21. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog’liq xususiyatlari



Download 51,09 Kb.
bet1/17
Sana08.04.2023
Hajmi51,09 Kb.
#925671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
fiziologiya oraliq 21dan


21.Ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog’liq xususiyatlari Evolyutsiya jarayonida, shunday o‘ziga xos organlar sistemasi hosil bo‘ldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, hatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. Epifiz bezi – og‘irligi 0,2-0,3 gr bo‘lib gormoni melatonin, bolalar 6-7 yoshga borganda atrafiyaga uchraydi, agarda bolalarda kasallik tufayli yoki boshqa sababga ko‘ra faoliyati buzilsa, ularda muddatdan oldin jinsiy yetilish boshlanadi. Gipofiz. Gipofiz asosiy suyakning turk egari qismida joylashgan bo‘lib, u uch bo‘lak: oldingi, oraliq va orqa bo‘laklardan tuzilgan murakkab ichki sekretsiya bezidir. Gipofizning uzunligi katta odamda 19 mm, eni 12-15 mm, bo‘yi 5-6 mm, vazni 0,55-0,65 g, yangi tug‘ilgan bolada 0,1-0,15 g, 10 yoshda 0,33, 20 yoshda 0,54 g keladi. Katta odamlarda gipofizning oraliq bo‘lagi bo‘lmaydi, bolalarda u yaxshiroq rivojlangan. Gipofizning oldingi bo‘lagi adenogipofiz, orqa bo‘lagi neyrogipofiz deyiladi, ikkala bo‘lagi ham simpatik nerv bilan ta’minlangan. Gipofizda 22 dan ortiq gormon ishlanib chiqadi. Qalqonsimon bez to‘qimasidan juda ko‘p qon tomirlar va nervlar o‘tadi. Bu bezning vazni va tuzilishi bolaning yoshiga qarab o‘zgaradi. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqda uning vazni 1 g dan oshmaydi,5- 10 yashar bolada 10 g bo‘ladi, 12-15 yoshda vazni ancha ortadi; bu davrda qon tomirlarining yaxshigina rivojlanishi hisobiga unda qon aylanishi kuchayadi. Katta yoshli odamda 30-35 g bo‘ladi. Buyrak usti bezlari bir juft bo‘lib, buyraklarning ustki qismida joylashgan, vazni 10-14 g. Bu bez ikki qavatdan – po‘stloq va mag‘iz qavatlardan tuzilgan bo‘lib, po‘stloq qavati mezodermadan, mag‘iz qavati ektodermadan hosil bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan bolada bezning vazni 6-8 g, 1-5 yoshda 5,6 g, 10 yoshda 6,5 g, 11-15 yoshda 8,5 g, 16-20 yoshda 13,2 g bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolada po‘stloq qavati mag‘iz qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ayrisimon bez to‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga yetguncha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra bezning hajmi kichiklashib u yog‘ moddasiga aylanadi. 25 yoshda, bezning massasi 25 g gacha kamayadi. 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo‘ladi. Ayrisimon bezda timozin gormoni ishlab chiqariladi. U bolalarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Me’da osti bezi me’daning orqasida, o‘n ikki barmoqli ichak yonida joylashgan bo‘lib, ichki va tashqi sekretsiyaga ega. Bu bez tashqi sekretsiya organi sifatida hazm yo‘liga me’da osti shirasi ajratadi, bu shira tarkibida turli fermentlar bo‘ladi.


Download 51,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish