2020-yil samarqand – 2020 mundarej a mavzu: O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli I bob. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi


III. 2. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli



Download 279,17 Kb.
bet11/12
Sana24.02.2022
Hajmi279,17 Kb.
#207383
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Руфат диcc20май. Dissertatsiya

III. 2. O’rta Osiyo neolit davri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli
Mazkur paragrafda O’rta Osiyo tosh asrining yakunlovchi bosqichi hisoblanuvchi neolit davri jamoalari madaniyati tarixiy ildizlari masalasi yangi materiallarga tayanib yoritilishi nazarda tutilgan.
Dissertatsiyamizning 2-bobida keltirilganidek, hozirgi kunda O’rta Osiyo sarhadlarida quyidagi neolit davri jamoalariga oid madaniyatlar aniqlanib, tadqiq etilgan: Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg’ona (Farg’ona vodiysida), Sazog’on (O’rta Zarafshon vohasida) Ustyurt neolit madaniyati shular jumlasidan hisoblanadi.
Endi, quyida imkoniyat darajasida keyingi yillar tadqiqotida qo’lga kiritilgan arxeologik manbalar, ma’lumotlarga tayanib, ushbu madaniyatlar tarixiy ildizlari haqida soha mutaxassislarining o’z ilmiy izlanishlarida keltirgan ma’lumotlarini yaxlit bir tizimga keltirishga harakat qilamiz.
Joyitun va Kaltaminor jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari to’g’risida ilmiy adabiyotlarda ma’lumotlar mavjud. Xususan, Joyitun madaniyatining asosiy tadqiqotchisi V.M.Masson Joyitun, Jabal neolit jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari bir, bir daraxtning ikki shoxi va bu ildiz Yaqin Sharq mezolit, neolit jamoalari madaniyati bilan bog’liq138. Shu o’rinda Kaltaminor jamoalari madaniyatlari tarixiy ildizlari haqida ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Ma’lumki, nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyo miqyosida neolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatining o’ziga xos o’rni bor. Mazkur madaniyatning tadqiqoti boshlangan dastlabki davridayoq uning o’ziga xos xususiyatlari aniqlanib, madaniyati tarixiy ildizlari borasida qimmatli manbalar qo’lga kiritilgan edi. Jumladan, Kaltaminor jamoalari madaniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizlari xususida S.P.Tolstov, V.M.Masson, A.V.Vinogradovlarning ma’lumotlari mavjud. Ular Kaltaminor va Joytun jamoalari madaniyatlarining kelib chiqishi bir-birlariga qon-qarindosh bo’lgan ildiz bilan bog’liqligi borasida ham ilmiy qarashlarni ilgari surishgan139. Xullas, Joytun va Kaltaminor jamoalari madaniyati tarixiy ildizlari borasida soha tadqiqotchilarining ilmiy yondashuvlarini quyidagicha izohlash mumkin: 1. Ikkala madaniyatning shakllanishi ham mahalliy, o’zlaridan avvalgi taraqqiyot bosqichiga oid bo’lgan jamoalar madaniyatlari negizida ro’y bergan bo’lishi mumkin, lekin bu hududlardan hali paleolit, mezolit makonlari topilmagan; 2. Kaltaminor va Joytun jamoalari madaniyatlarining kelib chiqish ildizlarini Sharqiy Kaspiy bo’yi so’nggi paleolit va mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan makonlar madaniyatidan izlash lozim. 3. Mutaxassislar fikricha Joyitun jamoalari yashagan hudud Sharqiy Eron yoki unga nisbatan g’arbiy hududlarda yashagan dehqonchilik xo’jaligiga asoslangan jamoalar yashaydigan joyning eng sharqiy periferiyasi bo’lgan. Shu bois Joyitun jamoalari madaniyatining kelib chiqishi ildizlari undan janubdagi jamoalar madaniyati bilan bog’liq bo’lishi mumkin140. Xuddi shunday, Kaltaminor jamoalari madaniyatlari kelib chiqishi ildizlari borasida ham turli qarashlar mavjud. Bu masalaning ham muammosi Kaltaminor jamoalari tarqalib yashashgan hududlar chegarasi doirasida to’laqonli ravishda tadqiq etilgan so’nggi paleolit, mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan makonlar yo’qligidadir. S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov, V.M.Masson, G.F.Korobkovalar Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatlari kelib chiqish ildizlari borasida fikr bildirishgan. S.P.Tolstov, A.V.Vinogradovlar Sharqiy Kaspiy bo’yi, aniqrog’i, Bolxan bo’yi mezolit jamoalari madaniyatlari bilan bog’lashmoqdalar. V.M.Masson ham o’z tadqiqotlarida Kaspiy bo’yi qabilalarining Uzboy orqali siljib kelishi bilan kaltaminor jamoalari madaniyati shakllanishini bog’laydi. Lekin bu madaniyatning shakllanishiga birdan-bir asos emas, Kaltaminor jamoalari madaniyati tom ma’noda shu hududlarda mavjud bo’lgan, hali tadqiqotlarda aniqlanmagan mahalliy, avvalgi davr jamoalar madaniyati negizidashakllangan degan xulosani ham bildirgan141. Bu ilmiy qarashning to’g’riligini so’nggi yillar mobaynida A.V.Vinogradov tomonidan kaltaminor jamoalari madaniyatlari borasida amalga oshirgan tadqiqotlari natijalari ham tasdiqladi. Xususan, Qizilqum hududida ilk neolit jamoalariga tegishli bo’lgan madaniy qatlami yaxshi saqlangan makonlar kashf etildi (Uchashi 131). Mezolit davri so’nggi bosqichlari jamoalariga tegishli bo’lgan ashyoviy dalillar ham ko’plab topildi, lekin ularning stratigrafik ma’lumotlari aniq bo’lmagan. Shu sababli, A.V.Vinogradov Qizilqum hududlarini odamzod tomonidan o’zlashtirilishi masalasi bosqichma-bosqich ro’y bergan degan xulosaga kelgan142. Yaqin yillarda Qizilqum hududidan Ko’k-ayoz 1,2 kabi ilk paleolit yodgorliklari143, Zarafshon daryosi etagi qadimgi o’zani hisoblanuvchi Chorbaqti vohasidan turkum holatda mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan makonlarining kashf etilishi kaltaminor jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqish ildizlarini mahalliy madaniyatlar bilan bog’lash imkonini bermoqda.144 Shu nuqtai nazardan qo’lga kiritilgan yangi manbalarga tayanib, biz Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatining kelib chiqish ildizlari mahalliy mezolit madaniyati negizida ro’y bergan deb hisoblaymiz.
Ta’kidlash joizki, O’rta Osiyo neolit davri so’nggi bosqichlari jamoalari taqdiri, ularning tarixiy taraqqiyot keyingi bosqichlari aholilari bilan genetik bog’lanish madaniy bo’g’inlari hamma hududlarda bir zaylda o’zining to’laqonli ravishda ilmiy echimini hamon topganicha yo’q. Turkmaniston hududida Joytun jamoalari madaniyati bag’ridan o’z moddiy madaniyatini to’laqonli ravishda namoyon etgan rivojlangan eneolit va bronza davri jamoalari madaniyatlarining kelib chiqqanligi, ularning genetik bog’liqliklari inkor etib bo’lmaydigan darajada ilmiy echimini topgan dalil hisoblanadi145. Biroq, qolgan hududlar misolida bu masala, ya’ni neolit davri jamoalari madaniyatining metall davri jamoalari madaniyati bilan genetik bog’liqligi borasida taxminiy, to’laqonli bo’lmagan fikrni aytish mumkin, xolos. Masalan, kaltaminor jamoalari madaniyatining so’nggi bosqichi yodgorliklari yaxshi urganilmagan. Faqatgina, Suvyorg’on madaniyatining Qamishli bosqichiga A.V.Vinogradovning fikricha kaltaminorliklar madaniyatini ulash mumkin146.
Biz yuqorida so’nggi yillar mobaynida qo’lga kiritilgan arxeologik manbalar hamda dastlabki tadqiqotlar mobaynida bildirilgan ilmiy qarashlarga asoslanib, Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyatlarining kelib chiqish ildizlari, bu madaniyat so’nggi bosqichlari jamoalari moddiy madaniyati masalalariga imkoniyat darajasida to’xtaldik. Kaltaminor jamoalari madaniyatlari mahalliy madaniyatlar negizida shakllanganligi yuzasidan yangi manbalar qo’lga kiritilganligi ham muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Lekin, kaltaminor jamoalari madaniyatining so’nggi bosqichlari davri moddiy madaniyati to’laqonli ravishda o’z echimini topmagan. Bu masalani mutaxassis olimlar O’rta Osiyo pasttekislik mintaqasida yangi iqlim sharoitining yuzaga kelishi bilan bog’lamoqdalar.
Markaziy va Janubiy Tojikiston hududi Hisor jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari borasida A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, T.G.Filimonova, A.Yusupovlarning ma’lumotlari muhim hisoblanadi.V.A.Ranov hisor madaniyatiga oid yodgorliklar tosh industriyasida kuzatilgan so’nggi paleolit, mezolit davri tosh qurollariga xos xususiyatlarni (nukleussimon tosh buyumlar, qirg’ichlar, yonlama tomonidan ishlov berilgan nukleuslar, ponasimon qurollar) inobatga olib, hisor madaniyati genosologik ildizlarida Samarqand makoni sohiblari madaniyatining ishtirokini e’tirof etadi147 va bu ilmiy qarashni N.X.Toshkenboev, R.H.Sulaymonovlar ham qo’llab quvvatlashadi148.V.A.Ranov va T.G.Filimonovalar yaqin yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan manbalarga tayanib, Hisor neolit jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari Tutqovul 2a, Sayyod 3, Daraishur kabi mezolit yodgorliklari sohiblarning madaniyati bilan bog’lashgan. Aniqrog’i, hisor jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari avtoxton xarakter kasb etadi.
E.Bijanov tomonidan Ustyurtning shimoliy qismida mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan Aydabal guruhi makonlarining kashf etilishi mazkur davr jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini oydinlashtirdi hamda neolit jamoalari madaniyatlarining kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalasida ham ishonarli dalillar berdi.Bu ma’lumotlar Ustyurt neolit jamoalari madaniyatining kelib chiqishitarixiy ildizlari mahalliyAydabal, Oqtayloq tipidagi mezolit jamoalariga tegishli bo’lgan moddiy madaniyati bilan bog’liqligini ko’rsatadi149.
O’zbekiston miqyosida kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari, Ustyurt neolit jamoalari madaniyatidan tashqari Farg’ona vodiysida Markaziy Farg’ona jamoalari madaniyatlari ham tadqiq etilgan.Markaziy Farg’ona neolit jamoalari madaniyati mahalliy Obishir madaniyati negizida shakllanganligi tadqiqotlarda aniqlangan150. Lekin mazkur jamoalar taraqqiyotining taqdiri masalasi esa ancha bahsli. Mazkur hududda tipologik jihatdan yaxshi, ilmiy asosda ajratilgan neolit davri so’nggi bosqichlariga oid manbalar juda kam topilgan.
Zarafshon vohasining tosh davri jamoalari tomonidan o’zlashtirilganligi va ular moddiy madaniyatiningtarixiy ildizlari borasida ham tadqiqotlarda ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Qo’yi Zarafshon, vohasida kaltaminor jamoalarga tegishli yodgorliklar o’rganilgan151. O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ tizmasi shimoliy yon bag’ridaesa Sazog’on neolit madaniyati tadqiq etilgan va etilmoqda152. Sazog’on neolit jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari masalasini yoritishdan oldin, ushbu masala bo’yicha O’rta Zarafshon vohasi tosh davri jamoalari tadqiqoti ma’lumotlariga to’xtalishni lozim topdik. Garchi, voha o’rta paleolit, ya’ni muste davri jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlari borasida tadqiqotlarda ma’lumot keltirilmagan bo’lsada, Qo’tirbuloq, Omonqo’ton, Takaliksoy yodgorliklari tosh qurollarining Teshiktosh, Ko’lbuloq, Obiraxmat hamda Tojikiston hududi muste davri yodgorliklari tosh qurollariga o’xshashligi borasida fikrlar bildirilgan153.Voha so’nggi paleolit davri, xususan Samarqand makoni moddiy madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalasi Qo’tirbuloq yodgorligi materiallari to’laqonli ravishda nashr etilgunga qadar154 adabiyotlarda P.P.Efimenko, P.I.Boriskovskiy, V.A.Ranov,D.N.Lev, G.F.Korobkova, M.D. Djo’raqulov, R.X.Sulaymanov kabi tadqiqotchilar tomonidan turlicha ilmiy talqin etilgan. N.X.Toshkenbaev, R.H. Sulaymanovlar voha so’nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqishi genosologik ildizlarini Qo’tirbuloq yodgorligi (ayniqsa, qirg’ichlar, o’zaksimon tosh buyumlari asosida) bilan bog’lashadi155. B.Q. Sayfullaevning fikricha, O’zbekistonning hozirgi hududi miqyosidamuste davrida bir-biriga qo’shni holda to’rtta madaniy variant sohiblari yashashgan va ular moddiy madaniyati mahalliy so’nggi paleolit davri jamoalari madaniyati etishib chiqishiga asos bo’lishgan156.Keyingi yillarda O’rta Zarafshon vohasi miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati Zamichatosh, Sazog’on 1, Qorakamar va Ochilg’or makoni pastki (mezolit) madaniy qatlami materiallari asosida ma’lum bo’ldi. Oldingi paragrafda mazkur mezolit yodgorliklari sohiblarining moddiy madaniyati shakllanishi tarixiy ildizlari Samarqand makoni bilan bog’liqligi haqida ma’lumot berdik.
Zarafshon vohasi neolit jamoalari madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlari borasida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Bu ma’lumotlarga o’tishdan oldin Qizilqum ichki hududi neolit jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida, ya’ni Lavlakan, Qoraqata tosh industriyasining paraqali qismida mikroparaqa elementi salmog’i yuqoriligini inobatga olib A.V.Vinogradov ularniOqchadaryo havzasi kaltaminor jamoalari moddiy madaniyatidan farq qilishi va shu jihati bilan ular Quyi Zarafshon yodgorliklari tosh industriyasiga madaniy jihatdan yaqinligini aniqlaganini keltirmoqchimiz. Quyi Zarafshon vohalarining neolit jamolari moddiy madaniyati kelib chiqish ildizi Sharqiy Kaspiybo’yi mezolit davri jamoalari madaniyati bilan bog’langan edi157. Keyinchalik, V.M.Masson, G.F.Korobkovalar kaltaminor jamoalari madaniyati shakllanishini mahalliy, hali tadqiqotlarda aniqlanmagan madaniyatlar negizida bo’lganligi haqida fikr bildirishadi va bu fikrni A.V. Vinogradov ham qo’llab-quvvatlaydi158. A.V.Vinogradov Qizilqum mezolit,neolit davri jamoalari madaniyatiga oid ba’zi jihatlar Samarkand makoni modiy madaniyatida mujassamlashganligi, Samarqand makoni Qizilqumga hududiy jihatdan yaqinligini e’tirof etgan holda Qizilqum mezolit-neolit jamoalari madaniyati kelib chiqishi ildizini mahalliy madaniyatlarga bog’lashga harakat qilgan. Vaqt o’tishi bilan Qizilqum ichki hududlari, Quyi Zarafshon vohasida mezolit, hatto paleolit davri jamolari madaniyatiga tegishli yodgorliklar kashf etilishi va tadqiqotiga erishildi159. M.Djurakulov, N. Xolmatovlar ham yangi materiallarga tayanib, Qizilqum hududi, Quyi Zarafshon vohasi mezolit, neolit jamoalari madaniyati Samarqand makoni jamoalari madaniyati negizida, avtoxton tarzda shakllanganligini e’tirof etmoqda (mikrolitli element, ikki taraflama ishlov berilgan o’q-yoy uchlari va bohqalar).
O’rta Zarafshon vohasi Sazog’on madaniyati (Sazog’on 2, Jangal 1,Tepaqul 3,4, Lolab, Ochilg’or makoni ustki(neolit) madaniy qatlami) kelib chiqishi tarixiy ildizlaridastlabki tadqiqotlarda Samarqand so’nggi paleolit makoni moddiy madaniyati bilan bog’langan160. Biroq, oraliq mezolit madaniy bo’g’inining etishmasligi bunday bog’lanishning to’laqonli emasligini ko’rsatar edi. Keyingi yillar tadqiqotida Chorbaqti mezolit yodgorliklari, Sazog’on 1 yodgorligi tosh industriyasi tahliliga yangicha yondoshuv, Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki (mezolit) madaniy qatlami ma’lumotlari voha miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini yoritish imkonini berdi va etishmayotgan madaniy bo’g’inni to’ldirdi. Shu bois, Samarqand makoni, Chorbaqti mezolit yodgorliklari, Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki (mezolit) madaniy qatlami bilan sazog’on madaniyati kelib chiqishitarixiy ildizlaribog’liq161.
Xullas, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, O’rta Osiyo sarhadlari kishilik tarixi tosh asri ilk paleolit davridan odamzod tomonidan o’zlashtirilgani va keyingi tarixiy bosqichlar barchasida (o’rta, so’nggi paleolit, mezolit, neolit) uzluksiz, avtoxton tarzda, vorisiylik asosida madaniyat yaratilganligi haqida xulosaga kelish imkonini beradi.Demak, O’rta Osiyo tosh davri jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari avtoxton xarakter kasb etadi.
XULOSA
O’rta Osiyo sarhadlarida kishilik tarixi tosh asri jamoalarining moddiy madaniyati yaxshi tadqiq etilgan. Buni tosh asrining barcha taraqiyot ketma-ketligi, ya’ni paleolit davri va uning bosqichlari, mezolit va neolit tarixiy bosqichlarga oid yodgorliklar mavjudligi va tadqiq etilganligi isbotlab turibdi. Bu haqda dissertatsiyamizning 1,2-boblarida ma’lumotlarkeltirdik. Ushbu ma’lumotlar O’rta Osiyo hududi ilk paleolit davridanoq (Sel-ungur, Ko’lbuloq, Qoratov 1, Laxuti, Quldara makonlari) odamzod tomonidan o’zlashtirilgani va tosh asrining keyingi taraqqiyot bosqichlari barchasida uzluksiz yashashib, o’ziga xos madaniyat yaratishganligini bildiradi va bu xususiyat so’zsiz tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari masalasini yoritishimizga imkon beradi. Shu bois, biz dissertatsiyamiz mavzusini yortishda ushbu imkoniyatdan foydalandik va O’rta Osiyo sarhadlari tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari mahalliy ilmdizlar ekanligi hamda ular avtoxton xarakter kasb etganligini asoslay oldik.
Bu haqda faktlarga murojaat etamiz. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari nafaqatSel-ungur, shuningdek, tosh asri taraqqiyoti bosqichlari yodgorliklari, xususan, Ko’lbuloq,Ko’ldora, Teshik-tosh, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omanqo’ton, Samarqand makoni, Shugnov, Obirahmat,Esen 3, Churuk 12, Aydabal, Tutqovul 2a, Say-sayyod 3, Obishir 1-5, Jabal, Sazog’on 1, Chorbaqti, Ochilg’ormakoni singari etalon, tayanch yodgorliklar jamoalari madaniyatlarii bilan bevosita bog’liq ekanligi keyingi yillar tadqiqotlarida o’z isbotini topdi.
Demak, O’rta Osiyoning o’rta paleolit davri jamoalarining madaniyati tarixiy ildizlari ilk paleolitga oid Sel-ungur, Ko’lbuloq, Ko’ldora, Laxuti, Qoratov kabi yodgorliklar madaniyati negizidan shakllangan va rivoj topgan.So’nggi paleolit davri jamoalarining madaniyati mahalliy o’rta paleolit (Teshik-tosh, Ko’lbuloq, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omanqo’ton) jamoalari madaniyati bag’ridan kelib chiqqan. Mezolit davri jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy so’nggi paleolit (Samarqand makoni, Shugnov, Obirahmat, Esen 3, Churuk 12) jamoalari madaniyati bag’rida shakllangan, tomir otgan. Neolit davri jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy mezolit (Aydabal, Tutqovul 2a, Say-sayyod 3, Obishir 1-5, Jabal, Sazog’on 1, Chorbaqti, Ochilg’ormakoni) jamoalari madaniyati bag’ridan kelib chiqib, rivojlangan. Bundan bir necha yillar avval muster davridan so’nggi paleolitga o’tish jarayoni haqida tadqiqotchilar orasida turli fikrlar bor edi. Ayniqsa, xorijiy arxeologlar bu masalaga asossiz qarab, O’rta Osiyo so’nggi paleoliti madaniyati mahalliy negizda emas, balki migratsiya yo’li bilan kirib kelgan degan ta’limotni yoqlab chiqishgan edi. Ammo keyingi yillarda qo’lga kiritilgan manbalar, jumladan, Obirahmat, Ko’lbuloq, Samarqand, Shugnov makonlari hamda ko’pgina boshqa qarorgohlarning o’rganilishi natijalari bu yondoshuvlarning asossiz ekanligini ko’rsatdi. So’nggi paleolit madaniyati tub mahalliy o’rta paleolit negizidan etishib chiqqanligi isbotlandi. Ta’kidlash joizki, Shimoliy Hindiston, Old Osiyo, Yaqin Sharq mintaqalaridan topilgan paleolit jamoalari madaniyatining O’rta Osiyo bilan muayyan o’xshashligi elementlari borligi tadqiqotlarda aniqlangan. V.A.Ranov O’rta Osiyo tosh davri yodgorliklari tosh industriyasi, tosh qurollarining yasalishida qo’llanilgan texnik va texnologik usullarga qarab bu davrni uzluksiz, galma-gal taraqqiyot bosqichlariga bo’lib o’rganishni isbotlab berdi.162
Samarqand atrofida o’rganilgan paleolit davri madaniyatining vujudga kelishi va shakllanishini avvalombor joyli ilk va o’rta paleolit madaniyati negizida vujudga kelganligini etirof qilish mumkin. O’rta Osiyo paleolit madaniyati to’g’risida elon qilingan ko’psonli asarlarda madaniy aloqalarning bir- biriga tasiri haqida turli mulohazalar mavjud. Masalan, arxeolog D. N. Lev Samarqand paleolit madaniyatining ayrim xususiyatlarini Mo’g’il-Sibir o’lkalarida o’rganilgan paleolit yodgorliklari mavjudligini etirof qilib, ibtidoiy jamoalar madaniyati mamlakatimiz janubidan shimoliy sharqqa qarab tarqalganligiga shama qilinganligi fanda inkor qilinmaydi. Binobarin turli mintaqa va maqul ekologik burchak va vohalarda yashagan jamoalar turmush tarzida madaniy aloqalar konvergentsiya, divergentsiya, diffuziya, innovatsiya jarayonlari asosida, vaqt va zamonda sodir bo’lganligini etirof qilish mumkin. Ammo, ta’kidlash joizki, jamoalar qanday sharoitda yashagan bo’lmasin, o’z madaniyatining avtoxtonligi, mahalliy hususiyatlarni malum darajada saqlab qolishadi va ular moddiy madaniyatda o’z aksini topadi. Bu Zarafshon vohasi tosh davri tadqiqotida yaqqol kuzatiladi163.
M.Djo’raqulov ham Shugnov makoni pastki gorizontlari qurollari Obirahmat makoni qurollariga o’xshash, yuqori gorizontlari tosh qurollari esa Samarqand makoni tosh qurollariga o’xshashligini alohida o’z tadqiqotlarida keltirgan. Shugnov makoni tosh qurollari muste va so’nggi paleolit davri jamoalariga tegishli bo’lib chiqdi. Bu esa shubhasiz madaniyatlar kelib chiqishi ildizlari masalasini oydinlashtirishda muhimdir.
M.D.Djurakulov, N.U Xolmatovlar o’z tadqiqotlarida O’zbekiston hududi neolit jamoalarining shakllanishi tarixiy ildizlari avtoxton tarzda ekanligi so’nggi arxeologik tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga tayanilib o’zasosini topdi degan xulosaga kelishgan. Buni Samarqand so’nggi paleolit yodgorligining sohibkorlari yaratgan madaniyat asta-sekinlik bilan keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida (mezolit, neolit) qo’shni hudularga, xususan Qoratepa tog’ tizmasi yon bag’irlari (Zamichatosh, Sazog’on 1, Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki madaniy qatlami kabi mezolit yodgorliklari), Zarafshon daryosi suv oqimi bo’ylab quyi vohasiga (Chorbaqti mezolit yodgorliklari, Echkiliksoy, Ayoqog’itma mezolit davri topilmalari) tarqalganligi va u zikr etilgan mezolit davri yodgorliklar sohiblarining madaniyatida keyingi tarixiy taraqqiyotda shakllangan neolit davri jamoalari Sazog’on madaniyati, Quyi Zarafshonda Dorbazaqir 1,2, Oyoqog’itma. Uchashi 131 hamda Qaraqata yodgorliklari sohiblari madaniyatida ham namoyon bo’lganligidek madaniyat rivojlanish dinamikasi sifatida tadqiqotlarda kuzatilganligi bilan asoslashadi. Mutaxassislar fikricha, Joyitun jamoalari madaniyatining kelib chiqishi ildizlari undan janubdagi jamoalar madaniyati bilan bog’liq bo’lishi mumkin164.A.V.Vinogradov Qizilqum hududlarini odamzod tomonidan o’zlashtirilishi masalasi bosqichma-bosqich ro’y bergan degan xulosaga kelgan165. Yaqin yillarda Qizilqum hududidan Ko’k-ayoz 1,2 kabi ilk paleolit yodgorliklari166, Zarafshon daryosi etagi qadimgi o’zani hisoblanuvchi Chorbaqti vohasidan turkum holatda mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan makonlarining kashf etilishi kaltaminor jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqish ildizlarini mahalliy madaniyatlar bilan bog’lash imkonini bermoqda.167 Ustyurt neolit jamoalarining madaniyati mahalliy Oydabal, Oqtayloq mezolit madaniyatlari, Markaziy Farg’ona madaniyati Obishir mezolit madaniyati, Hisor neolit jamoalarining madaniyati Tutqavul 2 a, Say-sayyod 3, Daraishur kabi mezolit yodgorliklari jamoalari madaniyati negizida shakllangan.Demak, O’rta Osiyo neolit davri ga oid Hisor, Quyi Zarafshon va Qizilqum hududi kaltaminor jamoalari madaniyati, Markaziy Farg’ona madaniyati, Sazog’on madaniyati va Ustyurt neolit jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy ildizlar hisoblanadi va avtoxton xarakter kasb etadi.
Ammo, neolit davr taraqqiyoti so’nggi bosqichlari jamoalari moddiy madaniyati borasida ma’lumotlar nisbatan kamligi, ularni keyingi taraqqiyot bosqichlari bilan bog’lovchi madaniy bo’g’inlarning yo’qligi dalillariga ham duch keldik (Joyitun, Hisor madaniyatlaridan tashqari). Materiallarning kamligini, mazkur hududlardan aholining boshqa hududlarga siljib ketganligi yoxud shunga o’xshash umumiy jarayonlar oqibati deb xulosa chiqarmaslik lozim. Kelgusida, mazkur hududlarda quruq, issiq iqlim fazasi vujudga kelganiga qaramasdan, shu sharoitlarga moslashishib, yangi turmush tarzi, yangi ishlab chiqarish xo’jaliklariga yo’l topganliklari borasida ma’lumotlar qo’lga kiritiladi va bunga o’lkaning tosh davri tadqiqoti borasida istiqbolli ekanligini bildiradi.
Dissertatsion tadqiqotimiz bo’yicha quyidagi yakuniy xulosalarni keltirishimiz mumkin:
1.O’rta Osiyo sarhadlari dunyo miqyosida antropogenez jarayoni ro’y bergan mintaqalar sirasiga kiradi. Buni “Farg’ona odami”, “Obiraxmat odami”, Teshiktosh “Neondertal bolasi” kabi antropologik topilmalar asoslaydi. Shu manbalar asosida mintaqamiz bundan 1 mln. 200 yil muqaddam odamzod tomonidan o’zlashtirila boshlangan.
2. O’rta Osiyoda kishilik tarixi tosh asri taraqqiyoti ketma-ketligi bosqichlari (paleolit- ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolit; mezolit va neolit) barchasiga oid yodgorliklar tadqiqotiga erishilgan va bu faktlar ushbu zaminda odamzod tarixiy davrlar kesimida uzluksiz yashashib, o’ziga xos madaniyatlar sohiblari bo’lishganligini ilmiy asoslaydi, o’z navbatida shu asnoda madaniyatlar tarixiy ildizlarini aniqlashda muhim omil hisoblanadi.
3. O’rta Osiyo tosh asri taraqqiyoti bosqichlariga oid yodgorliklar tosh industriyasi xarakteri, xususan tosh qurollari yasalishi texnikasi, ularga ishlov berilishi usullari tarixiy davrlar ketma-ketligida jamoalar madaniyatlari o’ziga xoslik jihatlari, shuningdek evolyutsiya, merosiylik va innovatsiyalarni o’zlarida namoyon etishadi va ularda madaniyatlar tarixiy ildizlari masalasi o’z mazmunini topadi.
4.O’rta Osiyo sarhadlarida tosh asri jamoalari madaniyatlarining keyingi yillar tadqiqotlarida ularning tarixiy ildizlari haqida muhim manbalar, ma’lumotlar qo’lga kiritilishiga erishilgan. Bu manbalar tosh asri taraqqiyoti barcha bosqichlari jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy ildizlar ekanligi va bu ildiz avtoxton xarakter kasb etganligiga ilmiy asos beradi.



Download 279,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish