21. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog’liq xususiyatlari



Download 51,09 Kb.
bet11/17
Sana08.04.2023
Hajmi51,09 Kb.
#925671
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
fiziologiya oraliq 21dan

41.Buyrak usti sekretsiya
Buyrak usti bezlari bir juft bo‘lib, buyraklarning ustki qismida joylashgan, vazni 10-14 g. Bu bez ikki qavatdan – po‘stloq va mag‘iz qavatlardan tuzilgan bo‘lib, po‘stloq qavati mezodermadan, mag‘iz qavati ektodermadan hosil bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan bolada bezning vazni 6-8 g, 1-5 yoshda 5,6 g, 10 yoshda 6,5 g, 11-15 yoshda 8,5 g, 16-20 yoshda 13,2 g bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolada po‘stloq qavati mag‘iz qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Buyrak usti bezining po‘stloq qavati kimyoviy tuzilishi jihatidan jinsiy gormonlarga o‘xshaydi, bu bezlarda kortikosteroid gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar 40 dan ortiq bo‘lib, uglevodlar, mineral tuzlar, oqsillar almashinuvini kuchaytiradi, muskullarning ish qobiliyatini oshiradi va boshqa funksiyalarga ta’sir etadi. Mag‘iz qismida adrenalin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon yurak qisqarishini tezlashtiradi, teri, ichki a’zolar, muskullarni ta’minlovchi qon tomirlarni toraytiradi, ichak harakatlarini sekinlashtiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Buyrak usti bezi simpatik nerv tolalari bilan ta’minlangan. Buyrak usti bezining po‘stloq qismidan 3 ta asosiy gormon: moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi glyukokortikoid gormonlar, mineral tuzlar almashinuvini boshqaruvchi mineralokortikoidlar, erkak va ayol jinsiy gormonlarining bir turi androgenlar va estrogenlar ishlab chiqariladi. Mag‘iz qavatning muhim gormoni adrenalin. Bu gormon qon aylanishini, muskullar qisqarishini tezlashtiradi, nafas olishni kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi, jigarda glikogen parchalanishini jadallashtiradi, muskullar charchashini kamaytiradi va hokazo. Buyrak usti bezlari surunkali yetishmovchiligining keskin turida Addison yoki bronza kasalligi rivojlanadi. Bu kasallikda teri qoplamlari bronza tusiga kiradi. Turli xil gormonlarning bir me’yorda hosil bo‘lishida izdan chiqadigan hollar bo‘ladi, ya’ni bir xil gormonlar kam ishlanib chiqishi hisobiga boshqa gormonlar ko‘p ishlanib chiqadi. Bolalar bunday kasallikka duchor bo‘lganda, o‘sish va jinsiy rivojlanish jarayonlariga keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kasallik moddalar almashinuvining izdan chiqishiga ham olib keladi, bola semirib ketadi (yog‘ bosadi). Kasallik manzarasi gormonlar biosintezi qay darajada buzilganiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qiz bola organizmida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i gormonlarining biologik sintezi o‘zgarishi oqibatida erkak jinsiy gomionlari - androgenlar ko‘p ishlab chiqarilganda (ular bir oz miqdorda sog‘lom ayol organizmida ham hosil bo‘ladi), unda erkaklarga xos ba’zi alomatlar paydo bo‘ladi (ovozi do‘rillaydi, soqol-mo‘ylovi o‘sadi, erkaklarda ko‘riladigan ikkilamchi jinsiy belgilar ham paydo bo‘lishi mumkin). Adreno-genital sindrom deb ataladigan bu kasallik ko‘pincha tug‘ma bo‘ladi. Bunda noto‘g‘ri ishlayotgan buyrak usti bezlari homiladorlik davrining 3-4-oyidayoq zo‘r berib gormon ishlab chiqara boshlaydi. Ma’lumki, gormonlar homilaning o‘sishi hamda rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi va ortiqcha miqdordagi androgenlar ta’sirida jinsiy sistema noto‘g‘ri shakllanadi. Adreno-genital sindrom qiz bolalarda va o‘g‘il bolalarda har xil o‘tadi.Androgenlar qiz bolaning shakllanayotgan organizmiga shu qadar kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinki, u bola tug‘ilganda yanglishib o‘g‘il deb o‘ylashadi. Bunday hollarda ko‘pincha hatto yanglishib germofroditizm , ya’ni ikki jinslilik (xunasa) diagnozi qo‘yiladi. Androgenlar ta’sirida bunday bolalar tez o‘sadi, qiz bolalar tanasining proporsiyalari erkaklar tanasining proporsiyalariga yaqin bo‘ladi.O‘g‘il bolalarda qonga androgenlar ortiqcha tushganda ular tez o‘sadi va balog‘atga erta yetadi. Biroq 11-12 yoshga borib, bolalar o‘smay qo‘yadi va oqibat-natijada pakana bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zan buyrak usti bezlarni po‘stlog‘ida gormonlar hosil bo‘lishi buzilganda turg‘un gipertoniya paydo bo‘ladi.

Download 51,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish