Katabolizm va biosintez haqida tushuncha.
Mikroorganizm hujayrasiga o’tgan moddalar
har xil kimyoviy reaktsiyalarda qatnashadi. Bundan tashqari hujayra hayot faoliyatida ishtirok
etadigan kimyoviy reaktsiyalarning hammasi birgalikda, katabolizm — modda almashish deyiladi.
U metabolizmning bir qismidir, ya’ni metabolizm = katabolizm + biosintezdir. Katabolizm yoki
energiya almashinishi, oziqa moddalari — uglevodlar, oqsil va yoglarining parchalanishi
oksidlanish reaktsiyalari hisobiga amalga oshib, natijada energiya ajralib chiqadi.
Mikroorganizmlarda ikki xil katabolizm mavjud bo’lib, ular: aerob nafas olish va bijg’ish
jarayonlaridir.
Aerob nafas olishda, organik modda tuliq parchalanadi va ko’p miqdorda energiya ajralib
chiqadi. Oxirgi mahsulot sifatida energiyaga kambag’al moddalar (СO
2
, Н
2
O) hosil bo’ladi.
Bijg’ish jarayonida esa organik moddalarning chala parchalanishi kuzatiladi. Kam miqdorda
energiya ajralib chiqadi va energiyaga boy oxirgi mahsulotlar (etanol, sut kislota, moy kislota va
xokazo) hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |