27-Mavzu. Asalari zararkunandalari


-rasm. Mum parvonasi lichinkalari



Download 2,23 Mb.
bet2/15
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#660641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
27-Mavzu. Asalari zararkunandalari

105-rasm. Mum parvonasi lichinkalari.

Mum parvonasi kapalaklari kunduzlari harakatsiz holatda, qorong‘i joylarda yashaydi. Qorong‘i tushishi bilan qo‘zg‘aladi va asalari uyalariga kirib oladi. Urg‘ochi mum parvonasi kapalagi o‘zining hayoti davomida 1,5-2 mingtagacha oq rangli, oval shakldagi tuxum ko‘yadi.


Tuxumlari hajmi 0,5 x 0,35 mm dir. Bu tuxumlardan oqish - ko‘k rangli qurtchalar chiqadi. Katta yoshdagi qurtchaning kattaligi 20 mm gacha bo‘ladi. Kapalaklarning lichinkasi - qurti ham juda ajoyibdir. Uning qorin segmentlarida besh juftdan oshmaydigan soxta oyoqlarini borligiga qarab, boshqa hasharotlarning qurtlaridan farqlash mumkin. Qurtchaning og‘zi kemiruvchan bo‘lib, o‘zidan mumni erituvchi modda seroza fermentini ishlab chiqaradi. Mum parvonasining rivojlanish (tuxumlik, qurtchalik, g‘umbaklik) davri 30-36 gradusli haroratda 43 kunni tashkil etadi. Kapalaklik davri 20 kun. Mum parvonasi bir yilda uch avlod beradi. Qish faslida uyada faqatgina g‘umbaklik davrida g‘umbakka o‘ralgan holatda yashaydi, qattiq sovuqlardagina nobud bo‘ladi.
Kichik mum parvonasi - to‘q kulrang tusli, urg‘ochi kapalagi tanasining uzunligi 11 mm gacha, erkagini esa 9 mm gacha bo‘ladi. Oldingi qanotlari tor, orqa qanotlari qisqa, lekin oldingi qanotidan uzunroq bo‘ladi. Kapalaklar qanotlarini tomcha shaklida, orqasiga yig‘adi va ko‘pincha ikkinchi juft qanotlasalari orqasidagi chekkasida uzun qilli shokilasi bo‘ladi. Urg‘ochi kapalak qanotlarini yoyganda 23 mm, erkaginiki esa 18 mm dan oshmaydi. Qanotlari kulrang yog‘simon. Bosh qismida ikkita qo‘ng‘ir mo‘ylovchasi bor.
Urg‘ochi kapalak hayoti davomida 250-300 ta tuxum ko‘yadi, tuxumlari oq- sariq rangda, 0,35-0,2 mm ni tashkil etadi. Katta yoshdagi qurtchasi 16 mm gacha, g‘umbaklik davriga o‘tishda o‘ziga pilla o‘raydi. Qurtchalarning rangi oq-sariq tusda, tez harakatchan bo‘ladi, salgina qo‘l tekkizsangiz tezda qotib qoladi. Mum parvonasining to‘liq hayot kechirish davri 60-120 kunni tashkil etadi.
Tuxumdan chiqqan qurtchalar oziqa qidirib, romdagi mum katakchalarini teshib, kezib yuradi va teshikchalasalari ustini ip bilan qoplaydi. Romdagi kataklarni teshib yurishi natijasida katakchalar buziladi, shu bilan birga bu kataklardagi asalari bolalarini nobud qiladi.
Hamma mum kuyalar, tuxumlarini asalari romdagi katakchalariga qo‘yadi. Bir necha kundan so‘ng katakchalardan kuya qurtchalari chiqib, ular tuxumdan chiqqan asalari qurtchasining qoldiqlarini eya boshlaydi.
Xususan omborxonalardagi romlarning mumiga katta zarar yetkazadi. Ayniqsa, havo harorati 30-35 gradusga ko‘tarilgan kezlarda, romdagi katakchalarni butunlay yo‘q qilib yuboradi.
Mum parvonalari har xil yuqumli kasalliklarni ham asalari oilasiga olib kiradi va kasallik tarqatuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Mum parvonalari respublikamizning hamma tuman va mintaqalarida uchraydi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalariga binoan, mum parvonalari hayoti davomida 400-800 tagacha tuxum qo‘yadi, bitta qurtchasi hayoti davomida 0,5 gr mumni eydi. Bu esa 500 ta asalari katakchasi demakdir. Urg‘ochi mum kuyasining bir avlodi mavsumda 32 kg mumni isrof qiladi, vaholanki, bitta asalari oilasi yaxshi iqlim sharoitda, gul shiralari serob bo‘lgan davrda 5-7 kg mum ishlab chiqarishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra mamlakatimizda har yili mum kuyalari asalarichilikka 2 million so‘mga yaqin iqtisodiy zarar yetkazar ekan. (Smirnov,A.M. 1972).
Mum parvonalari rivojlanish sikli 47 kunni tashkil etadi. Shundan tuxumlik davri 8 kun, qurtchalik davri 30 kun, g‘umbaklik davri esa 9 kunni tashkil etadi. Urg‘ochi mum parvonasi o‘rtacha 7-12 kun, erkagi esa 10-12 kun hayot kechiradi.
Mum parvonasining qurtchalari asalari romlari bo‘ylab, mumni teshib kezib yurib katakchalar sirtini ip bilan qoplaydi, mum katakchalari buzilib, yopiq nasllasalari ustki qopqog‘ini kemirib tashlaydi va katakchalardagi yosh nasllarini nobud qiladi.
Nobud bo‘lgan asalari romlari, asalari oilasiga qo‘yilganda, ular buni xush ko‘rmaydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, yetuk rivojlangan kuchli asalari oilasi har qanday mum parvonalarini qirib tashlaydi. Shuning uchun har bir asalarichi asalari oilasini har doim sog‘lom va kuchli rivojlangan, kuchli asalari oilalarini parvarish qilishga erishmog‘i darkor.
Mum parvonalari ko‘pincha asalarichilik omborlarida saqlanayotgan asalari romlariga ko‘p zarar yetkazadi. Veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinmagan hollarda, asalari oilasida to‘sqich taxtadan so‘ng terib qo‘yilgan zaxira romlarga ham ziyon yetkazadi. Shuning uchun asalarichilik omborlarini, asalarizorlarni toza va ozoda saqlash, har xil axlatlarni chiqarib tashlash yoki yoqib yuborish, sun’iy mum pardalarini saqlash qoidalariga rioya qilishning, sanitariya- gigiena qoidalarini doimo bajarib borish muhimdir.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish