21. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog’liq xususiyatlari


Shartli va shartsiz reflekslarning xususiyatlari



Download 51,09 Kb.
bet2/17
Sana08.04.2023
Hajmi51,09 Kb.
#925671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
fiziologiya oraliq 21dan

22.Shartli va shartsiz reflekslarning xususiyatlari.Refleks - nerv faoliyatining asosiy shakli. Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o‘tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo‘lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun ma’lum sharoit bo‘lishi shart. Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil bo‘lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo‘lishi uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko‘proq bosh miya katta yarim sharlari ishtirok etadi. Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga moslashishida muhim ahamiyatga ega, ular hayot mobaynida tormozlanib, yangilari hosil bo‘lib turadi. Bola tug‘ilgandayoq unda ma’lum shartsiz reflekslar vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, so‘rish, yutish, so‘lak ajralishi, himoya reflekslari (issiq narsadan qo‘lni tortib olish, yo‘talish, aksa urish va hokazo), jinsiy reflekslar, mavjud bo‘ladi. Shartli reflekslar organizmni tashqi muhit sharoitiga ancha murakkab moslashtiradi. Odam ovqatni hididan topadi, vaqtni chamalaydi va hokazo. Ovqatning hidiga so‘lak, me’da shirasi ajrala boshlaydi. Shartli ta’sirlovchilar signallarni bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida analiz va sintez qilib, ta’sirotga javob berishga tayyorgarlik ko‘radi. Shartli ta’sir shartsiz ta’sir bilan quvvatlab turilmasa, shartli refleks hosil bo‘lmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba’zi shartli reflekslar so‘nib, yangilari paydo bo‘lib turadi. . Masalan, bola tug‘ilgandan keyin ma’lum vaqtlarda onasini 7-8 marta emsa, 1,5-2 yashar bo‘lganda bir sutkada 5-6 marta emadi, katta bo‘lganida esa 3-4 mahal ovqatlanadi. Shartli refleksning hosil bo‘lish tezligi odamning hayot tarziga, yoshiga, nerv sistemasining funksional holatiga, ta’sirlovchilarning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda turli rang, shakl va o‘yinchoqlarga so‘lak ajratish yoki himoya va boshqa shartli reflekslar hosil bo‘lishi mumkin. Shartli refleks hosil qilishi uchun sekretor, ko‘zni yumish yoki nutq bilan mustahkamlanadigan harakat usulidan foydalaniladi. Masalan, bolaga ovqat berilganda, og‘iz bo‘shligidagi retseptorlar qo‘zg‘alib, impuls uzunchoq miyaga yetib boradida, so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atadi. Ayni vaqtda qo‘zg‘alish bosh miya sopining o‘tkazuvchi yo‘llari bo‘ylab miya po‘stlogining ovqatlanish markaziga yetib boradi.



Download 51,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish