22-MAVZU. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF
Reja
1. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab miqdoriga tasir
qiluvchi omillar.
2. Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi.. Yalpi taklif miqdoriga
tasir qiluvchi omillar
3. Yalpi talab va Yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat.
1. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab miqdoriga tasir
qiluvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini taminlashda eng avvalo Yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istemolchilar, yani aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. SHuningdek, Yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.
Yalpi talab barcha istemolchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yiĝindisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istemol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istemol qiladigan ishlab chiqarish omillari – er, kapital va ishchi kuchi.
Istemol tovarlari turli-tuman moddiy, manaviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. SHuningdek, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilĝi, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga boĝliq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, investiciya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam investiciya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar tasirida o’zgarib turadi.
Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda Yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga tasir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida Yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yiĝindisi sifatida ifodalanadi, yani:
,
bu erda:
Yd – Yalpi talab;
C – uy xo’jaliklarining istemol sarflari;
I – xususiy sektorning investiciya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.1
Professor V.Kamaev esa Yalpi talabni real Yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo’lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo’lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalanishini takidlaydi:
,
bu erda:
AD – Yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx darajasi2.
Bundan ko’rinadiki, V.Kamaevning fikricha Yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bevosita boĝliqdir. Bu o’rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini etibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida takidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, istemolchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo’lgan Yalpi talab hajmining keskin kamayishiga, yani ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan Yalpi talabning oshishiga, yani tovarlarning etishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari tasir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab tasiridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu teskari boĝliqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |