29-mavzu. Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati.
1.Neoliberalizm konsepsiyasi
2.F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy
g‘oyalari
3.V.Oyken
“iqtisodiy tizim” tiplari to‘g‘risida
4.L.Erxardning iqtisodiy islohotlari
5.Ijtimoiy bozor x
o‘jaligi konsepsiyasi
6.Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy qoidalari
7.Ayirboshlash tenglamasi
8.Pulga b
o‘lgan talab va taklif
9.Pul massasi va iqtisodiy siklar
1.Neoliberalizm konsepsiyasi
Neoliberalizm XX asrning 30-yillari keynschilikdan farqli
ravishda iqtisodiyotni
davlat tartiblashiga b
o‘lgan muammolarga mustaqil qarash tizimi sifatida kelib chiqdi.
Neoliberalizm erkin raqobat, shaxsiy manfaatlardan kelib chiqqan yakka faoliyat
ustunligi
g‘oyasiga asoslangan nazariya. Yakka iqtisodiy faoliyatga bo‘lgan
davlat
aralashuvi cheklangan b
o‘lishi kerak. Agar keynschilik davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuv chora-tadbirlarini q
o‘llab-quvvatlasa, neoliberalizm
esa davlatning passiv
tartiblashi tarafdori hisoblanadi.
Iqtisodiy fandagi zamonaviy oqimlarning biri sifatida neoliberalizmning kelib
chiqishi A.Smit va D.Rikardo asarlarida shakllangan liberalizm iqtisodiy siyosatidan
boshlanadi.
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli iqtisodiyotning
o‘ziga xosligini aks ettirgan.
Liberalizm, iqtisodiy siyosat sifatida, erkin tadbirkorlik
tizimini x
o‘jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli deb qaragan.
Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni
ta
’minlaydigan yagona tartiblovchi
mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba’zi bir ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit b
o‘yicha “tungi
qorovul
”).
XX asrning 30-yillarining
o‘rtalariga kelib keyinschilikning rivojlanishi bilan
iqtisodiy nazariyada
va amaliyotda liberal y
o‘nalish inqirozi namoyon bo‘la boshladi.
Uning natijasida: bir guruh iqtisodchilar
o‘zlarining qarashlaridan voz kechgan holda
keynschilikka q
o‘shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to‘g‘ri deb hisobladi;
ikkinchi
guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri,
o‘rni va roli to‘g‘risidagi
o‘zlarining qarashlarini himoya qildi va ularni qayta o‘zgartirgan xolda neoliberalizm
guruhini tashkil etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyasining asosiy
tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi k
o‘rsatib berildi,
neoliberalizm oqimi
va maktabi shakllantirildi, shuningdek, mazkur konsepsiyaning
mohiyati va mazmuni t
o‘g‘risida bir butun tushunchalar yaratildi.
Shunday qilib,