23-Mavzu Asalarilarning ko‘payishi va rivojlanishi. Ona asalari tuxumdonida tuxumning etilishi


Asalarilar rivojlanish bosqichlari



Download 1,39 Mb.
bet4/10
Sana14.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#797959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
23-Mavzu.Asalarilarning ko'payishi va rivojlanishi

Asalarilar rivojlanish bosqichlari. “Asalari oilasi biologiyasi asoslari” kitobini dastlabki bobida asalarilarning biologiyasini ancha tushuntirishga harakat qildik. Biologiya bu grekcha so‘z bo‘lib Bios-hayot va logos-fan, so‘zlaridan olingan. Biologiya bu tirik mavjudotlarning hayoti va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgatadigan fan hisoblanadi.
Asalari biologiyasi, ularning indivudial rivojlanish xususiyatlarini, ular bilan bog‘liq hodisalarni, ularni yil fasllari bilan o‘zgarishi hamda yillik hayot kechirish davrlarini va asalarichilikda polimorfizm hodisalarini o‘rgatadi.
Ko‘pgina hasharotlar hayotida bo‘ladigandek, asalarilarda ham ularning rivojlanish jarayoni ontognez deb aytiladi. Ontognez ham o‘z davrida ikki davrga-embrional rivojlanish, ya’ni tuxum ichida bo‘ladigan rivojlanish jarayoni va postembrional rivojlanish-ya’ni tuxumdan chiqqandan keyingi rivojlanish davrlariga bo‘linadi.
Embrional yoki pusht rivojlanish bu grekcha embrion so‘zidan olingan. Embrion rivojlanishda tuxum po‘chog‘i ichida bo‘ladigan dastlabki barcha o‘zgarishlar, taraqqiyot bosqichlarida bo‘ladigan bitta tuxum hujayralaridan murakkab ko‘p hujayrali organizm- asalari qurtchalari vujudga keladi.
Asalarilarning rivojlanishi to‘rt bosqichga ya’ni tuxumlik, qurtchalik, g‘umbaklik va voyaga etgan imagolik davrlarga bo‘linadi. Asalarilar tuxumdan chiqqanidan keyin, ya’ni post embrional davridan to etuk davrga qadar bir necha marta o‘zgarishga uchraydi. Asalarilar rivojlanish jarayonida oilaning har uchala individi bir qator murakkab o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechiradi.
Shuning uchun postembrional rivojlanishida differensiya vujudga kelib, asosiy ikkita bosqich-qurtchalik va voyaga etgan imagolik bosqichni o‘taydi. Qurtchalik bosqichida hasharotlar o‘sib, rivojlanadi, imagolik bosqichida esa ko‘payib, tarqaladi. Ba’zan, ko‘pchilik hasharotlarda bu ikki bosqich oralig‘ida-g‘umbaklik (asalarilarda) bosqichi bo‘ladi.
Asalari rivojlanish davrida o‘z shaklini, biologik xususiyatlarini o‘zgartiradi va qaytadan tiklaydi.
Bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishi biologiyada metamorfoz deyiladi. Metamorfoz-organizim tuzilishining o‘zgarishi, asalari qurtchasini voyaga etgan imagolik davriga aylanishiga qadar yuz beradigan jarayonlardir.
Metamorfoza sharoitida hasharotlar rivojlanishida ikki xil o‘zgarish davrlari mavjud bo‘lib, bular chala va to‘liq o‘zgarish davrlaridir.
a) Chala o‘zgarishda hasharotlar ketma-ket uchta: tuxum, qurtchalik va imogolik bosqichlarni o‘taydi. Bu guruhdagi hasharotning qurtchalari tashqi ko‘rinishdan murakkab, ko‘z, og‘iz a’zolari va taraqqiy etmagan qanotlasalari bo‘lishdan, ular xuddi etuk bosqichga o‘xshaydi. Bundan tashqari ko‘pgina chala o‘zgaruvchan hasharotlarning qurtchalari erkin hayot kechirib, yetuk zotlari bilan birga yashaydi va bir xil oziqalanadi. Shuning uchun, ularning morfologik va biologik xususiyatlari o‘xshash bo‘lgani uchun imagosimon qurtchalar deb aytiladi. Chala o‘zgarishda tuxumdan chiqqan nasl asosiy tuzilish belgilari bilan katta hasharotlarga biroz o‘xshash bo‘ladi. Masalan, urg‘ochi chigirtka qo‘ygan tuxumidan ayrim belgilari bilan, katta chigirtkaga o‘xshagan yosh chigirtka chiqadi. Asta-sekinlik bilan bir necha marta tulash natijasida chigirtka katta chigirtkaga aylanadi. Chigirtkadan tashqari qora chigirtka, suvarak, ninachi va boshqa ba’zi bir hasharotlar ham shu usulda rivojlanadi.
b) To‘liq o‘zgaruvchi rivojlanuvchi hasharotlar bosqichida, tuxumlik, qurtchalik, g‘umbaklik va imagolik bosqichlarini o‘taydi. Murakkab fasetkeli ko‘zlar, qanot murtaklari bo‘lmaydi. Og‘iz a’zolari imagoga nisbatan boshqa tipda bo‘lib, mutlaqo boshqa sharoitda yashaydi. Qurtchalarning ko‘pchilik a’zolari vaqtinchalik bo‘lib, faqat qurtcha hayotiy vazifalarni bajaradi. Masalan; qorin, soxta oyoqlari, og‘iz apparati, bezlari va boshqalari.
To‘liq o‘zgarishda hasharotlardan qo‘ng‘iz, kapalak, pashsha, asalarilar, chumoli, asalari bo‘risi, asalari va boshqa ko‘pgina hasharotlar to‘liq ya’ni metamorfoz yo‘li bilan rivojlanadi. Bu usulda avvalo tuxumdan chiqqan, tuzilshi jihatdan hasharotdan farq qiladigan, katta hajmli qurtchalar yetishib chiqadi.
Ona asalari tuxumini romdagi katakchalar tubiga, tuxumning dum tomoni bilan tikka yopishtirib qo‘yadi, bosh tomoni esa erkin va bo‘sh turadi. Birinchi kunda tuxum katakchalar devorlariga nisbatan tik, perpendikulyar holda tursa, ikkinchi kunda borib u biroz egilib turadi va nihoyat uchinchi kunga borib katakcha tubiga doirasimon shaklda yotib oladi. Bu uch kun ichida tuxum po‘sti ostida ko‘pgina murakkab jarayonlar bo‘lib o‘tishi natijasida, bir hujayradan ko‘p hujayrali organizm-qurtcha ya’ni lichinka hosil bo‘ladi. Shu bilan rivojlanishning tuxumlik bosqichi tamom bo‘lib, qurtchalik bosqichi boshlanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish