Ona asalarilar tuxum qo‘yishi. Ona asalari “nikoh” o‘yinidan qaytgach, urug‘langandan so‘ng, 34-48 soatdan keyin tuxum qo‘yishni boshlaydi. Agar ona va erkak asalarilarning juftlashuvi muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, ona asalari tuxum qo‘yishni boshlab yuboradi. Bunday paytda u ikki xil, ya’ni urug‘langan va urug‘lanmagan tuxum qo‘yadi. Tuxum urug‘donining oldidan o‘tayotgan vaqtida, ichiga sperma kirsa, urug‘langan tuxum deyiladi. Sperma tuxum po‘chog‘idagi teshikcha-mikropile orqali tuxum ichiga kiradi. Sperma bilan tuxum yadrosining qo‘shilishi, urug‘lanish deyiladi.
Bitta asalari tuxumi ichida 7-12 tagacha spermatazoidlar kirishini hamda yosh ona asalari tuxumlarida eski ona asalari tuxumiga nisbatan ko‘proq spermatazoidlar kirishini aniqlangan. Toza qo‘yilgan asalari tuxumining oldingi qismida 20 tagcha spermatazoidlar borligini aniqlangan. Asalari tuxumida maxsus teshik-mikropile bo‘lmasdan, balki tuxum po‘chog‘ining barcha joylaridan spermatazoidlar o‘tadigan joy ham bo‘ladi.
Urug‘langan tuxum ona va erkak asalarilarning irsiy belgilarini o‘zida mujassamlashtiradi. Oziqlanish sharoitiga qarab, bunday tuxumdan keyin ona va ishchi asalari rivojlanadi. Tuxum yadrosiga sperma kirib qo‘shilmagan, ya’ni urug‘lanmagan tuxumdan faqat erkak asalari rivojlanadi. Asalarichilikda bunday biologik xususiyat katta ahamiyatga ega. Urug‘lanmagan tuxumdan rivojlangan erkak asalari esa ona asalarilar barcha irsiy belgilariga ega bo‘ladi. Masalan, sariq Italiya zotli ona asalari boshqa zot, timqora erkak asalari zoti bilan chatishtirilganda, uning urug‘langan tuxumlaridan bu ikki nasl belgilariga ega bo‘lgan ona va ishchi asalarilar rivojlanadi. Urug‘lanmagan tuxumdan esa faqatgina sariq Italiya zotiga mansub erkak asalarilar rivojlanadi.
Ona asalarilar serpushtligiga ko‘pgina omillar ta’sir qiladi. Ularning sertuxum bo‘lishi, yil fasliga, jinsiy a’zolari tuzilishi xususiyatlariga, uyadagi katakchalarni to‘g‘ri qurilganligi va bo‘sh katakchalarni yetarli bo‘lishiga, tabiatda gulshirasi va gulchangini serob bo‘lishi, ona asalarini yoshi, asalari oilasining kuchi hamda oilani qish fasliga moslashganligi kabi ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ona asalari sermahsul bo‘lgan davrida, bir kunda o‘zining tanasi vaznidan ham ko‘proq miqdorda tuxum qo‘yishi mumkin. Masalan, bir dona asalari tuxumini vazni o‘rtacha 0,132 mg. Shuning uchun, ularning bir kunda qo‘ygan tuxumi eng qizg‘in paytda, uning vaznidan ham ko‘proqdir ya’ni 2000x0,132=264 mg ni tashkil etadi. Bu yerdan shular aniqlanadikim, ona asalari tuxumdonida juda ham tezkor jarayonda tuxum hosil bo‘ladi.
Ona asalari havo haroratining 340-350 darajada, lekinda 320 darajadan past bo‘lmagan davrda tuxum qo‘yishni boshlaydi, shu davrda ona asalarini kuchli oziqalar bilan ta’minlab turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |