aktiv tanlovchi rolini uynaydi. Moddalar hujayraga passiv diffuziya orqali, kontsentratsiyalar farqi
(noelektrik moddalar bo’lsa) yoki elektr potentsiallari farqi buyicha (tsitoplazmatik membrananing
ikki tomonida elektr potentsiallar farqi) mavjud bo’lsa o’tadi. Moddalar transporti osonlashgan
diffo’ziya orqali, kontsentratsiyalar farqi mavjud sharoitda energiya sarflanmay ham yuz berishi
mumkin, Yana ikkinchi tipi aktiv transport, moddalar hujayra ichiga kontsentratsiya gradientga
qarshi yunalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu mexanizm
moddalarning muhitdagi
kontsentratsiyam kam bo’lganda ishlatiladi. Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo’lib,
ular hujayraga moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina esherixiya koli tayoqchasida 8000
tacha permeaza mavjud.
Qant moddalarining hujayraga o’tishida, avvalo ular hujayra tashqarisida ferment yordamida
fosforlanadi, so’ngra sitoplazmaga o’tadi.
Oziq muhitlar. Oziq muhit deb, tarkibida oddiy va murakkab birikmalar tutgan, shu
birikmalarda bakteriyalar laboratoriya sharoitida ko‘paytirib olishga aytiladi.
Oziq muhitlar bakteriya uchun quyidagi talablarga javob berish kerak:
1. Bakteriyalarni jinsiy ko‘payishi uchun zarur moddalar o‘tishi kerak va еngil hazm bo‘lishi
kerak
2. Oziq muhitlar ma’lum ph ga va izotonik holatga ega bo‘lishi kerak va yana tiniq bo‘lishi
kerak.
3. Oziq muhitlar bakteriologik laboratoriyalarda sterilizatsiya qilinganda o‘z xolatlarini
o‘zgartirmasligi kerak.
Olinishiga qarab:
1) Tabiiy oziq muhitlar
2) Sun’iy oziq muhitlar - bularga agar-agar, jelatina, pepton.
Xolatiga qarab:
1) qattiq; 2) suyuq; 3) yarim suyuq.
Ishlatilishiga qarab:
1) Asosiy yoki universal oziq muhitlar. Masalan, neytral agar, go‘sht-pepton agar va bulon.
Ko‘p mikroorganizmlar shu muhitda o‘sadi
2)Elektiv muhitlar. Bu muhitlar mikroorganizmlarni ko‘payishiga bog‘liq.
Elektiv muhitlarga: 1% peptonli suv kiradi (vabo vibrioni uchun), Safro qo‘shilgan muhitlar
- safroil bulon va Rapokort muhit (qorin tifi uchun), stafilokokk uchun sut va tuxum sarig‘i
qo‘shilgan tuzli agar.
3) Differensial-diagnostik muhitlar. Bu muhitlar laboratoriya;
sharoitida bakteriyalarning
bir-biridan farqlash maqsadida ishlatiladi. Masalan, Ploskiryova, Endo, vismut-sulfat agar
muhitlar kiradi.
Qattiq oziq muhitda mikroorganizmlar koloniya hosil qiladi. R va S koloniya tafovut
qilinadi. Suyuq oziq muhitda mikroorganizmlar diffuz loyqalash va cho‘kma, plyonka hosil qilib
o‘sadi.
Evukariot organizmlar bilan prokariot organizmlar o‘rtasidagi farqqa qaramay ulardagi
moddalar almashunuvi o‘xshashdir. Moddalar almashinuvi (metabolizm)
hamma tirik
mavjudodlarga tegishli bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi ikki –anabolizm, va katabolizm
jarayonlarni birlashtiradi. Kimyoviy birikmalarning biosintez
natijasida mikroorganizmlar
hujayrasiga turli yo‘llar bilan kirigan moddalarning ishlatilishi anabolizm (yoki konstruktiv
almashinuvi) deyiladi. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi uchun energiya ozuqa moddalar
(uglevodlar, yog‘lar va boshqa birikmalar) dan olinishi natijasida katabolizm (yoki
energiya
almashinuvi) sodir bo‘ladi.
Anabolizm va katabolizm juda kam hollarda bir biridan ajratiladi (masalan, gofofermentativ
sut kislotali bijg‘ishdagi anabolizmda deyarli uglevodlar ishlatilmaydi.
Mikroorganzmlarning hayot kechirishi uchun ularning tashqi muhit bilan modda
almashinuvi eng zarur omildir. Miroorganzmlarning modda
almashinuvi tashqi muhitdan
hujayraga ozuqaning kirishi va ularning hayoti jarayonida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarning
chiqib ketishidan iboratdir. Moddalar almashinuvining jarayonlariga oziqlanish va nafas olish
kiradi.
Oziqlanish bu ozuqaning hujayraga kirib o‘zlashtirilishi (anabolizm).
Bir qism ozuqa
o‘zlashtirilib, mikrob hujayrasining qurilishiga va hujayraning har xil maddasining yangilanishiga
ketadi. Ozuqaning boshqa qismi yangilanib, energiya hosil bo‘ladi. Energiya hujayraning hamma
hayot funksiyalarini ta’minlaydi.
Nafas olish jarayonida murakkab organik moddalardan tortib soddaroq moddalargacha
oksidlanadi, ba’zan esa mineral moddalar ham oksidlanadi (katabolizm).
Evukariot organizmlar bilan prokariot organizmlar o‘rtasidagi farqqa qaramay ulardagi
moddalar almashunuvi o‘xshashdir. Moddalar almashinuvi (metabolizm) hamma tirik
mavjudodlarga tegishli bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi ikki –anabolizm, va katabolizm
jarayonlarni birlashtiradi. Kimyoviy birikmalarning biosintez natijasida mikroorganizmlar
hujayrasiga turli yo‘llar bilan kirigan moddalarning ishlatilishi anabolizm (yoki konstruktiv
almashinuvi) deyiladi. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi uchun energiya ozuqa moddalar
(uglevodlar, yog‘lar va boshqa birikmalar) dan olinishi natijasida katabolizm (yoki energiya
almashinuvi) sodir bo‘ladi.
Anabolizm va katabolizm juda kam hollarda bir biridan ajratiladi (masalan, gofofermentativ
sut kislotali bijg‘ishdagi anabolizmda deyarli uglevodlar ishlatilmaydi.
Mikroorganzmlarning hayot kechirishi uchun ularning tashqi muhit bilan modda
almashinuvi eng zarur omildir. Miroorganzmlarning modda almashinuvi tashqi muhitdan
hujayraga ozuqaning kirishi va ularning hayoti jarayonida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarning
chiqib ketishidan iboratdir. Moddalar almashinuvining jarayonlariga oziqlanish va nafas olish
kiradi.
Oziqlanish bu ozuqaning hujayraga kirib o‘zlashtirilishi (anabolizm). Bir qism ozuqa
o‘zlashtirilib, mikrob hujayrasining qurilishiga va hujayraning har xil maddasining yangilanishiga
ketadi. Ozuqaning boshqa qismi yangilanib, energiya hosil bo‘ladi. Energiya hujayraning hamma
hayot funksiyalarini ta’minlaydi.
Nafas olish jarayonida murakkab organik moddalardan tortib soddaroq moddalargacha
oksidlanadi, ba’zan esa mineral moddalar ham oksidlanadi (katabolizm).
Do'stlaringiz bilan baham: