“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
10
Bunday usulda ishlaganda talabalarda ijodiy tasavvur va taqqoslash malakalari yaxshi rivojlanadi.
Musiqa oʻqituvchisi uchun asar nota yozuvini (matnini) qog’ozdan oʻqish (chitka s lista) juda muhimdir.
Dirijorlik sinfida ham bunga alohida etibor qaratiladi. Tanlangan asarlarni qog’ozga qarab oʻqishni doimiy
ravishda mashq qilib borish kerak boʻladi. Bunda talabalar nota matnini solferino uslubida koʻz bilan taxminan
kuzatib tanishadilar, bunda tezlik, ladotonal reja, oʻlchash, asarning ohangdorlik xususiyatlari (kuy tuzilmasi),
ritmika mustaqil yoki oʻrnini bosuvchi joʻr ovoz shakllar farq qiluvchi yoki takrorlanuvchi iboralarni
aniqlaydilar.
Pedagog talabalar oldiga turli oʻquv vazifalarini qoʻyadi, alabatta, bunda ularning bilimi, koʻnikma va
malakalar saviyasi, tayyorgarliklari, musiqa asarning murakkablik va qiyinchilik holatlari hisobga olinadi.
Oʻquv vazifalarining murakkablashuvi musiqa materialining xususiyatlari bilan bog’liq. Og’ir (sust),
oʻrtacha (moʻtadil), tez, joʻshqin sur’atdagi asarlarni oʻqish, bir ovozli, ikki ovozli, uch ovozli, koʻp ovozli,
ikki ovoz partiyasining joʻrnavozligini bayon qilishning sodda yoki murakkabligi bilan bog’liq boʻladi.
Xor asariga dirijorlik qilish samarali jarayon boʻlib, badiiy obraz va ijrochilikka sekin-astalik bilan kirib
borishdir. Xor asarlari koʻpincha she’riy matnga yoziladi, shuning uchun uni oʻqiyotgan vaqtda mazmunining
g’oyaviy emotsional ma’nosini his etish kerak.
Asar bilan umumiy tanishuvdan soʻng, uni oʻrganish rejasi tuziladi. Asarni oʻrganishda dastlab uni
tasavvur qilish bilan notalarni kuylaydilar. Bu esa vokal partiyaning ovozini ichki eshituv va hissiyot bilan
eshitishga yordam beradi. Ba’zi hollarda talabalarning qiziqishlarini oshirish maqsadida asarni pedagogning
oʻzi ijro etib berishi mumkin. Lekin, iloji boricha bunga talabani koʻproq jalb qilish kerak.
Asarni toʻlaqonli oʻzlashtirish uchun uni yod olish ham muhim omillardandir. Asarni tez eslab qolish,
ya’ni yod olishda shakl tahlili, musiqada ma’nodorlik bag’ishlovchi vositalarni his qilish, musiqiy material va
badiiy obraz mantiqining rivojlanishini oʻz ichiga oladi. Har bir qismni takrorlash, ijro etish yodda saqlab
qolishni tezlashtiradi. Bu oʻrinda beriladigan topshiriqlar alohida oʻrin tutadi. Quyida shunday topshiriqlar
namunasini keltiramiz:
1.
Fortepianoda birinchi jumlani ifodali qilib ijro eting, chaling, chalish jarayonida musiqiy matnni
eslab qoling, birinchi jumlani yoddan chalib bering.
2.
Partiturani chaling va solferinolash bilan partiyalarni kuylab bering, yana bir bor kuylab bering,
solferino qiling, soʻzlarni yoddan kuylang va chalib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: