2020-yil samarqand – 2020 mundarej a mavzu: O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli I bob. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi


II-BOB. O’rta Osiyo tosh asri jamoalarining moddiy madaniyati: tadqiqot muammolari va istiqboli



Download 279,17 Kb.
bet7/12
Sana24.02.2022
Hajmi279,17 Kb.
#207383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Руфат диcc20май. Dissertatsiya

II-BOB. O’rta Osiyo tosh asri jamoalarining moddiy madaniyati: tadqiqot muammolari va istiqboli
II.1. O’rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati: tadqiqot muammolari va istiqboli
O’rta Osiyoning janubiy sarhadlari paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati ham nisbatan yaxshi tadqiq etilgan. O’tgan asr 30-yillaridan A.P.Okladnikov rahbarligida tosh asri tarixini o’rganish otryadi tuzilib, Surxondaryoning Boysun tog’ida keng qidiruv ishlari olib bordi va natijada o’rta paleolit davriga oid Teshiktosh, Amir Temur g’or makonlarini topib va ularni tekshirib katta ilmiy kashfiyot qilishdilar. Shuningdek, Turg’ondaryo vohasida tosh davrining turli bosqichlariga doir, jumladan, Kattakamar, Suvlikamar, Zarangchakgut, Dozixona, Machay g’ori singari punktlarda tosh davri jamoalarining izlari topildi.O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida tosh davri yodgorliklarini tekshirish ishini dastlab boshlab bergan mutaxassislardan biri viloyat tarixiy o’lkashunoslik muzeyining asoschisi G.V.Parfenov hisoblanadi .59 Bu vohada hozirga qadar o’rganilgan ibtidoiy makonlarning aksariyati dastlab G.V.Parfenov tomonidan hisobga olingan. I.Lamaev va G.V.Parfenovlar hamkorlikda Surxondaryo dala, tog’larida bir qator g’orlarni qalamga olgan va ularning keyinchalik ayrimlarida ibtidoiy odamlarning izlari topildi. A.P.Okladnikov bu materiallarga qiziqib, natijada Boysun tog’larida Teshiktosh, Amir Temur kabi o’rta paleolit davri g’or makonlarini topgan va tadqiqotini olib borgan60 Dastlabki bu tadqiqotlar olimlarning diqqatini oshirgan holda o’lkani arxeologik jihatdan keng ko’lamda o’rganish ishiga turtki bo’lib, natijada ilmiy tekshirish ishlari bir muncha faollashadi. 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov dastlab o’rta paleolitga mansub Teshiktosh va Amir Temur g’or makonlarini qazib tekshirish orqali katta ilmiy natijalarga erishdi.61Boysun tog’i suvidan hosil bo’lgan Turg’ondaryoning Zavtalashgansoy darasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan bo’lib, bu makonning qazib tekshirilishi vatanimizning bundan avvalgi 100-50 ming yilliklarga oid tarixini o’rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega bo’ldi. Ma’lum bo’ldiki, 5 ta madaniy qatlamga va qariyb 300 m2 ga ega bo’lgan bu makonda ibtidoiy guruh jamoalari muayyan turg’un yashaganligi, topilgan tosh mehnat qurollarining davriga mos yuksak madaniyat texnologiyasi usuli yordamida yaratilganligi ilk davrda yashagan ajdodlarimizning madaniyati xususida muhim ilmiy xulosalar chiqarishga betakror manba bo’lib xizmat qildi. Eng muhimi, yuqori madaniy qatlamdan 9-10 yoshlardagi neandertal bolasining qabri topilganligi – yodgorlikni jahon fani ahamiyatiga molik darajasiga ko’tardi. Bu topilmani zamonaviy fan yutuqlariga tayangan holda qayta tiklagan antropolog M.M.Gerasimovning xulosasiga ko’ra bosh chanoq hajmi 1450 sm3 bo’lib, hozirgi zamon aqlli odamlari taraqqiyotiga ancha yaqinlashib qolgan edi. Makonning turli madaniy qatlamlaridan topilgan gulxan (o’choq) va hayvonot dunyosi qoldiqlaridan esa tog’ echkisi, ot, bug’u, sirtlon, ayiq, har xil parrandalarning suyak qoldiqlarining topilishi bu jamoaning ovchilik va terimchilik xo’jalik tirikchiligi yuritganligidan guvohlik beradi. Mehnat qurollari toshdan yasalgan paykonlar, nayza tig’lari, pichoqlar va chopqilar tirikchilikda alohida ahamiyatga ega bo’lib, bunday topilmalar soni uch mingga yaqin edi.62
To’g’ri, bundan avvalgi yillarda ham Janubiy Tojikiston tosh asri tarixini o’rganish borasida urinishlar bo’lgan va qisman bo’lsa-da, bu joylar paleoliti haqida ma’lumotlar to’plangan edi. Janubiy Tojikiston tosh asrini, jumladan, uning paleolitini o’rganish borasida 1953-1956 yillarda A.P.Okladnikov tomonidan keng qidiruv ishlari bajarilib, natijada Qizil-qal’a, Qayroq-qum va shu singari yodgorliklari topilib o’rganildi. Bundan keyingi yillarda V.A.Ranovning qunt bilan olib borgan tadqiqot ishlari tufayli bir necha qadimgi, o’rta va so’nggi paleolit yodgorliklari o’rganilib fanga kiritildi. Bundan tashqari, turli kasb egalari tomonidan ham bunday ma’lumolar yig’ila bordi.63 Qadimgi paleolit davriga oid topilmalardan Isfayramsoyning o’ng qirg’og’idagi Uchqo’rg’on degan joydan topilgan (buni P.T.Konopiya topgan) chopqisimon qayroqtosh qurol, Xo’jagur daryosi qirg’og’idan topilgan qayroq chopqich qurol, Ko’hipiyoz degan joydan topilgan ikkita chopping qurol, shuningdek, Qayroqqum topilmalari qiziqarli bo’lib, ular qadimgi va o’rta paleolit davrlariga taalluqli qurollar to’plamidir.64 Janubiy Tojikiston hududida V.Ranov tomonidan topib o’rganilgan eng qadimgi paleolit davriga oid yodgorliklardan biri Xovaling tumanidagi Ko’ldora makonidir. Tadqiqotchining xulosasiga ko’ra yodgorlik manbalari yoshi qariyb bir millionga teng.65 Keyingi yillar davomida qator o’rta paleolit yodgorliklari Qofirnigon, Vaxsh va Hisor vohalarida keng o’rganilib, ular Og’zikichik g’or makoni, Oqjar manzilgohi, Qorabo’ri, Semiganch makonlari, Bo’ritov topilmalari hisoblanib, V.A.Ranov tomonidan o’rganilgan.66
Janubiy Tojikistong hududiga taalluqli turli joylardan so’nggi paleolitning alohida punktlari, shuningdek, alohida-alohida topilmalari qo’lga kiritilgan. Shuning uchun ham barcha so’nggi paleolit topilmalari haqida to’xtalmasdan Janubiy Tojikistondagi bu davr madaniyati tarixida eng qiziqarli yodgorliklardan biri bo’lgan Shugnov so’nggi paleolit makoniga to’xtalamiz. Yodgorlik V.A.Ranov tomonidan o’rganilan bo’lib, makon Yaxsuv havzasidagi qayirda joylashgan. Yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib, ulardan 4 mingga yaqin tosh buyumlar va hayvonot dunyosi qoldiqlari topilgan. Arxeologik ashyolarning barchasi bir, ya’ni so’nggi paleolit davriga mansub. V.A.Ranovning bergan xabariga ko’ra makon bir qalin madan qatlamga ega bo’lib, u to’rtta yupqa gorizontga bo’lingan holda bu jarayon bu erda madaniyatning galma-gal taraqqiyotidan guvohlik beradi. Tosh topilmalari tarkibida xilma-xil qirg’ichlar, pichoqlar, nayza uchlari, qayroqdan yasalgan boltalar joy olgan bo’lib, ularda o’rta paleolit texnikaviy an’analari kuzatilgan. Masalan, pastki gorizontdan topilgan tosh buyumlar Obirahmat g’or makoni yuqorisi qatlamida topilgan ashyolar Samarqand so’nggi paleolitiga o’xshashligi kuzatilgan. Shugnov makonidan qadimgi hayvon qoldiqlari ham topilgan bo’lib, uning tarkibida ot suyagi asosiy o’rninni egallaydi. Uning namunasi Teshiktosh g’oridan, Samarqand makonidan ham topilgan.
Samarqand makoni Markaziy Osiyoda etalon yodgorliklardan bo’lib, uning pastki madaniy qatlamlaridan qo’lga kiritilgan arxeologik manbalarda mahalliy muster davri madaniyati an’analari mavjud bo’lgan bir vaqtda uning so’nggi – yuqori qatlami manbalari Shugnovga aynan o’xshash. Bu O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida so’nggi paleolit madaniyati tub, o’rta paleolit negizida rivojlanganligini ko’rsatadi. V.A.Ranov o’zining asarlarida Samarqand makonining Shugnovdan qadimiyroq ekanligini e’tirof qilsa-da, ammo Samarqand makoni manbalari sanasini yoshartirmoq sari urinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu masala, ya’ni Samarqand paleolit makonining yoshi 35-25 ming yildan kam emasligi etakchi mutaxassislar tomonidan tan olingan67 .
So’nggi paleolit davrining eng muhim xususiyatlaridan – mehnat qurollarining yanada takomillashuvi natijasida hozirgi zamon aqlli odamlarining to’la shaklanishi va dastlabki urug’chilik birlashma jamoalarining vujudga kelishi – matriarxat davrining boshlanishi boshlanishi bilan xarakterlanadi.
O’rta paleolit davri jamoalari merosxo’rlari madaniyat izlari – so’nggi paleolit davri yodgorliklari Sariosiyo tumaniga To’polandaryo havzasida o’rganildi. Xususan, 1969 yili Surxondaryo arxeologik otryadi ishtirokchilari U.Islamov va M.R.Qosimovlar bu joydan 5 ta makon topishgan.Jumladan, Podaxonadan 130 dan ziyod so’nggi paleolit davriga mansub tosh buyumlar topildi.68
Selung’ur g’or makoni Farg’ona vodiysining Xaydarkon cho’kmasi zaminiga kiruvchi Sux daryosi o’ng qirg’og’ida, soy oqimidan 50 metr balandlikdagi qayirda, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan. Madaniy qatlamlardan turli tosh ashyolar, jumladan, tosh o’zaklari ulardan ajratib olingan har xil parchalar, mehnat qurollaridan esa yirik tarzdagi qirg’ichlar, qo’l cho’qmori, chopper va choppinglar, kliverlar, bifaslar topilgan. Toshni qayta ishlash va ulardan turmush aslahalarini yaratishda makon egalari tishli kertuv texnologiyasidan foydalangan ekan. Sulung’ur g’ori kishilarning zamondosh ov ob’ektlari bo’lgan jayron, bo’ri, ayiq, g’or arsloni, giena, qor sherri, pleystotsen eshagi, qulon, to’ng’iz, tur-buqa, bizon, alxar, yak, sibir echkisi kabilarning suyak topilmalari ham qiziqarli bo’lib, selung’urliklarda oziq-ovqat ratsionining serobligidan dalolat beradi. 1988 yili g’orning 8- raqamli qazilmasi ikkinchi qatlamidan odam bosh qopqog’i, to’kilib yotgan 13 ta Tish va elka suyak qoldiqlari topildi va mutaxasislarning o’rganilishi tufayli eng qadimgi odam vakillaridan iborat ekanligi aniqlanib, bu Yangi arxantrop topilmasi Farg’ona odami nomi bilan fanga kirdi, hamda uning sanasi 1mln.200 ming yillarga teng ekanligi e’tirof qilindi69. Farg’ona odamining turmushda foydalangan qurollari, xususan, qo’l cho’qmorlari, kliver, kolun kabi chopqich tosh qurollari Oldovoy makonida, hamda Ubaydiya paleolit makonlaridan topilgan qurollarga yaqin o’xshash bo’lib, qaysiki bu yodgorliklar 1,4 dan to 2,5 million yillar Bilan sanalanganligini e’tiborga oinadigan bo’lsa, Selung’ur g’ori bergan arxeologik topilmalar ham naqadar qadimgi ekanligidan shubha yo’q. Xullas, Osiyo tasarrufiga kiruvchi mamlakatlar- Hindiston, Pokiston, Shimoliy Afrikada kamida 1 mln yillardan buyon inson jamoalari yashab, madaniyat aratib kenlganligi fanda tan olingan.
Ko’lbuloq makoni- Toshkent viloyatining Ohangaron vohasidagi Qizilolma soy yoqasidagi chashma atrofida joylashgan. Yodgorlik ko’p yillar davomida iste’dodli paleolitshunos M.R.Qosimov tomonidan o’rganilgan va uning vafotidan so’ng, shogirdlaridan X.To’ychiyev ishtirokida o’rganilinmoqda. Bu ko’p ma’dan qatlamga ega va Markaziy Osiyodagi etalon yodgorliklardan biri bo’lib, fanda 1963 yildan e’tiboran ma’lum. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda yodgorlik 31 madaniy qatlamidan iborat bo’lib, eng pastki qatlamlari esa, ilk paleolit davriga mansubdir70.
Kukayoz makoni - Qizilqumning shimoliy sharqiy hududlarini qamrab olgan Kukayoz cho’kmasi va u bilan bog’liq qirg’oqlar, xususan, hozirgi vaqtda qurib qolgan Kukayoz daryochasining uzan qayirlarining bir necha joylaridan paleolit davri ashyolar topilgan. Bu yodgorliklarni o’rgangan M.Xo’janazarov, B.Sayfullaevlarning fikriga qaraganda Kukayoz1, ashel va ilk muster davriga, Kukayoz 2 muster davriga va Kukayoz 3 so’nggi muster davriga mansubdir71. Paleolit davri jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha Rossiya FA Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo’limi va O’zb FA arxeologiya Instituti hamkorlikda 1998 yildan e’tiboran Obi-Raxmat g’or makonida tadqiqot ishlarini amalga oshira boshlaganligi muxim ilmiy axamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishlari 1998-2001 yillari bajarilib, 10 metr qalinlikda madaniy qatlam 22 ta stratigrafik qatlamga ajratildi. 2001 yilgi tadqiqot natijasi juda sermaxsul bo’lib, o’rta paleolit davri madaniyatidan so’ngi paleolit davriga o’tishni tosh qurollari evolotsiyasi orqali kuzatish imkoni bo’ldi. Bu tadqiqotlar natijalaridan eng muximi Obi-Raxmat g’oridan odam qoldig’i topilgani hisoblanadi. Bu kramon’on odamining bir turi bo’lib chiqdi. Bu tadqiqotlar A.V.Derevyanko va U.Islamov raxbarligida amalga oshirildi72.
Vatanimiz janubiy hududida joylashgan Teshiktosh g’or makonida ham 2002 yil O’zbek- Rossiya qo’shma ekspeditsiyasi qayta tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. G’ordan chekkaroqda tekshiruv shurfini qazib ko’rishdi. Qazish jarayonida qimmatli arxeologik manbalar qo’lga kiritilinib, bu makon Teshik-tosh 2 makoni deb nomlandi.
O’rta Osiyo tosh asrini o’rganishda Turkmaniston, Qirg’iziston va Tojikiston hududlaridan paleolit davriga oid topilgan yodgorliklarning tadqiqoti ahamiyatli hisoblanadi.Yangadja topilmasi. Bu joy Krasnovodsk yarim orolidagi Krasnovodsk – Ashxabod temir yo’lining 41-kilometridagi Yangadja va Qoratangir stantsiyalari o’rtasida bo’lib, bu erdan A.P.Okladnikov mikok turidagi ikkita qo’l cho’qmori va bir necha chaqmoqtosh sinig’i, ya’ni qo’pol paraqalarni topgan edi. Topilmalar o’z davrining geologik qatlamida saqlanmagan bo’lsa-da, ular morfologik va toshni qayta ishlash usuli jihatidan ibtidoiy muste davrigacha bo’lgan kishilar qurollari ekanligi isbotlangan. Onorcha topilmasi Qirg’iziston hududidan topilgan. Markaziy Tyanshan tog’ tizmasi mintaqasidan oqib tushadigan Norin daryosi qirg’og’idan A.P.Okladnikov qayroq toshdan ishlangan chopper, ya’ni bir necha kertish usuli bilan ishlov berish tufayli enliroq tig’ hosil qilingan qurolni topadi. Bunday cho’qmorlar, odatda, ibtidoiy qo’l boltalarini eslatadi. Bu turdagi qurollar ilk paleolit davrida Hindistonda va O’rta Osiyoda keng tarqalgan.Polman yodgorlik Qirg’izistonning Polman qishlog’iga yaqin bo’lgan Isfayramsoy daryosining qirg’og’idan o’lkashunos arxeolog P.T.Konoplya tomonidan topilgan. Bu qurol ham, yuqorida eslatilganidek, qayroq toshdan yasalgan qo’l cho’qmoridan iboratdir. Tojikiston hududi ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganish ishida A.Lazarenko, V.A.Ranovlarning tadqiqotlari natijalari muhim bo’ldi. V.A.Ranov Tojikiston hududi bo’yicha ilk paleolit davriga oid 8 ta makonni arxeologik xaritaga belgiladi. Shu makonlar ichida 2 tasida Qoratov-1, Laxuti-1 makonlarida bevosita arxeologik qozish ishlarini amalga oshirdi. Qoratov ilk paleolit makoni. Bu makon Dushanbe shahridan 50 km chamasi janubiy-sharqiy tomonda Yavan tog’ tizmasi yon bag’rida joylashgan. Makon joylashgan joy Vaxsh daryosi sathidan 1125 m balandlikda bo’lib, soz tuproqli qatlam qalinligi ba’zi joylarda, 100 metrlardan oshadi. Bu makon V.A.Ranov, A.A.Lazarenkolar tomonidan, 124 kv metr maydon sathida madaniy qatlam atroflicha o’rganilgan. Arxeologik qazish jarayonida, 207 dona tosh buyumlar kollektsiyasi to’plangan. Tosh buyumlarning 56 foizida, odamzod tomonidan qayta ishlov berilganligi izlari ko’rinib turibdi. Tosh buyumlar ichida, tosh qurollari ko’pchilikni tashkil etmaydi.Tosh buyumlarning 20 foizi unchalik sifatli bo’lmagan chaqmoqtoshlardan yasalgan. Qolgani esa shubhasiz qayroqtoshlardan yasalgan. Otsheplar va ishlab chiqarish chiqindilari shubhasiz, qayroqtoshlardan qo’pol ravishda uchirib olinganligining mahsuli hisoblanadi. Otsheplar ham ko’pchilikni tashkil etmaydi. V.A.Ranov fikricha, Qoratov-1 makonidan topilgan otsheplar o’z ko’rinishlari bilan klekton tipidagi otsheplardan keskin farq qiladi. Bu fikrni Z.A.Abramova ham qo’llab-quvvatlagan. (1984-yil, 135-137 betlar). V.A.Ranov ko’rsatishicha, makonda yaxshi ishlov berilgan tosh o’zaklari makonda uchratilmagan. Shuning uchun ham paraqa qurollar mavjud emas. V.A.Ranov tosh qurollar tipologiyasini ishlab chiqgach, yaxshi ishlov berilgan chopperlardan tashqari, qirg’ichlar, teshgichlar, qirg’ichsimon qurollarni ham ajratgan. Lekin bu qurollarda qayta ishlov berish izlari unchalik yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Qoratov-1 makoni joylashgan joy A.Lazarenko aniqlashi bo’yicha 5 chi, V.A.Ranov tadqiqoti bo’yicha esa 5 chi stratigrafik qatlamda joylashgan. Termolyuminestsent uslubi bo’yicha bu 5 chi stratigrafik qatlam yoshi bundan 200 ming yil oldinga to’g’ri keladi. Shu nuqtai-nazardan Qoratov-1 makoni ilk paleolit davri jamoalariga tegishli makon bo’lib chiqdi (Lazarenko, Ranov 1975 – 1977 yy., Ranov, 1988).Laxuti-1 ilk paleolit makoni. Bu makon Qoratovdan 80 km chamasi sharqda Obimozor daryosi o’ng qirg’og’i Hovaling tumani Laxuti qishlog’i qarshisida joylashgan. 1976 yili makonda arxeologik qozishma ishlari boshlanib 3 ta arxeologik mavsum jarayonida 216 kvadrat metr maydon sathida madaniy qatlam o’rganilgan. V.A. Ranov Laxuti-1 makoni tosh industriyasi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab, tosh buyumlar asosan qayroqtoshlardan yasalgan deb hisoblaydi. V.A.Ranov ko’rsatishicha, Laxuti tosh qurollari Qoratov makoni qurollariga qaraganda, tipologik jihatdan ancha takomillashgan. Tosh o’zaklari nafaqat disksimon, balki bir maydonli bir tomonlama ishlov berilganligi bilan xarakterlanadi. Tosh o’zaklariga juda yaxshi ishlov berilgan. Tosh qurollariga ishlov berishda hattoki Levallua elementi ham yaqqol namoyon bo’lgan. Otshepdan yasalgan qurollar, qirg’ich qurollar, ish maydonlari tishsimon, chuqurchali ko’rinishga ega bo’lgan otsheplar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, chopper, chopping tipidagi qo’l cho’qmorlari ham ko’plab topilgan. Tosh qurollari tipologik tahlili, V.A.Ranov ko’rsatishicha, Qoratov qurollariga qaraganda ancha rivojlangan. Laxuti makoni joylashgan joy 5 chi stratigrafik qatlamning yuqori qismiga to’g’ri keladi. Bu qatlam geologik termolyuminestsent metodiga ko’ra xuddi ris-vyurm qatlamidek, bundan 130-120 ming yil oldin yosh bilan yoshlanmoqda.
Quldara ilk paleolit makoni. Bu makon Laxuti posyolkasidan 2 km masofada g’arb tomon Obimozor daryosining Kuldara irmog’ida joylashgan. Makonda kompleks ravishda tadqiqot ishlari amalga oshirilib, bu tadqiqotlarda mutaxassislardan: geolog A.E.Dodonov, S.A.Nesmeyanov, paleobotanik M.M.Paxomov, tuproqshunos P.Lomov hamda frantsuz arxeologi R.Detros kabilar qatnashgan. Kuldara makoni tadqiqoti V.A.Ranovga yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini bergan. Jumladan, yuqorida zikr etilganidek soz tuproqli qatlam 9 ta stratigrafik qatlamdan emas, balki 12 ta qatlamdan iborat ekan. Mutaxassislar fikricha, keyingi 11 – 12 qatlamlar pleystotsen qatlamlari bo’lmay yanada kadimiyroq pliotsen qatlamlari bo’lib chiqdi. Bu pliotsen qatlami geologik jihatdan mashhur Motuyama manzilgohi joylashgan qatlamga to’g’ri keladi. Qatlamning yoshi 850 – 750 ming yil oldinga to’g’ri keladi. Makonni yoshini bunday bo’lishini makondan topilgan tosh qurollar ham isbotlab turibdi. Ya’ni qayroqtoshdan yasalgan qo’l cho’qmorlari, arxaik ko’rinishdagi otsheplar mavjud. Tosh o’zaklari, paraqa qurollar uchramaydi. Shu nuqtai-nazardan Kuldara makonini V.A.Ranov aniqlashicha, Laxuti-1, Qoratov-1 makonlaridan moddiy madaniyati jihatidan qadimiyroq degan xulosaga kelishimiz mumkin. Tojikiston hududida ilk paleolit jamoalari moddiy madaniyatining tadqiqot etilishi quyidagi xulosalar chiqarish imkonini beradi: 1. Janubiy Tojikiston hududi antropogenez jarayoni ro’y bergan mintaqalar jumlasiga kiradi. 2. Tojikiston hududida tadqiqotlar asosida yaxshi stratigrafik ma’lumotlarga ega bo’lgan makonlar kashf etilgan. Bu makonlar tosh industriyasi qayroqtoshli industriya bo’lib, qayroqtosh madaniyati, qayroqtosh texnologik uslubi taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligi barchasida, na Markaziy Osiyo, na Hindiston yoki boshqa qo’shni hududlarda Tojikiston hududidek rivojlanishini kuzatish imkoni yo’q. Demak, bizda Tojikiston hududi tosh davri taraqqiyot bosqichlarining barchasida qayroqtosh madaniyatini uzluksiz kuzatish imkoni bor. Buning sababi qayroqtosh qurollarini evolyutsiyasini, huddi shu Tojikiston tosh davri makonlari moddiy madaniyati misolida bilib olamiz. Xulosa qilib aytganda, Tojikiston hududida topib o’rganilgan Kuldara, Laxuti-1, Qoratov-1 kabi paleolit makonlari moddiy madaniyati asosida mazkur mintaqa odamzod tomonidan 850 – 750 ming yildan buyon o’zlashtirilib, o’ziga xos madaniyat yaratilib kelinganligini bilib olamiz.
Samarqand makoni 1969 yilgacha D.N.Lev, 1969 – 1972 yillari M.Jo’raqulovlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Yodgorlikni geologik jihatdan S.A.Nesmeyanov o’rgangan. Makondan ibtidoiy odamlarning chaylasimon turar joy qoldiqlari topib o’rganilgan. 25 – 35 yoshlar chamasidagi ayol kishining jag’ suyagi, yosh bolaning bosh chanog’i, katta yoshdagi odamning son suyaklari, antropologik topilmalarning ham topilishi muhim bo’lib, bu manbalarni M.M.Gerasimov, V.V.Ginzburg kabi antropologlar o’rganishdi. Shuningdek, suyakdan ishlangan taqinchoqlar, dengiz chig’anoqlari topilishi ham muhim bo’ldi. Samarqand makonining topilmalari turlichadir. Ular orasida gardishsimon va elpig’ichsimon nukleuslar ko’p o’rin tutadi. Nukleuslarning ayrimlari sistemasiz, ayrimlari prizmaga yaqin. Bular ichida yirik nukleuslar yo’q. Prizmatik nukleuslar shakl jihatdan mayda. Ular doimiy standart shaklida saqlanmagan. Ayrim nukleuslar qurol sifatida ham qo’llanilgan. Chopper, ya’ni qayroqdan yasalgan qurollar 4-5 foizni, choppinglar 11 foizni tashkil etadi. Kollektsiyada toshdan yasalgan teshasimon qurollar mavjud. Samarqand tosh industriyasining katta qismini kalta tosh siniqlar (otshep) va paraqalar tashkil etadi. Ularning ko’pchiligiga mayda kertish usuli bilan ishlov berilgan bo’lib, ular ibtidoiy xo’jalikning turli yumushlarida qo’llanilgan. Qurollar ichida pona sifatida ishlatilganlari ham xarakterlidir. Tosh randalar otshep va paraqalar asosida yasalgan. Qirg’ich va qirg’ichchalar ham shu shaklda ishlab chiqilgan. Qurollar tarkibida paraqadan yasalgan sixchalar, teshgich qurollar bor. Topilgan keskich, ya’ni gazan qurollar hayvon suyaklaridan qurol yasashda qo’llanilgan. Samarqand makonida ishlatilgan texnikaviy uslubning Qo’tirbuloq va neolit davriga oid Sazag’on makonlarida saqlanganligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, buni qurollarning o’xshashligida ko’rish mumkin. Demak, Zarafshon vohasida muste davridan so’nggi paleolit davriga o’tish evolyutsiyasini makon materiallari asosida bilib olish mumkin.
O’rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati bir zaylda o’rganilmagan. Sharqiy Kaspiy bo’yi hududi mezolit yodgorliklari A.P.Okladnikov, M.E.Markov, S.Xamrakuliev, Ustyurt mezoliti E.Bijanov, A.V.Vinogradov, Qizilqum mezolit yodgorliklari A.V.Vinogradov, Zarafshon vohasi M.Jo’raqulov, T.Grechkina, N.Xolmatov, Farg’ona vodiysida U.Islomov, V.I.Timofeev, Tojikiston hududida V.A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, V.A.Jukov, shuningdek Toshkent vohasida, Surxondaryoda U. Islomov kabi arxeolog-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhimdir.
O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti ishlari o’tgan asr 30- yillari oxirida S.P.Tolstov, A.P.Okladnikov, B.I.Boriskovskiy kabi olimlar izlanishlari bilan boshlangan73.
O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Tojikiston mezolit davri yodgorliklarining o’ziga xos o’rni bor. Haqiqatdan ham, Tojikiston mezolit davri manzilgohlari yaxshi o’rganilgan. Bu borada arxeolog olimlardan, A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, A.G.Amosova, A.YUsupov, V.A.Jukov tadqiqotlari muhim. Ayniqsa, A.P.Okladnikov va V.A.Ranov o’zlarining qariyib 20 yillik birgalikdagi ilmiy faoliyatlari tufayli 1965 – 1984 yillarda 10 dan ortiq mezolit davri manzilgohlarini topishib, ilmiy asosda o’rganishdi74. Keyingi davrda esa, bu sohada A.Amosova, A.YUsupov, V.Jukov, T.Filimonovalarning xizmatlari kattadir. Birgina Vaxsh, Kofirnigon va Panj vohalarida 20 dan ortiq mezolit manzilgohlari keyingi 10 yilliklarda topib o’rganildi. Shulardan 5 tasi Tutqovul, Say-Sayyod, Oq tanga, SHugnov va Darai-SHo’rda qazish ishlari olib borildi. Madaniy qatlamlari buzilgan manzilgohlar ichida eng kattasi va muhim dalillar bergani CHilchor-CHashma manzilgohi, Beshkent vohasi manzilgohlari va Makoni-Mor manzilgohlaridir. Bu makon 1978 yil A.X.YUsupov tomonidan Nurek suv ombori atrofini arxeologik qidiruv va kuzatuv jarayonida kashf etilgan. 1977-78 yillarda makonda qazish ishlari olib borilgan.Tutqovul manzilgohi. Bu makon 1956 yilda A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan75.Say-Sayyod makoni. Bu manzilgoh A.H.Yusupov tomonidan atroflicha o’rganganilgan. 3-gorizont yuqori paleolitningso’nggi bosqichlari bilan yoshlangan.Shugnov manzilgohi. Bu manzilgohning «O» gorizonti mezolit davriga ta`lluqli ekanligi tadqiqotchilar tomonidan ilmiy asoslangan. Shunga asoslanib, bu gorizont tosh qurollari Oshxona mezolit manzilgohi tosh qurollari bilan aynan o’xshash jihatlari borligini aytishimiz mumkin76.Oq tanga manzilgohi 1951 yildan 1953 yilgacha V.A.Ranov tomonidan o’rganilgan. SHarqiy Pomir hududida mezolit davriga oid yana bir madaniyatning borligi aniqlandi. Bu madaniyat «Istiq» g’or makoni arxeologik materiallari asosida ajratilgan. Jumladan, Istiq g’or makonidan topilgan arxeologik materiallar, bir qarashdan o’z tipologiyasi bo’yicha Oshxona madaniyatidan keskin ajralib turadi. Jumladan, Istiq g’or makonidan dastlabki tekshirish uchun transhey qazib ko’rilgan (1975 yilda qazilgan) va bu transheydan qimmatli arxeologik materiallar olingan. Istiq g’or makonida bundan keyin 1976-78 yillar mobaynida uch arxeologik dala mavsumida tadqiqotlar olib borilgan.Farg’ona vodiysi mezolitdavri moddiy madaniyati o’tgan asr 50-yillar 2-yarmidan e`tiboran o’rganila boshlangan. Bu 1958 yili Markaziy Farg’ona hududida B.S.Gamburg va N.G.Gorbunova tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar bilan 1963-1964 yillari Zadneprovskiy keyinchalik 1965 yili esa O’.Islomov mezolit va neolit davriga oid qiziqarli arxeologik manbalarni tadqiqotlar asosida topishgan, biroq, bu materiallar tipologik jihatdan unchalik yaxshi nomoyon bo’lmasdan, hali mahalliy madaniyat ajratishga asos bo’la olmasdi. So’nggi yillar mobaynida Obishir I vaV makonlarining o’rganilishi kutilgan natijalarni berdi. Eng muhimi bu makonlardan buzilmagan madaniy qatlam hamda, yaxshi stratigrafik ma`lumotlar olindi. Jumladan, 1965 yilgi Farg’ona paleolit otryadi So’x daryosi vohasida tadqiqotlar natijali bo’lib, Katrantov tog’ tizmasi janubiy yon bag’rlari ibtidoiy davr moddiy madaniyatini o’rganishda ko’p manbalar berdi. Xususan, 28 ta g’or va tog’ o’ngurlari arxeologik xaritaga olindi. Jumladan, 1966 yili Selung’ur g’or makoni Haydarkon yaqinida ma`lum bo’lgan bo’lsa, shu yilning o’zida Obishir I vaV g’or makonlari ham taddqiqot etilishi muhim bo’ldi. Jumladan, 1966 yil Obishir I makonida kichkina qidiruv shurfi qazib ko’rilganda buzilmgan madaniy qatlam va undan qayroqtosh qurollar Bilan bir paytda, mikrolit qurollar ham topilishi juda ahamiyatli bo’ldi. Shu yilning o’zida Obishir V makoniga 2 ta qidiruv shurfi tashlanib qiziqarli arxeologik manbalar qo’lga kiritilgan. 1966-1967- yillar 1969-1971 yillar va 1973 yillar bu makonlarda sistemali ravishda tadqiqotlar o’tkazildi. Bu tadqiqotlar asosida to’plangan arxeologik manbalar asosida aniqrog’i tipologik analiz yodgorliklarni o’rta mezolit davri moddiy madaniyatiga ta`luqli ekanligini ko’rsatdi. Ana shu materiallar asosida O’. Islomov Obishir madaniyatini yaratgan va ilmiy asoslangan. So’xdan topilgan Obishir I va V makonlari Bilan bir qatorda ochiq holatdagi CHashma manzilgohi ham topilgan. Bu yodgorlik g’or makonlardan janubiy- g’arbiy tomonda CHashma bulog’i yon territoriyasida joylashgan CHashma makonida 4 ta shurf tashlangan bo’lib, aqqol namoyon bo’luvchi madaniy qatlam aniqlanmadi, lekin tosh qurollar juda ko’p topildi. Bu tosh qurollar o’z ko’rinishi tipologiyasi bilan Obishir I ,V g’or makonlari qurollariga aynan o’xshash, shuning uchun ham O’. Islomov bu yodgorlikni Obishir I va V madaniyati guruhiga ta`luqli ekanligini o’z tadqiqotlarida keltirgan77. Turkmaniston territoriyasi mezolit yodgorliklari tadqiqoti natijalariga to’xtalamiz. Bu region mezolit davri yodgorliklari asosan Katta Balxan tog’ tizmasining Kopetdog etaklarida joylashgan bo’lib, hozirgi kunga qadar 30 ta madaniy qatlami buzilgan manzilgoh, shuningdek Jabal, Qaylu, Dam-Dam-CHashma 2 kabi madaniy qatlami yaxshi saqlangan va butun O’rta Osiyo mezolit davri uchun asos qilib olish mumkin bo’lgan manzilgohlar tadqiq etilgan. Ular g’or makoni, hamda ochiq holatdagi manzilgohlardir. Dam-Dam- CHashma 2 g’or makoni 1947 yili A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilib, tadqiq etilgan.78 Keyinchalik 1963-1964 yillar mobaynida manzilgoh arxeolog-olim G.E.Markov tomonidan atroflicha o’rganilgan79. Jabal g’or makoni 1949-1950 yillar mobaynida A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan80. Dam-Dam-CHashma 1- A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan. Lekin, bu yodgorlikning asosiy tadqiqotchisi G.E.Markov hisoblanadi81. O’rtaOsiyomezolitdavrijamoalarimoddiymadaniyatinio’rganishdaUstyurthududihamistiqbollio’lkahisoblanadi. Mazkur hududda mezolit davri jamaoalariga tegishli yodgorliklar A.V.Vinogradov, E.Bijanov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Mezolit davri yodgorliklari mayda ko’l havzalari, yon qirg’oqlari, daryo irmog’lari, yon qirg’oqlari bo’ylab joylashgan. Hozirgi kunda 30 dan ortiq mezolit davriga oid yodgorliklar aniqlangan va tadqiq etilgan. Bular Aydabol- 2,4,6,7, 9,14,15,16,20,21,22,23,25; Oqtayloq – 1, 4,5; Oqto’ba- 1, 2; CHuruk- 2, 10,11; Qo’shxotin, Dahli, Sayutes, Kugusem 4, Sulama va boshqalar hisoblanadi. Mezolit makonlari tosh industriyali paraqali industriya hisoblanib, mikrolitli element ko’proq. Tosh qurollari ichida simmetrik va asimmetrik shaklda bo’lgan yirik trapetsiyalar ko’pchilikni tashkil etadi. Bu turdagi qurollar yon qismlariga ishlov berilgan E.Bijanovning tadqiqoticha tosh qurollarini tipologik tahlil etish asosida jamoalar moddiy madaniyati o’ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Shu tarzda Ustyurt mezolit yodgorliklari bir necha xronologik guruhlarga ajratilgan: 1- guruhga 10 dan ortiq yodgorlik kirib, bular Aydabol- 2,4,7,10, 20, 23; Ahtaylaq- 1; Qo’shxotin-2; CHuruk – 2; Oqto’ba-2 kabilar hisoblanadi. Bu yodgorliklar tosh industriyasiga assimetrik shakldagi trapettsiyalar xos. Ikki taraflama ishlov berilgan o’q yoy uchlari ham uchraydi. Bu qurolar SHarqiy Kaspiybo’yi, Janubiy Ural mezolit yodgorliklari qurollariga juda o’xshash. 2- guruhga Aydabol- 6,9,11,21, 22; Jarimquduq – 1; CHuruk- 2,3, 7, 10,11 kabi yodgorliklar kiradi. Bu yodgorliklar tosh industriyasiga geometrik shakldagi qurollar xos bo’lib, mil.avv. 7-6 ming yilliklar bilan belgilanadi. Asimmetrik va yirik simmetrik shakldagi trapetsiya qurollari Jabal g’ori 5A madaniy qatlami Uralning janubiy qismi yodgorliklari82, Obishir 5 yodgorligi, Oshxona yodgorliklarida uchraydi. Bu faktlarni o’zi mazkur turdagi qurollar O’rta Osiyo miqyosida mil.avv 6 ming yillikkacha paydo bo’lganligini ko’rsatadi. 3- guruh yodgorliklari Aydabal 2,4,7,10,20; Oqtoyloq 4,5; Qo’shxotin 2, CHuruk 2,2; Sumbetimer 1, Dahli , Say-Utes, Oqto’ba 2 kabilar hisoblanib, ulardan yirik o’lchamli tik bo’yli cho’ziqsimon simmetrik trapetsiyalar ko’plab topilgan. Bu guruh yodgorliklari E.Bijanov fikricha mezolit davri so’nggi bosqichlari va ilk neolit jamoalariga tegishli hisoblanadi. E.Bijanov o’z tadqiqotlarida Ustyurt mezolit davri jamoalari madaniyati shakllanishida Kaspiybo’yi va Janubiy Ural mezolit jamoalari madaniyatining ta`sirini alohida ko’rsatadi. Masalan, YAngel tipidagi trapetsiyalarning Ustyurt mezolit yodgorliklarida topilishini Kaspiybo’yi hududidan jamoalarning siljib kelishi bilan bog’laydi (1981). A.V.Vinogradov va E.Bijanovlar Ustyurt mezolit jamoalari yodgorliklarining bir xil tipda qator joylanishidan kelib chiqib, ular ovchi jamoalari makonlari bo’lgan degan xulosani berishadi. Ular mavsumiy uzoq muddatli va oraliq qisqa muddatli jamoalar yashagan makonlar bo’lishgan.83Ustyurt mezolit jamoalari madaniyati, kelib chiqishi ildizi masalasiga kelganimizda mahalliy CHuruk 12 so’nggi paleolit makoni madaniyati negizida avtoxton tarzda shakllanganligini ko’ramiz. So’zsiz bu jamoalar madaniyati mazmunida SHarqiy Kaspiybo’yi va Janubiy Ural mezolit jamoalari madaniyatining madaniy ta`siri bo’lgan. Ustyurt mezolit jamoalari o’zlashtirma xo’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullanuvchi ovchi jamaolari bo’lishgan. Ustyurt mezolit jamoalari madaniyati O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari tarixini bilib olishimizda muhim o’rin tutadi. Zarafshon vohasi mezolit davri yodgorliklari.Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalari moddiy-madaniyati yaqin yillarga qadar deyarli noma`lum bo’lib kelgan edi. Faqatgina A.V.Vinogradovning Quyi Zarafshon vohasi shimoliy irmog’i Ayokagitma, echkiliksoydan tasodifiy tarzda mezolit jamoalariga oid tosh qurollari to’g’risida ma`lumotlari mavjud edi84 . O’tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Rossiya FA etnografiya Institutining Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (A.V. Vinogradov), ToshDU geografiya fakulteti (E.D.Mamedov), SamDU arxeologik ekspeditsiyasi (M.J.Djuraqulov) ilmiy xodimlari hamkorlikda Zarafshon daryosining shu vaqtgacha fanda noma`lum bo’lgan Chorbaqti vohasini topishga va undan oltmishdan ortiq mezolit, neolit makonlarini kashf etishga erishganlar . Chorbakti mezolit makonlari (Chorbakti 11, 23, 27, 41) tadqiqoti, ìazkur jamoalar moddiy madaniyatining mahalliy kaltaminor jamoalari madaniyatlaridan keskin farqi borligini ko’rsatdi. Tosh qurollari tipologik tahlili mazkur makonlar tosh industriyasi otshepli-paraqali industriya ekanligi, o’z xususiyatlari bilan O’rta Osiyo tog’, tog’ yon bag’ri mintaqasi so’ngi paleolit, mezolit jamoalari madaniyatiga yaqin bo’lganligidek xulosa chiqarish imkonini berdi85.Zamicha-tosh makoni. Makon 1989 yili UzFA arxeologiya institutining paleolit guruhi xodimlari tomonidan kashf etilgan bo’lib, Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon chiqib keluvchi soylardan biri bo’lgan Sevasoy yon qayirida joylashgan. (Samarqand viloyati, Urgut tumani)86. Qorakamar g’or makoni.Sazog’onsoyning qo’shni soylaridan biri Katta Quruqsoy hisoblanadi. Bu soy Sazog’onsoydan taxminan 1,5 kilometrlar chamasi g’arb tomonda joylashgan. Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi 2000 yil kuzida Sazog’onsoy va unga qo’shni bo’lgan soylar yon daralarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan paytda Katta Quruqsoy yon darasida Qorakamar g’or makonini kashf etishga erishgan87. Sazog’on I makoni. O’rta Zarafshon vohasi mezolit jamoalari moddiy madaniyatini yoritishda Sazog’on I makoni tadqiqoti natijasida qo’lga kiritilgan arxxeologik manbalar ahamiyati muhim hisoblanadi. Makon O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon o’z suvini oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo’lgan Sazog’onsoy yon qayirida joylashgan (Samarqand viloyati, Nurobod tumani Sazog’on qishlog’i yuqori qismida). Makon kashf etilishi Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqotlari bilan bog’liq bo’lib, makonda 1967-68 yillari D.N.Lev, 1969-1977 yillar maboyinida M.J.Djuraqulov rahbarligida arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan88.Ochil g’or makoni Sazag’onsoy yon darasida joylashgan. Samarqand davlat universiteti arxeologik guruhi xodimlari tomonidan 2003 yilda amalga oshirilgan arxeologik qidiruv shurfi paytida yodgorlikdan ilk bor ibtidoiy madaniyat izlari topilgan. 2004 yili qisman, 2005 yildan e`tiboran hozirgi kunga qadar mazkur makonda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Tadqiqotlar jarayonida g’orning ichki va uning old qismi maydon sathlari reperdan e`tiboran kvadratlarga bo’linib, makonning umumiy plani, uning vertikal va gorizontal ko’rinishi o’lchamlari ma`lumotlari olindi. Ochil g’or makonining ilk tadqiqotlarining natijalari chop etilgan89. Makon tosh qurollarining tipologik tahlili 2 ta kompleksga ajratish imkonini berdi va ikkinchi kompleks N.U.Xolmatov tadqiqotiga ko’ra mezolit davriga oid bo’lib chiqmoqda.

Download 279,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish