27-Mavzu. Asalari zararkunandalari


Mum parvonalariga qarshi kurash



Download 2,23 Mb.
bet3/15
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#660641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
27-Mavzu. Asalari zararkunandalari

Mum parvonalariga qarshi kurash. Mum parvonasiga qarshi naftalin, asalari romlarini asrashda kaliy arsenati gazi va oltin gugurt gazini tutatib kurashadilar. Lekin bu usullarni qo‘llaganda yuqori natijaga erishib bo‘lmaydi.
Chet mamlakatda mum parvonasiga qarshi kurashda karbonat disulfat va paradixlorobenzol preparatlaridan foydalanadilar. Bu preparatlar ham ularning tuxumiga ta’sir qilmaydi, shuning uchun har 10-15 kundan so‘ng, bunday kurashni qayta takrorlash zarur.
Sirka kislotasining bug‘i ham mum parvonasining kapalagi, g‘umbagi va qurtchasini o‘ldiradi, lekin parvonaning tuxumiga ta’sir etmaydi.
Mum parvonasi tuxumini yo‘qotish uchun, uyaga sulfat angidrit gazi yuboriladi yoki vodorod sulfit bug‘lari bilan ta’sir etiladi. Sulfit angidrit gazi va vodorod sulfit zaharli moddalardir. Shuning uchun, ularni ishlatayotganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Shu moddalar bilan ishlov berilgan rom katakchalaridan hid kelmasligi uchun, ularni yaxshilab shamollatish kerak.
Mum parvonasi bilan kurash olib borishda eng oddiy usuldan foydalanish mumkin, ya’ni sirka kislotasi yoki sirka essensiyasini qo‘llash. Bo‘sh romlar yaxshi yopiladigan uyaga joylashtiriladi. Uyalardagi asalarilar ezilib ketmasligi uchun, romlarning oraliq kengligi 10-12 mm da bo‘lishi kerak.
Romlar tepasiga sirka kislota eritmasi solingan 1-2 likopcha qo‘yiladida, kislota bug‘langan sari yana quticha qo‘yib turiladi. Sirka kislotasidan foydalanishning yana bir qulayligi shundaki, u bilan ishlangan asalari romlari uyadan chiqarilmay, sirka hidi darrov tarqalib ketadi, oz-moz qolgan xid asalarilarni cho‘chitmaydi.
Naftalin parvona kapalaklariga ta’sir etsa ham, qo‘yilgan tuxumdan ochilib chiqqan parvona qurtlariga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun mum parvonasi rivojlanishining hamma davrlariga ta’sir etuvchi preparat “OB”gazlari yoki metall bromidni qo‘llashni A.M.Smirnov (1972) tavsiya etadi. Bu preparat ta’sirida mum kislotasining tuxumi va qurtchasi darhol o‘ladi. Bu preparatning 30 mg/l ishlatilganda, ta’sir kuchi 10 soat davomida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu preparat juda qulay va iqtisodiy jihatdan arzondir.
Shuni unutmaslik kerakki, degazatsiya qilingan romlarga qaytadan mum parvonasi turib, zarar yetkazishi mumkin, buning uchun degazatsiya qilingan asalari romlarini kuya tushmaydigan salqin, qorong‘i joylarga maxsus stelajlarda tartib bilan terib qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Chet mamlakatlarda mum parvonasiga qarshi kurashda efir moyi saqlovchi o‘simliklardan foydalanilgan. Toza uzilgan yalpiz o‘simligini asalari romlari ustidan qo‘yilgan va yopqich-mato bilan yopilgan. Romlardagi parvonalar yalpiz hidiga chiday olmagan va asalarixona tashlab ketgan. Qishda ortiqcha asalari romlarini saqlashda, shu usulni qo‘llab yaxshi natijalar olingan.
Respublikamizda qator ilg‘or asalarichilar ko‘p yilllardan beri mum parvonasiga qarshi kurashda yalpiz va sarimsoqni muvaffaqiyatli ishlatib kelmoqdalar. Yalpiz barglari romlar ustida, asalarixonadagi istitish materiallari ostida, omborlarda ishlatib kelganlar.
Mum parvonasiga qarshi biologik kurash usullari ham mavjud bo‘lib, bu usul asosan, keyingi 20 yil ichida keng rivojlanib kelmoqda. Biologik qarshi kurashda har xil mikroblar, hasharotlardan va biologik aktiv preparatlardan foydalaniladi.
Tangacha qanotlilar turkumi vakillariga qarshi, shu jumladan, mum parvonasi qurtchalarini o‘ldirish uchun turengieizis va sereus batsillalaridan keng foydalanmoqdalar. Bu batsillalardan chet mamlakatda sanoat usulida “turitsid” preparati ishlab chiqarilmoqda. “Turitsid” preparati ko‘p dozada ishlatilsa, asalarilarga ham ta’sir yetishi mumkin. Sereus batsillalari esa har qanday usullarda ham asalarilarga salbiy ta’sir etmaydi. Ana shularni hisobga olib mamlakatimizda sanoat usulida 20 dan ziyod baktespin, biotrol, dendrabatsellin preparatlari va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin, bu preparatlar qishloq xo‘jalik o‘simliklari zararkunandalariga qarshi biologik usulda kurashda ham keng ishlatib kelinmoqda.
Ayni paytda bu preparatlarning ximiyaviy preparatlardan arzonligi ham aniqlangan. Ikkinchidan, biologik usulda qarshi kurashda biotsenoz va biosfera buzilmaydi. Ximiyaviy preparatlar ta’siridan esa atrof muhit har xil zaharli moddalar bilan zaharlanadi, ko‘pgina foydali hasharotlar nobud bo‘ladi.


Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish