2020-yil samarqand – 2020 mundarej a mavzu: O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli I bob. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi


III-BOB. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli



Download 279,17 Kb.
bet10/12
Sana24.02.2022
Hajmi279,17 Kb.
#207383
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Руфат диcc20май. Dissertatsiya

III-BOB. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli
III.1. O’rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli
Tosh asri jamoalari madaniyatlarining kelib chiqish ildizlari masalasi kishilik tarixi ibtidoiy davrini o’rganishda dolzarb masala hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan biz o’z tadqiqotimizda O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlariningtarixiy ildizlari masalasini keyingi yillar tadqiqotida qo’lga kiritilgan arxeologik manba, ma’lumotlarga tayanib yoritishga harakat qildik. Lekin, bu masala echimida bir qator muhim o’ziga xos xususiyatlar borligi kuzatiladi. Bu birinchidan, qaysi hudud bo’lmasin, bu joyda antropogenez jarayoni qanday kechganligi masalasi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi, Ikkinchidan, qaysi mintaqa bo’lmasin bu joyda tosh asritaraqqiyoti bosqichi o’zidan oldingi davr jamoalari moddiy madaniyati o’rganilgani masalasi bilan chambarchas bog’liqligi hisoblanadi. Masalan, so’nggi paleolit davri jamoalari madaniyati tarixiy ildizini o’rganishda, shu hudud misolida o’rta paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati qay darajada o’rganilgani muhim hisoblanadi. Sababi, so’nggi paleolit davri jamoalari madaniyati, o’zidan oldingi tarixiy davr jamoalari madaniyati bag’rida tomir otganmi yoki yo’qmi, boshqa mintaqadan siljib kelgan qabilalar madaniyati asosida shakllanganmi degan masala muhimdir tarixiy ildizni aniqlashda. Uchinchidan, Ko’pgina soha mutaxassislari tomonidan mezolit davri so’nggi bosqichlari va ilk neolit jamoalari makonlari tosh industriyasini bir-biridan ajratish mushkulligi alohida e’tirof etilgan. Shu bois, bu xolatda tosh industriyada tosh qurollarining evolyutsiyasi, merosiylik va innovatsiya masalalari ham mazmuniga ko’ra o’ta dolzarbdir. Shu kabi yuqorida keltirilgan jihatlar tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlarini aniqlashda asosiy omillardan sanaladi.O’rta Osiyo miqyosida odamzod yashashi uchun qulay iqlim sharoitining (Lavlakon namgarchiligi iqlim fazasi) yuzaga kelganligi jadallik bilan o’zlashtirishga imkoniyat bergan mezolit davri so’nggi bosqichlari va ilk neolit jamoalari moddiy madaniyatlarini bir-birlaridan farqlash murakkabligi masalasi esa tom ma’noda ularning o’zaro genetik bog’liqligi bilan izohlanadi. Aniqrog’i, jamoalarning o’zidan oldingi taraqqiyot davri jamoalaridan an’anaviy tarzda tosh qurollari yasalishi texnologiyalarini o’zlashtirib olib, shu an’analarga sodiq qolgan holda, ularni mahalliy sharoitdan kelib chiqib takomillashtirib borganliklari aniqlangan. Shu kabi tosh qurollarining o’ziyoq madaniyatlarning kelib chiqish ildizlarini sharhlashda, tahlil etishda asosiy mezon hisoblanadi.
Darhaqiqat, yuqorida keltirganimizdek, O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlarini aniqlashtirishimizda mazkur hududlarda to’laqonli so’nggi paleolit, mezolit jamoalari makonlarining tadqiqot etilganligi yoki ushbu makonlar kashf etilmaganligi masalasi o’ta muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bu masalanining echimida tadqiqotlarda muayyan darajamuammolar mavjudligi kuzatiladi. Masalan, yaqin kunlargacha O’rta Osiyo hududida mezolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklarbir zayldao’rganilmaganligi fakti mavjud bo’lgan. Bu Janubiy Turkmaniston hududi, Zarafshon vohasi miqyosida, Ustyurt palotasida, Quyi Amudaryo sarhadlarida mezolit davri yodgorliklari tadqiq etilmagan. Hattoki, ayni kunlarda hamJanubiy Turkmaniston, Quyi Amudaryo hududlarida mezolit davriga oid yodgorliklar noma’lum bo’lib kelmoqda. Bu esa ilmiy arxeologik adabiyotlarda tahlil etilayotgan Kaltaminor, Sazog’on, Markaziy Farg’ona vaUstyurt neolit jamoalari madaniyatlarining kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalasini aniqlashda ma’lum qiyinchiliklar tug’dirgan vahozirgi kunda ham bu muammo mavjud.
Biz mazkur dissertatsion tadqiqotimizda dastavval O’rta Osiyo hududida qaysi hududlarida kishilik tarixi tosh asri ilk paleolit davrijamoalariga tegishli yodgorliklar tadqiq etilgani masalasiga to’xtalamiz. Bu masala 3 ta jihati bilan juda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi: 1-dan bu joylarda shu asosda antropogenez jarayoni qay darajada ro’y berganligini bilib olamiz va shu joylar qachondan e’tiboran odamzod tomonidan o’zlashtirilganligi faktiga ega bo’lamiz. 2-dan bu masalaning echimining ilmiy ahamiyati shundaki, biz tosh asri taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligida (paleolit-ilk paleolit, o’rta paleolit, so’nggi paleolit; mezolit va neolit).keyingi tarixiy davr jamoalari madaniyati kelib chiqishini oldingi davr jamoalari madaniyati bilan bog’lash imkoniga ega bo’lamiz.3-dan eng muhimi shu tarixiy qonuniyat asosida biz, u yoki bu mintaqada 1-dan tosh asri tarixiy taraqqiyoti bosqichlari kesimida jamoalar uzluksiz yashashib, o’ziga xos madaniyat yaratishganini, 2-dan bu madaniyatlar tarixiy davrlar ketma-ketligida madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlarining mahalliy, tagli-tugli, joyli, ya’ni avtoxton ekanligini bilishimishda ilmiy asosga ega bo’lamiz. Bu faktlar juda muhim va bevosita dissertatsiyamiz mazmunini yoritishga daxldordir.
Demak, hozirgi kungacha O’rta Osiyo sarhadlarida paleolit davrining ilk bosqichi bo’lgan-ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati o’rganilishi tarixi masalasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Bunda, so’zsiz Farg’ona vodiysida Sel-ungur g’or makoni tadqiq etilishi va undan “Farg’ona odami”ining topilishi hamda shu antropologik topilmaning yoshi bundan 1 mln. 200 ming yil muqadddam ekanligi fakti, nafaqat Farg’ona vodiysi, balki butun O’rta Osiyo sarhadalarini odamzod tomonidan o’zlashtirilganini asoslab, antropogenez jarayonini oydinlashtirib berdi. Bu juda muhim, ilmiy kashfiyot hisoblanadi. Sababi, yaqin yillargacha mutaxassislar O’rta Osiyo hududlarining odamzod tomonidan o’zlashtirilishi masalasini tosh asrining o’rta paleolit davri, ya’ni Teshik-tosh “neondertal bolas” topilmasi bilan izohlashib kelishar edi. Ayni kunda, O’rta Osiyo hududi bo’yicha ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati quyidagi xududlardan topilgan yodgorliklar ma’lumotlari asosida bizga ma’lum. Bular Tojikiston hududi bo’yicha A.P.Okladnikov, V.A.Ranovlar tomonidan tadqiq etilgan Qoratov 1, Laxuti, Quldara yodgorliklari, Qirg’iziston hududidagi On-Archa yodgorligi, Farg’ona vodiysida Sel-ungur g’or makoni, Toshkent vohasi Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq yodgorligi, shuningdek, O’rta Osiyoning bir qancha joylaridan ilk paleolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli, er sathidan terib olingan, tasodifiy xarakterdagi materiallar mavjud. Bunday yodgorliklar qazilma jarayonida topilmagan ilk paleolit davri haqida ma’lumot beruvchi topilmalar quyidagi joylardan topilgan. Janubiy Turkmaniston Krasnovodsk yarim oroli, Mang’ishloq (P.I.Boriskovskiy, V.Vihnyatsskiy), Ustyurt platosi, Borsakelmas (E.Bijanov), Qizilqum, Quyi Zarafshon vohasida (A.V.Vinogradov), O’zbekistonning janubiy sarhadlaridan (A.P.Okladnikov) topilgan topilmalar shular jumlasidan hisoblanadi. O’rta va YuqoriZarafshon, Qashqadaryo vohalaridan ilk paleolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli topilmalar to’plami hozircha qo’lga kiritilmagan, alohida topilmalar mavjud. Xullas, yuqorida biz imkoniyat darajasida O’rta Osiyo sarhadlari misolida tosh asri ilk paleolit davriga oid ma’lumotlarni keltirdik. Sel-ungur g’or makoni “Farg’ona odami” antropologik topilmasi mazkur mintaqa dunyo miqyosida antropogenez jarayoni ruy bergan mintaqalar sirasiga kirganligini isbotlaydi. Bu juda muhim, ilmiy kashfiyot hisoblanadi. Shu asnoda O’rta Osiyo sarhadalari bundan 1mln.200 yil muqaddam odamzod tomonidan o’zlashtiraboshlagani faktini ayta olamiz. Demakkim, shu sanadan e’tiboran O’rta Osiyoda odamzod yashagan va bu hududda tosh asrining keyingi bosqichlari, xususan o’rta paleolit, so’nggi paleolit, mezolit va neolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga oid yodgorliklarning topilishi va tadqiq etilishi bu sarhadlarda, jumladan Vatanimiz hududida odamzod uzluksiz yashashib, o’ziga xos madaniyat sohiblari bo’lishganini isbotlaydi. Bu faktlar, so’zsiz magistrlik dissertatsiyamiz mazmunining asosini tashkil etadi deb fikr bildiramiz.
Endi, tosh asri paleolit davrining keyingi tarixiy bosqichi bo’lgan o’rta paleolit (muste) davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida madaniyat tarixiy ildizlari masalasiga to’xtalamiz. Bunda biz, yuqorida ilk paleolit davri bo’uyicha keltirilgan ma’lumotlarni asos qilib olamiz. O’rta Osiyo bo’yicha Teshik-tosh,Og’zi-Kichik, Oqjar, Ko’lbuloq, Omanqo’ton, takalisoy, Qo’tirbuloq, Zirabuloq kabi madaniy qatlamlari yaxshi saqlangan va ulardan bu davr haqida qimmatli materiallar qo’lga kiritilganini keltirishimiz mumkin. B u davr jamoalari madaniyati tarixiy ildizlari, so’zsiz, ilk paleolit jamoalari madaniyati negizida shakllangan. Bunga yorqin misol, Angren shaxri yonida tadqiq etilgan ko’p madaniy qatlamli Ko’lbuloq yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorlikning pastki madaniy qatlami ilk paleolit davriga mansubbo’lsa, uningustidagi madaniy qatlamlar M.Qosimovning keltirishicha o’rta paleolit davri jamoalari madaniyatiga tegishlidir. Keyingi yillarda Ustyurt platosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlardan mazkur hudud odamzod tomonidan ilk paleolit davridayoq o’zlashtirilganligi ma’lum bo’ldi. Jumladan, Esen 2, Qoraquduq makonlari E.B.Bijanov tomonidan tadqiqot etilib, ular moddiy madaniyati ilk paleolit jamoalariga tegishli ekanligi qayd etilgan112. Taniqli paleolitshunos olimlar V.A.Ranov va M.R.Qosimovlar ham bu yodgorliklarni ilk paleolit davri jamoalariga tegishli ekanligini o’z tadqiqotlarida e’tirof etishgan. Shu o’rinda, A.V.Vinogradov o’z vaqtida bu yodgorlikni muste davri so’nggi bosqichlari yoki so’nggi paleolit jamoalariga tegishli degan fikrni bildirganligini ham nazardan qochirmaslik lozim113. Keyinchalik E.Bijanov Ustyurt platosida muste (Qorinjoriq, Shaxpaxtin, Kugesem), so’nggi paleolit (Esen 3, Churuk 12) davri jamoalari moddiy madaniyatini tadqiq etishi bilan mazkur hududdatosh asri taraqqiyot bosqichlaridauzluksiz moddiy madaniyat yaratilganligi ma’lum bo’ldi.
O’rta Osiyo sarhadlarida tosh asri so’nggi paleolit davri jamoalari madaniyati ham yaxshi tadqiq etilgan. Bu davrga oid tayanch yodgorliklar Samarqand makoni (Zarafshon vohasida), Shugnov (Tojikiston hududida), Obirahmat, Dodekatim, Paltov (Toshkent vohasida) yodgorliklari hisoblanadi.Shugnov yodgorligining tadqiqotchisi V.A.Ranovning bergan xabariga ko’ra makon bir qalin madan qatlamga ega bo’lib, u to’rtta yupqa gorizontga bo’lingan holda bu jarayon bu erda madaniyatning galma-gal taraqqiyotidan guvohlik beradi. Tosh topilmalari tarkibida xilma-xil qirg’ichlar, pichoqlar, nayza uchlari, qayroqdan yasalgan boltalar joy olgan bo’lib, ularda o’rta paleolit texnikaviy an’analari kuzatilgan. Masalan, pastki gorizontdan topilgan tosh buyumlar Obirahmat g’or makoni yuqorisi qatlamida topilgan ashyolar Samarqand so’nggi paleolitiga o’xshashligi kuzatilgan.
Bundan bir necha yillar avval muster davridan so’nggi paleolitga o’tish jarayoni haqida tadqiqotchilar orasida turli fikrlar bor edi. Ayniqsa, xorijiy arxeologlar bu masalaga asossiz qarab, O’rta Osiyo so’nggi paleoliti madaniyati mahalliy negizda emas, balki migratsiya yo’li bilan kirib kelgan degan ta’limotni yoqlab chiqishgan edi. Ammo keyingi yillarda qo’lga kiritilgan manbalar, jumladan, Obirahmat, Ko’lbuloq, Samarqand makonlari hamda ko’pgina boshqa qarorgohlarning o’rganilishi natijalari bu ta’limotni inkor qiladi va bu muzofotlarda so’nggi paleolit madaniyati tub mahalliy o’rta paleolit negizidan etishib chiqqanligi isbotlandi. O’rganilayotgan mintaqada ayni vaqtda so’nggi paleolit bilan muster davri madaniy qatlamlari aniq mavjudligini bilamiz. Ammo Shimoliy Hindiston, Old Osiyo, Yaqin Sharq mintaqalaridan topilgan paleolit madaniyatining O’rta Osiyo bilan muayyan o’xshashligi elementlari borligi fanda ma’lum. O’rta Osiyo, jumladan, Surxon vohasi, Tojikiston hududi so’nggi paleoliti madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari borligi va bu madaniyatning doimiy progressiv yo’nalishda bo’lganligi haqidagi masalalar fanda etarlicha yoritilgan. Masalan, V.A.Ranov mehnat qurollarining yasalishida qo’llanilgan texnik va texnologik usullarga qarab bu davr manbalarini bir necha, jumladan, uzluksiz, galma-gal taraqqiyot bosqichlariga bo’lib o’rganishni isbotlab berdi.114
Mezolit davri jamoalari madaniyati tarixiy ildizlari masalasiga to’xtalganimizda, bu haqda qimmatli ma’lumotlarni Ustyurt platosi bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar berdi. Janubi-Sharqiy Ustyurt hududlarida mezolit davri jamoalariga tegishli turkum makonlar aniqlangan115.Xususan, E.Bijanov tomonidan Ustyurtning shimoliy qismida mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan Aydabal guruhi makonlarining kashf etilishi mazkur davr jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini oydinlashtirdi. Aydabal, Oqtayloq tipidagi mezolit jamoalariga tegishli bo’lgan madaniyatlar ilmiy asoslandi.E Bijanovning ma’lumotiga ko’ra, Ustyurt platosi mezolit davri jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy Esen 3, Churuk 12 kabi so’nggi paleolit davri yodgorliklari sohiblarining madaniyati negizida shakllangan116.Qizilqum ichki hududlari, Amudaryo etaklari, Uzboy yuqori oqimlari bo’ylab mezolit davri jamoalariga tegishli bo’lgan makonlar hanuzgacha deyarli o’rganilmagan. Ammo bu holat mazkur hududlar mezolit davrida aholilar tomonidan o’zlashtirilmagan degan fikrni bildirmaydi. Bu joylarda aholi mavsumiy tarzda hayot kechirishgan, shu sababli uzoq muddat yashagan makonlari bo’lmagan bo’lishi mumkin. Istiqbolda mazkur hududlarda mezolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklar kashf etiladi.
Zarafshon vohasipaleolit davri jamoalari moddiy madaniyati yaxshi tadqiq etilgan bo’lsada, lekin ilk paleolit davri borasidagi ma’lumotlar bahsli hisoblanadi. B.K.Sayfullaev tomonidan shimoliy-sharqiy Qizilqumning Ko’kayoz kompleksi, ya’ni Ko’kayoz 1- ilk paleolitning so’nggi bosqichi, Ko’kayoz 2 - ashell traditsiyalariga ega bo’lgan muste davri, Ko’kayoz 3- so’nggi paleolit davribilan sanalangan edi117. Keyinchalik Ko’kayoz (1-8) ixtisoslashgan ustaxonalar degan xulosaga kelindi va ular eneolit davri bilan qayta sanalandi. A.V.Vinogradov Qizilqum, Quyi Zarafshon vohasi miqyosida paleolit davriga oid yodgorliklarni tadqiq etgan118. Biroq, bu materiallar orasida ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati borasida ma’lumotlar uchramaydi. B.Q.Sayfullaev ham o’zining keyingi tadqiqotlarida Zarafshon vohasi ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati to’g’risida ma’lumotlarni keltirmaydi, Uchtut yodgorligi ilk paleolitga oid tosh buyumlari qayta sanalandi119. Shu bois, Zarafshon vohasi ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati masalasi hozircha ochiq qolmoqda.
Turkum o’rta paleolit, ya’ni muste davriga oid yodgorliklarning tadqiq etilishi esa Zarafshon vohasi odamzod tomonidan o’rta paleolit davridan o’zlashtirilganligi haqida fikr bildirish imkonini beradi. Qizilqum hududida Qizilnura 1,15,16, Lavlakonyodgorliklari, Quyi Zarafshon vohasida BoshOyoqog’itma 1,2,4,6-15,31-38, Echkiliksoydagi Qorabog’quduq, Xo’jagumbaz yodgorliklari o’rta paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli hisoblanadi. Qizilnura 15,16 yodgorliklari tosh industriyasida turkum holda arratishli usulda ishlov berilgan tosh qurollarning mavjudligiga asoslanib, A.V.Vinogradov bu yodgorliklarni Markaziy Osiyo miqyosidagi muste davri mahalliy tishli madaniy variantiga kiritgan120Zarafshonning o’rta oqimi, ya’ni Samarqand botig’ida bu davrga oid Qo’tirbuloq121, Zirabuloq122, Omonqo’ton123, Takaliksoy124, Go’rdara125kabi yodgorliklar hamda Samarqand shahri va uning atrofidan muste davriga oid ayrim tosh qurollari to’plamlari126 fanga ma’lum.
Keyingi tosh asri taraqqiyot bosqichi hisoblanuvchi so’nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati borasida garchi Quyi Zarafshon vohasida ayrim tasodifiy xarakterdagi tosh to’plamlari asosida kam ma’lumotlar bo’lsada, lekin Zarafshonning o’rta oqimi, ya’ni Samarqand botig’ida mazkur davri jamoalari moddiy madaniyatiga oid yodgorliklar ko’pchilikni tashkil etadi. Bu haqda Qizilqum hududi, Quyi Zarafshon vohasi miqyosida A.V.Vinogradov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari, ya’niSharqiy Oyoqog’itma tosh buyumlari va Qizilnura 15 yodgorligi materiallarini keltirish mumkin.127 O’rta Zarafshon vohasi miqyosidaesa Samarqand makoni,128 Siyobcha,129 Xo’jamazgil130 yodgorliklari yaxshi tadqiq etilgan. M.D.Djurakulov, N. Tashkenbaev, R. Suleymanovlar ta’kidlashlaricha Samarqand makoni, Siabcha, Xo’jamazgil makoni jamolarining moddiy madaniyatining tarixiy ildizlari Omanqo’ton, Qo’tirbuloq, Zirabuloq kabi o’rta paleolit jamoalarining moddiy madaniyati bilan bog’liq. Ayni kunlarda ham so’nggi paleolit davri yodgorliklarini o’rganish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, Oyoqog’itma botig’i, Jom, Qarnob, Rovotxo’ja. Bulung’ur topilmalari, ya’ni plastinalar olishga mo’ljallangan levallua nukleuslar, byuske tipidagi keskichlar, kompozit, tishsimon, pichoqsimon qurollar, uchirindilar saqlanish darajasi va ishlanish texnikasiga ko’ra so’nggi paleolit davri bilan sanalandi hamda Zirabuloq yodgorligi tosh qurollari qayta ilmiy tahlil etilib,tishsimon elementlarga nisbatan (30,5 %), so’nggi paleolit elementlariustvor ekanligi (33,5%) qayd etildi131.Shu o’rinda Vatanimiz sarhadlarida ham so’nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida muhim kashfiyot va yutuqlar qo’lga kiritilayotganligini alohida e’tirof etish mumkin. Xususan, O’zbekiston-Rossiya-Belgiya, O’zbekiston-Rossiya xalqaro ekspeditsiyasi tomonidan Toshkent, Ohongaron vohalarida oldingi yillarda tadqiq etilgan Ko’lbuloq, Obirahmat yodgorliklari qayta o’rganildi, Qizilolmasoy 2, G’ishtsoy, Toshsoy, Jarsoy, Qorabog’soy, Paltov, Dodekatim 1,2 kabi yangi yodgorliklar kashf etildi. Mazkur tadqiqotlarda tosh qurollarining mikrolitlashuvi jarayoni, iqlimiy sharoit o’zgarishi, ya’ni havoning quruqlashuvidan odamlarning yangi landshaftlarni o’zlashtirishi va moslashuvi (tog’ yon bag’ri va doimiy suv manbaiga ega bo’lgan ochiq pasttekislik joylari), yodgorliklar stratigrafiyasi va sanasining oydinlashishi, Dodekatim yodgorligi kabi an’analarga ega bo’lgan bazalarning mezolit davri mahalliy xarakterdagi madaniyatlar shakllanishiga asos bo’lganligi kabi masalalar o’z aksini topdi132. Shu asosdaZarafshon vohasi miqyosida Samarqand makoni ham o’z moddiy madaniyati bilan mahalliy xarakterdagi mezolit,neolit davri madaniyatlari shakllanishiga asos berganligi haqida fikr bildirish o’rinlidir. Aniqrog’i, Samarqand makoni sohiblari vaqt o’tishi bilan atrof qo’shni hududlarga tarqalishib yashay boshlashgan. Buni, Quyi Zarafshon vohasi (Chorbaqti mezolit yodgorliklari), O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ tizmasi shimoliy yon bag’ri (Zamichatosh, Sazog’on1, Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki madaniy qatlami) mezolit yodgorliklari tosh industriyasida so’nggi paleolit davriga xos tosh qurollarining (tipologik tiplari, ularning shakli va ishlov berilishi texnikasi) davom etib kelayotgani bildiradi. Samarqand makoni moddiy madaniyati avtoxton tarzda, mahalliy muste davri jamoalari moddiy madaniyati negizida shakllangan bo’lib, o’z navbatida vohaning mezolit davri (Chorbaqti, Sazog’on 1, Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki (mezolit) madaniy qatlami jamoalari moddiy madaniyati shakllanishiga asos bo’lgan. So’nggipaleolit davri yodgorliklari tosh buyumlari texnika tipologiyasi va sanalanishiga yangicha yondoshuvlar bo’ldi133. A.P.Okladnikov, V.A.Ranovlarning ko’rsatishicha, Shugnov so’nggi paleolit yodgorligi jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlar mahalliy Qoratov 1, Laxuti, Quldara kabi ilk paleolitjamoalari moddiy madaniyatiga daxldordir.
Yaqin yillargacha Zarafshon vohasi tosh asri jamoalari moddiy madaniyati tizimida mezolit davri madaniy bo’g’ini noaniq bo’lib kelar edi. Mezolit davri yodgorliklari sust o’rganilgan soha bo’lganligi bois Samarqand so’nggi paleolit moddiy madaniyatini voha Sazog’on neolit davri jamoalari madaniyati bilan bog’lash muammoli va uning merosiyligini aniqlash bahsli bo’lib, oqibatda mintaqa tosh davri genezisi masalasi ochiq qolib kelardi. To’g’ri, voha miqyosida o’tgan asr 70-80-yillarida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlarda mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati borasida ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Bu borada A.V.Vinogradov tomonidan Qizilqum hududi, Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirgan tadqiqotlarining natijalari ahamiyatli hisoblanadi (Lavlakan 24,41,54,87,107,348,418 punktlari, Oyoqog’itma 5,86,367, Daryosoyning Uchashi 84,85, Echkiliksoyning bir nechta punktlari, Ko’kpatassoy 1, Chorbaqti vohasida (Chorbaqti 1, Qoraqir 1)134; 1984-1986 yillariQuyi Zarafshonning Chorbaqti vohasida Rossiya FA XAE (A.V.Vinogradov), SamDU (M.D.Djurakulov), TashDU (E.D.Mamedov) hamkorligida kompleks ravishdagi arxeologik, geomorfologik tadqiqotlar jarayonida 60 dan ziyod mezolit,neolit yodgorliklari tadqiqotiga erishildi135. Mazkur yodgorliklar moddiy madaniyati atroflicha ilmiy talqin etilib, O’zbekiston arxeologiyasi faniga kiritildi136. O’rta Zarafshon vohasida ham keyingi yillarda Sazog’on 1 mezolit makoni tosh qurollari tipologik tahliliga nisbatan yangicha yondoshuvlar, yangi kashf etilgan Qorakamar, Ochilg’or makoni pastki madaniy gorizonti (mezolit) manbalari mezolit jamoalari moddiy madaniyati to’g’risida muhim ma’lumotlar hisoblanib, ular voha genezisi masalasiga muayyan oydinlik kiritdi137. U.Islamov ta’kidlashicha, Obishir mezolit madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy Sel-Ungur, Ko’lbuloq, Obiraxmat, Dodekatim kabi paleolit yodgorliklari moddiy madaniyati negizida shakllangan.V.A.Ranovning ko’rsatishicha Vaxsh, Yavan vohasi mezolit jamoalarining madaniyati tarixiy ildizlari Shugnov so’nggi paleolit yodgorligi jamoalari madaniyati bag’ridan kelib chiqqan. Sharqiy Pomirning Oshxona, Markansuy mezolit madaniyati tarixiy ildizlari V.A.Ranovning fikricha mahalliy so’nggi paleolit jamoalari madaniyati bilan bog’lik. Lekin, V.Jukov Markansuy madaniyatining asosiy yodgorligi hisoblangan Istiq yodgorligi tosh industriyasi biroz mahalliy yodgorliklari tosh industriyasidan farq qilganligibois, uning tarixiy ildizi Tojikiston hududidan tashqaridagi yodgorliklar bilanbog’liqligi ehtmolini ham o’z tadqiqotida keltiradi. A.P.Okladnikov, M.E.Markovlarningi fikricha Sharqiy Kaspiy bo’yi mezolit jamoalari madaniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizlari mahalliy Jabal g’orining pastki so’nggi paleolit ga oid madaniy qatlami bilan bog’liqdir.
Xullas, O’rta Osiyo hududida antropogenez jarayoni sodir bo’lgan, ya’ni Farg’ona vodiysi Selungur g’or makoni «Farg’ona odami», Obirahmat g’or makoni «Obirahmat odami», Surxondaryo Boysun tog’i Teshiktosh g’or makoni «Neondertal bolasi» antropologik topilmalar bu jarayonni tasdiqlaydi. Demak, O’rta Osiyo hududikishilik tarixi tosh asri ilk paleolit davridanoq odamzod tomonidan o’zlashtirilib (bundan 1mln. 200 ming yil muqaddam ) keyingi o’rta paleolit, so’nggi paleolit va mezolit davrida bu hududda odamzod uzluksiz yashagan. Shu bois, yuqorida keltirganimizdek, tosh asri taraqqiyoti ketma-ketligi bosqichlarida jamoalar madaniyati tarixiy ildizlari o’zidan oldingi davr jamoalari madaniyati bag’rida tomir otib, shakllangan va bu tadqiqotlar natijasida o’z isbotini topgan.

Download 279,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish