22-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif reja



Download 200 Kb.
bet9/12
Sana29.04.2022
Hajmi200 Kb.
#590057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
22-тема

Tadbirkorlik qobiliyati. Vaqt o’tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni ko’payadi va bu Yalpi taklifga tasir ko’rsatadi. Masalan, keyingi vaqtda respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy etiborning qaratilishi bunday faoliyat bilan shuĝullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko’payishiga olib kelishi muqarrar va bu o’z navbatida Yalpi taklifni oshiradi.
Import resurslar narxlari. CHet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda Yalpi taklifning ko’payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda Yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa Yalpi taklifni kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o’zgarishiga olib kelayotgan asosiy omillardan biri – valyuta kurslarining o’zgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday ro’y berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining so’mga nisbatan narxi tushdi, yani so’mning qiymati ko’tarildi, deb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir so’m uchun ko’proq chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga keladi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so’mda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el resurslari importini ko’paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so’mga nisbatan narxi oshgan taqdirda, yani so’m qadrsizlanganda import resurslari narxlari ko’tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.
Bozordagi hukmronlik. Resurslarni etkazib beruvchilarning bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va Yalpi taklifga tasir ko’rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik – narxlarni raqobat mavjud bo’lgan sharoitdagidan ancha yuqori o’rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft narxini o’n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin ko’paytirdi. 80-yil o’rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.
2. Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik – bu ilgari takidlanganidek, milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga to’ĝri keluvchi ishlab chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko’rsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi omillarning o’zaro tasiri samaradorlikning o’sishi va Yalpi taklifning oshishiga olib keladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda samaradorlikning oshishi Yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi Yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.

Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish