47-savol. Psixika va ong



Download 14,67 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi14,67 Kb.
#690459
Bog'liq
47SAVOL Mustaqil ish. Tolibovamarjona


47-SAVOL. PSIXIKA VA ONG

Psixika va ong. 


.Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bolmish aks ettirish xususiyatiga, yani turli tasirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning ozaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bolishi mumkin. Tirik materiyaga otishda harakatning shakli sifat jihatdan ozgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining malum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bolmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, osimliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. 
Ko’pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to’g’ri. 
Chunki psixikaning yuksak shakli ong bo’lib hisoblanadi. Lekin psixika 
insonlarga ham, hayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos 
xususiyatdir.
Obyektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong 
psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib, u faqat insongagina xosdir. Ong 
ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til 
yordamida munosabatda bo’lishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot 
jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta’siri ostida faoliyat va muloqot jarayonida 
shakllanadi.
Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong 
osti" tushunchalari ham o’rganiladi va tahlil qilinadi.

quyi darajasi bo’lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobat berilmaydi, xulq-atvor 


va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi 
psixik xodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi xodisalar (tush ko’rish); 
ilgari ongli bajarilgan, ammo ko’p takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan 
hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h. k.
Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik 
xodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyusinasiya va shu kabilar.
Hayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmoq kerak.
Inson ongining hayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko’rish 
mumkin: 
1. Inson hayvonlardan farq qilib o’z faoliyatining bo’lajak natijasini oldindan 
ko’ra olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o’z ishini oldindan rejalashtiradi,
uni bajarish uchun eng oson yo’l, usullarni tanlaydi.
Agar hayvonlar atrofdagi muhitga ongsiz ravishda moslashsalar, inson 
esa o’z ehtiyojini ko’prok darajada qondirish uchun muhitga ongli, rejali 
ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo’ladi.
2. Inson shuning uchun o’z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan ko’ra biladiki,
chunki u nutqqa egadir. Uning nutqqa ega bo’lishi hayvonlardan ajratib 
turuvchi ikkinchi muhim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo’lish,
kitob o’qish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash 
tufayli inson o’z ongini boyitib, o’stirib boradi.
3. Insonning hayvonlardan yana bir muhim farqi shuki, u jamiyat ichida,
jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan 
munosabatda bo’lmasdan turib inson shaxsi shakllanmaydi.
Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat qurollarini yasash 
prosessida o’sib boradi.
Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va hayvonga xos bo’lgan psixik 
jarayonlarni, ularning paydo bo’lish yo’llarini va rivojlanish xususiyatlarini 
o’rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining mahsulidir.
U doim o’sib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shakli ong bo’lib, u 
faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaklda bo’ladi.
Inson psixikasining taraqqiyoti filogenez va ontogenezni boshidan 
kechiradi. Filogenez shuki, odamzod paydo bo’lgandan toki hozirgi davrgacha 
avloddan-avlodga psixika takomillashgan holda o’tgan. Masalan, dastlabki 
odaminson maymunlar yoki ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlar bilan 
hozirgi insonlar psixikasi o’rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontogenez 
esa bola tug’ilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan 
psixikasining ham o’sib, rivojlanib borishidir.
Psixikaning paydo bolishi haqidagi nazariyalar. Psixikaning funktsiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, konikmalar, intellektual hatti - harakatlar.
Psixik funktsiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bogliqligi. Psixika va muhit. Miya va psixika. Inson ongi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi.
Psixikaning paydo bolishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, yani tasirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bogliqdir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning ozaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bolishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirgoqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi).
Tirik materiyaga otishda harakatning shakllari sifat jihatdan ozgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo boladi.
Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga otishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.
Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani korsatib otish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bolgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bolgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bolgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab ozlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BOLGAN (BIOTIK) MODDALARGA malum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bolmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bolganlar.
Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasi tadkikotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta’limotga ko‘ra psixikaning paydo bo‘lishi materiyaning o‘zok rivojlanishi natijasidir. Organik va anorganik materiya doimo xarakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi.
Xayvonlar psixikasining tarakkiyoti masalasi bilan atokli rus psixologi A.I.Leontev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shugullanganlar. K.E.Fabri eng sodda xayvonlar psixikasi tarakkiyotini ikki boskichga – kuyi va yukori boskichga buladi. Psixik tarakkiyotning kuyi boskichi bir xujayrali, kisman kup xujayrali xayvonlarga xos bulib, bu boskichda psixika primitiv xolatda buladi va xayvon tashki ta’sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob beradi. O‘simlik va xayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o‘z evolyusiyasining xamma boskichlarida aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlikka ega bo‘ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta’sirlarga javob berish kobiliyatidir.
Oddiy seskanuvchanlikni bir xo‘jayrali xayvonlarda xam ko‘rish mumkin. Ular muxitning ta’siriga xarakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o‘ziga xos xarakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Evalyusiya zanjirining yukorirok pogonasida turgan kup xujayrali xayvonlarda tana tuzulishi xam ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos uzgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vjudga keladi, aks ettirish xam murakkablashadi.
Tugunli nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarda aks ettirish fakat shartsiz reflekslar orkaligina bulmaydi, balki xayot davomida ta’sirlanishning tugma turiga nisbatan ancha yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar xosil bo‘ladi.
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari 
Psixik xodisalarning qanday ro’y berishini bilish uchun uning moddiy 
asosi – nerv sistemasiga bog’langan holda o’rganish kerak. Chunki insondagi 
barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir. 
XIX asrning ikkinchi yarmida rus olimi I. M. Sechenov (1829-1905) “Bosh 
miya reflekslari” (1863) asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari 
ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. I. 
M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan
boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I. P. Pavlov 
(1849-1936) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U 
hayvonlarning va odamlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya 
tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu 
qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi
ta’limot deb ataladi.
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil 
topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing 
ko’p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga oshiriladi.
Organik dunyoning amyobalardan tortib to odamga qadar uzoq davom 
etgan evolyutsiyasi davomida xulq-atvor va hatti-harakatlarning fiziologik 
mexanizmlari to’xtovsiz murakkablashib, tabaqalashib va shular tufayli 
organizm muhit o’zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan
bo’la oladi.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining kuyidagi xususiyatlari bilan fark kiladi:
Inson uzi anglagan zaruratga kura ongli xatti-xarakat kilish kobiliyatiga ega.Odamning xayvondan ikkinchi farki uning kurollarni yaratishga va saklashga layokatli ekanligidir.Xayvonlar xam kurol yasashi mumkin, lekin ular kurolni odamlar singari birgalashib,jamoa bulib yasamaydi.
Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga utkazilib turishidir.

Xis-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson urtasidagi turtinchi juda muxim tafovut bulib xisoblanadi.Xis-tuygu ikkisida xam bor.Fakat inson boshka kishining gam-gussasini va kuvonchini birgalikda baxam kura oladi, fakat odamgina tabiat manzaralaridan zavklanadi.


Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farki ularning rivojlanish shart-sharoitlarida kurinadi. Agar xayvonlar psixakasining usishi biologik konunlar asosida ruy bersa. Inson tajribani uzlashtirmasdan, uziga uxshaganlar bilan mulokotda bulmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.


Ong — psixikaning yuksak darajasi!!!

Obektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bolib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bolishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit tasiri ostida faoliyat va muloqot jarayonida shakllanadi.


Ongning mohiyatini togri tushunish uchun uning tuzilishini korib chiqish lozim. Ong quyidagi tort muhim psixologik xarakteristika bilan aniklanadi.
I. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning ozining ichki dunyosiga oid bilimlar toplami, yigindisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va ozi ichki dunyosi haqida bilimlarni ozlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum bolganda, unda hech qanday bilim va ong shakllanmagan bolar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashqil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat va h.k. yordamida ozlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil qilinadi) yordamida ozlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayonlaridan birining buzilishi, kasallanishi (batomom ishdan chiqishi haqida gapirmasak ham boladi) ongning buzilishiga olib keladi.
II. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda subekt va obekt ortasidagi farq oz ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson ozini boshqalardan va tashqi olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organik olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va ozini tashqi olam, tevarak-atrofdagi muhitga qarshi kuydi. Bunday xususiyatning paydo bolishining natijasi insonning oz-ozini bilishi va uzligini anglashida, oz-ozini baholashida aks etadi. Insongina ozining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashqil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning uzligini anglashi bilan bogliq.
III. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad quyish va maqsadga yonalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniklash ongning funktsiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad kuyiladi, faoliyat motivlari yuzaga keladi,
irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yollari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy tuzatishlar kiritib boriladi. Malum sabablar tasirida maqsad kozlash yoki uni boshqarish, koordinatsiya qilishdagi buzilishlar ongning buzilishiga olib keladi.
IY. Ongning tortinchi xarakteristikasi - unda odamning malum munosabatlari aks etishida. Inson oz atrofida bolayotgan voqealarga, obektiv borliqqa, oz faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda boladi. Bu munosabat uning his-tuygularida nomoyon boladi. His-tuygular va munosabatlarning ozgarishi, noadekvatligi ongning buzilishidan darak beradi.

Til, ozaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida korsatilgan barcha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi.


Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong osti" tushunchalari ham organiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning kuyi darajasi bolib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobat berilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqi holatidagi hodisalar (tush korish); ilgari ongli bajarilgan, ammo kop takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h.k. Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan bazi patologik holatlar ham ongsizlik hodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyutsinatsiya va shu kabilar.
Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bolmish aks ettirish xususiyatiga, yani turli tasirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning ozaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bolishi mumkin. Tirik materiyaga otishda harakatning shakli sifat jihatdan ozgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining malum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bolmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, osimliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bolgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bolgan tasirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bolib, ular tashqi muhit tasiriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit tasirida hujayra protoplazmasininng xususiyati ozgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil boladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik tasiri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - malum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qozgatuvchi tasiri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar osimliklarning oz-ozini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda tasirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi azolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, yani organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega boladi. Hayvonlarda osimliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha kop tasirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bolgan yoruglikka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha otkazilgan: suv toldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bolganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan.

Marjona Tolibova Amaliy ps 201
Download 14,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish