Mikroorganizmlar morfologiyasi
Bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar orasida o‘xshash-lik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasi-ni hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning hara-katlanish organlari xivchinlaridir, yuksak o‘simliklarning mito-xondriylari vazifalarini bakteriyalarning sitoplazmatik membra-nalari (mezosomalar) bajaradi va h.k.
Bakteriyalar yer yuzida yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo‘lsa, mikoplazmalar, rikketsiyalar, viruslar va bakte-riofaglar bulardan ham maydadir. Ko‘pchilik mayda sharsimon bakteriyalar hujayrasining diametri 0,1 mkm, tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2-3 mkm (ba’zan 30 mkm), gigantlarining eni 5-10 mkm, bo‘yi 30-100 mkm bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |