71 ga muvofiq sinovlardan o'tkaziladi. Kichik va o'rta nasoslar ishlab chiqarilgan zavodning stendlarida sinaladi. Ulkan nasoslarni esa foydalanish joylarida nominal aylanish chastotasidan 5% dan ko'p bo'lmagan farqda sinovlardan o'tkazish ruxsat etiladi.Tajribada o'lchangan kirishdagi va chiqishdagi uzatish va siquvlar, shuningdek iste'mol qilinadigan quvvat va sorishning vakuummetrik balandligi asosida nasos о'qiga keltirilgan siquv, doimiy aylanish chastotasidagi foydali quvvat va foydali isb koeffitsiyenti hisoblanadi.
Qisqacha xulosalar:
1. Nasosdan keyingi suyuqlik energiyasi xar doim nasosdan oldin bo'lgan energiyasidan katta bo'ladi.
2. FIK nasosning qolgan ko'rsatkichlari (siquv, uzatish, quvvat) o'zgarganda, nasosdan foydalanish ning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
3. Nasoslar GOST G134-71 ga muvofiq sinovlardan o'tkaziladi.
Nazorat savollari:
1. Nasoslar yuritgichning mexanik energiyasi?
2. Nasos stansiyasi jixozlarining tarkibi?
3. Nasosning quvvati qanday aniqlanadi?
4. Energiyani gidroakkumulyasiyalash qanaday jarayon?
Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish