15-BOB. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF
Mazkur darslikning 7-bobida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar, shuningdеk, talab va taklif qonunlari hamda ular o’rtasidagi muvozanatlik masalalari bayon etilgan edi. Lеkin unda talaba va o’quvchilarning tushunishini osonlashtirish maqsadida ushbu masalalar tovar va xizmatlarning alohida olingan turlari bo’yicha ko’rib chiqilgan edi. Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir.
Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng avvalo yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.
15.1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir
qiluvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.
Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.
Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.1-chizma).
15.1-chizma
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Ijtimoiy nafliligi (turlari, sifati va miqdori) jihatidan

Istе’mol buюmlariga


Qiymati (miqdor×narxi)

Yalpi talab miqdori
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)

Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchiga
Qiymat jihatidan


Qiymati (miqdor×narxi)
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi.
Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
,
bu yerda:
Yd – yalpi talab;
C – uy xo’jaliklarining istе’mol sarflari;
I – xususiy sеktorning invеstitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
Do'stlaringiz bilan baham: |