Fan: Musiqa Sinf: 5a mavzu: Xor san`ati. Dars maqsadlari: a ta`limiy maqsad



Download 1.61 Mb.
Sana22.12.2019
Hajmi1.61 Mb.
Fan: Musiqa

Sinf: 5A

Mavzu:Xor san`ati.

Dars maqsadlari:

a)ta`limiy maqsad:

O`quvchilarga xor san`ati haqida tushuncha.



b) tarbiyaviy maqsad:

ohanglarni diqqat bilan tinglash , qo`shiqlarni yoqimli , hushohang qilib aytish malakalarini o`zlashtirish.



c) rivojlantiruvchi maqsad:

o`quvchilarning estetik va badiiy didni shakllantirish , ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.



Dars turi:

Yangi bilim beruvchi



Darsda foydalanadigan jihozlar:

Beshinchi sinf musiqa darsligi.

Dutor cholg’u asbobi

Ko’rgazmali qurollar



Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:

- o`quvchilarda o`tilgan mavzu bo`yicha bilimlarni mustahkamlash.

- zarbli cholg`ular guruhiga kiradigan qaysi sozlarni bilasiz?

- ``Aziz ustozlar `` qo`shig`ini aytib berish.

- yangi mavzuni daskaga va jurnalga yozish.

2.Musiqa tinglash:

O`zbek xalq cholg`ulari orkestori ijrosida Sayfi Jalilning ``Qalbimda``

kuyini tinglash.

3. Yangi mavzu bayoni:

Musiqa madaniyati fanida xor san`ati katta ahamiyatga agadir. Avvalombor ``xor`` san`ati nima ekanligini bilib olish zarur. Cholg`ular ijrosida ko`p ovozli musiqani tinglaganimizdek, xor vositasiqa ham ikki, uch va undan ortiq ovozli asarlarni kuylashga va tinglashga o`rganganmiz.



Xor - so`zi ikki xil ma`noda anglash mumkin.

Birinchisi – kuylovchi jamoa.

Ikkinchisi – xor jamoasining ijro qilishiga mo`ljallab yozilgan musiqa asari.

Xorda 4 xil ovoz bor:

Xotin-qizlarga yoki bolalarga xos bo`lgan – soprano va alt ovozlar, erkaklarga xos bo`lgan – tenor va bas ovozlardir. Sanab o`tilgan ovozlardagi xar bir kuylovchi o`z vazifasini tushungan holda to`g`ri ijro etgandagina xorning mukammal , yoqimli va badiiy obrazli eshitilishiga imkon yaratiladi.



4. Jamoa bo`lib kuylash:

-

1. Yoshligimiz nodir onlarin,



Gullarga burkab uyg`onar mehr.

Vatanimiz oltin konlarin,

Kash etmoqlik dillarda sehr.

NAQAROT:


O`zbek bekdir o`ziga bu haq,

Gard tushurmas so`ziga bu haq.

Bobolarning iziga alhaq,

Biz munosib avlodmiz avlod.

2. O`zbekiston ey ona-Vatan,

Mehr bilan senga qarayman.

Bugun yoshmiz erta yo indin,

Posbonlikka albat yaraymiz.

NAQAROT:

3. Vatan chinor har bir yaprog`i,

Muqaddasdir tandagi jonday.

Biz ham bo`lib bitta butog`i,

Meva bersak oltin xirmonday.

5. Mustahkamlash:

- Xor deganda nimani tushunasiz va qanday ovoz turlarini bilasiz?

- Sa`dullo Nurmetovning ``BOBOLAR AVLODIMIZ`` si qanday xor uchun yozilganligini tinglab, biilib olgan bo`lsangiz ohangini kuylab bering.

6. Uyga vazifa:

Xor san`ati mavzusini o`qib kelish



Sa`dullo Nurmetovning `` BOBOLAR AVLODIMIZ `` qo`shig`ini hamma bandlarini yodlash.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa