23-Mavzu Asalarilarning ko‘payishi va rivojlanishi. Ona asalari tuxumdonida tuxumning etilishi


Embrional rivojlanish. Asalarilar tuxumlik bosqichi



Download 1,39 Mb.
bet5/10
Sana14.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#797959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
23-Mavzu.Asalarilarning ko'payishi va rivojlanishi

Embrional rivojlanish. Asalarilar tuxumlik bosqichi. Asalarilar tuxumi yirik hujayrali bo‘lib, protoplazma va yadrodan, hamda embrionning oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan deytoplazma yoki sarig‘likdan tashkil topgan. Bundan tashqari, ba’zan tuxumda onalik tuxumdondan qabul qilingan simbiotik ya’ni hamxonalikda yashaydigan bir nechta mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin.
Asalari tuxumining yuzasi folekulyar epiteliysidan ajralib chiqqan xoreon po‘st bilan qoplangan. Xoreon anchagina puxta, ko‘pincha taram- taram qobirg‘alar, o‘simtalar bilan qoplangan. Tuxumning ana shu belgilari bilan asalarilar avlodini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Xoreon ostida sarig‘lik pardasi joylashgan. Tuxumning yuqori qismida ba’zan mikroskopik teshikcha-mikropile bo‘lib, spermatazoidlar tuxum ichiga ana shu teshikcha orqali kiradi. Lekin bu mikropilega bakteriyalar, viruslar va zambrug‘lar tushishiga to‘sqinlik qiluvchi moslamalari bor. Tuxum rangi oqish, cho‘zinchoq shaklda, bel qismidan bir oz egilgan, uzunligi o‘rtacha 1,5 mm gacha bo‘ladi.
Uning vazni ham yil fasllariga qarab o‘zgaruvchan, o‘rtacha 0,132 mg ni tashkil etadi. Tuxumdan qurtchalar chiqqandan so‘ng, uning og‘irligi 0,08-0,1 mg gacha kamayib qoladi. Shuning uchun ham tuxumning katta kichikligi, shakli ham xilma-xil bo‘ladi.
Ona asalari tuxum qo‘ygandan so‘ng 20-30 minut o‘tgach, uning ichida ikkinchi bo‘linish bosqichi boshlanadi, bunda spermatazoid yadrosi, tuxum yadrosi bilan qo‘shilib ketadi va bu jarayon 60 – 75 minut davom etadi. Natijada tuxum yadrosida bo‘linishlar sodir bo‘ladi. Dastlab 2, 4, 8, 16 ta va shundan so‘ng ko‘p bo‘linishlar sodir bo‘lib, yadrolarning hajmi tobora kichrayib boraveradi.
Embrional rivojlanish tuxum yadrosini bo‘linishdan so‘ng, sirtqi protoplazmatik qavatga kirishidan boshlanadi. Yadroning bo‘linishi natijasida yosh yadrolar hosil bo‘lib, embrionning dastlabki hujayralari blastomerlar hosil qiladi. Balastomerlar oziqali sarig‘likni o‘raydi va blastodermeni hosil qiladi.
Blastoderma hosil bo‘lgandan so‘ng, uning ayrim joylarida xujayralar bo‘lina boshlaydi va bir joyda qalinlashgan embrion yo‘li va embrion hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan embrion yo‘li o‘sib blastomerni qoplaydi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish