3. Huquqiy me`yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy me`yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’ĝri keladigan xarajatlarni va Yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.
Huquqiy me`yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat soliĝi, ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va Yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va Yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali Yalpi taklifni o’zgartiradi.
3. Yalpi talab va Yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat.
Endi shuni takidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, yani istemolchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik taminlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi Yalpi talab va Yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va Yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin . Albatta, real hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan Yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
Yalpi talab egri chiziĝi va Yalpi taklif egri chiziĝi kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va malum darajada bu tenglik taminlab turiladi. Biroq, Yalpi talab va Yalpi taklifga tasir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va Yalpi taklif muvozanati Yalpi taklif egri chiziĝining qaysi kesmasida ro’y berishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chiziĝi Yalpi taklif egri chiziĝini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday tasir ko’rsatmaydi. Bunda Yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |