2020-yil samarqand – 2020 mundarej a mavzu: O’rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatlarining tarixiy ildizlari: tadqiqot muammolari va istiqboli I bob. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi



Download 279,17 Kb.
bet5/12
Sana24.02.2022
Hajmi279,17 Kb.
#207383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Руфат диcc20май. Dissertatsiya

Ish tuzilmasining tavsifi: Magistrlik dissertasiyamiz muqaddima, 3ta bob va tegishli paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, xarita va tablitsalardan iborat. .....bet

I BOB. O’rta Osiyo tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi:
I.1. O’rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o’rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli.
O’rta Osiyoning janubiy sarhadlari paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati ham nisbatan yaxshi tadqiq etilgan. O’tgan asr 30-yillaridan A.P.Okladnikov rahbarligida tosh asri tarixini o’rganish otryadi tuzilib, Surxondaryoning Boysun tog’ida keng qidiruv ishlari olib bordi va natijada o’rta paleolit davriga oid Teshiktosh, Amir Temur g’or makonlarini topib va ularni tekshirib katta ilmiy kashfiyot qilishdilar. Shuningdek, Turg’ondaryo vohasida tosh davrining turli bosqichlariga doir, jumladan, Kattakamar, Suvlikamar, Zarangchakgut, Dozixona, Machay g’ori singari punktlarda tosh davri jamoalarining izlari topildi. O’rta Osiyoning janubiy sarhadlari tosh davri yodgorliklarini tekshirish ishini dastlab boshlab bergan mutaxassislardan biri viloyat tarixiy o’lkashunoslik muzeyining asoschisi G.V.Parfenov hisoblanadi .11 Bu vohada hozirga qadar o’rganilgan ibtidoiy makonlarning aksariyati dastlab G.V.Parfenov tomonidan hisobga olingan. I.Lamaev va G.V.Parfenovlar hamkorlikda Surxondaryo dala, tog’larida bir qator g’orlarni qalamga olgan va ularning keyinchalik ayrimlarida ibtidoiy odamlarning izlari topildi. A.P.Okladnikov bu materiallarga qiziqib, natijada Boysun tog’larida Teshiktosh, Amir Temur kabi o’rta paleolit davri g’or makonlarini topgan va tadqiqotini olib borgan12 Dastlabki bu tadqiqotlar olimlarning diqqatini oshirgan holda o’lkani arxeologik jihatdan keng ko’lamda o’rganish ishiga turtki bo’lib, natijada ilmiy tekshirish ishlari bir muncha faollashadi. 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov dastlab o’rta paleolitga mansub Teshiktosh va Amir Temur g’or makonlarini qazib tekshirish orqali katta ilmiy natijalarga erishdi.13
Surxodaryo vohasidagi tosh davri paleolit yodgorliklarining topilishi Tojikiston hududida ham ushbudavr jamoalari moddiy madaniyatinini o’rganishga olib kelgan. O’tgan asr 50-60 yillarida olib borilgan dala tadqiqot ishlari tufayli paleolitning deyarli barcha taraqqiyot davrlariga mansub yodgorliklar Janubiy Tojikistonning sarhadlarida topib o’rganildi. Bu borada tojikistonlik arxeolog olim V.A.Ranovni ishlari ahamiyatlidir. To’g’risini aytganda Janubiy Tojikistonning tosh asri tarixini o’rganishni jiddiy ravishda boshlab bergan A.P.Okladnikov bo’lgan, keyingi yillarda uning ishini V.A.Ranov munosib davom ettirdi va qator makonu manzilgohlarni qidirib topib o’rgandi va fan olamida katta yutuqlarga erishdi.14 Janubiy Tojikiston tosh asrini, jumladan, uning paleolitini o’rganish borasida 1953-1956 yillarda A.P.Okladnikov tomonidan keng qidiruv ishlari bajarilib, natijada Qizil-qal’a, Qayroq-qum va shu singari yodgorliklari topilib o’rganildi. Janubiy Tojikiston hududida V.Ranov tomonidan topib o’rganilgan eng qadimgi paleolit davriga oid yodgorliklardan biri Xovaling tumanidagi Ko’ldora makonidir. Tadqiqotchining xulosasiga ko’ra yodgorlik manbalari yoshi qariyb bir millionga teng.15 O’tgan asr 60-70 yillaridaJanubiy Tojikistonda Og’zikichik g’or makoni, Oqjar manzilgohi, Qorabo’ri, Semiganch makonlari, Bo’ritov topilmalari qiziqarli ilmiy manbalar berdi. Bu yodgorliklar asosan V.A.Ranov tomonidan qunt bilan o’rganilgan.16
Farg’ona vodiysida o’tgan asr 50-yillari o’rtasida A.P.Okladnikov tomonidan Sel-ungur g’or makoni arxeologik xaritaga olingan bo’lib, undan ilk paleolit davri madaniyat izlari borligi aniqlangan. O’.Islomov 1985 yildan e’tiboran Sel-ungur g’or makonida qayta qazilma ishlarini amalga oshirib, muhim ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. Xususan, «Farg’ona odami» topilmasini topdi17. Zarafshon vohasi paleolit davri yodgorliklari borasidagi dastlabki ma’lumotlar o’tgan asr 30-yillariga to’g’ri keladi. 1931 yili Samarqand shahri markazida sun’iy ko’l qirg’og’ida dastlab N.P.Xorlamov, keyinchalik M.V Voevodskiy va V.V.Shumovlar tomonidan qidiruv shurfi qazilib qiziqarli tosh qurollari kollektsiyalari to’plandiki, bu materiallar keyingi yillardaD.N.Lev, M.Jo’raqulovlar tomonidan Samarqand makonining kashf etilishi va bu erda tadqiqotlar olib borilishiga zamin yaratgan.1947 yildan boshlab SamDU ekspeditsiyasi ibtidoiy tarix soxasida muxim kashfiyotlarga erishdilar. Jumladan, Omonqo’ton, Takaliksoy paleolit makonlari, ayniqsa, 1958 yildan Samarqand makoni , 1968 yildan Siyobcha, Xo’jamazgil so’nggi paleolit davriga oid makonlarni ochilishi va tadqiqot etilishi e`tiborlidir.Bu davrda 1954 -1961 yillarida Qayroqqum manzilgohi, 1954 -1955 yillarida Xo’jagur makoni, 1957 – 1964 yillarida Qorabo’ri yodgorligi, 1958–1959 –yillarda Xo’jakent, 1961-1963 Jarqo’ton , 1971- 1972 yillarda Zirabuloq, 1971–1972 yillarda Qo’tirbuloq , 1962 -1970 yillarda Obirahmat, 1958-1972 yillarda Samarqand makoni kabi eng muhim yodgorliklarning tadqiq qilinishi bilan bog’liqdir. Bulardan tashqari keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli yana bir qancha yodgorliklar topilib o’rganildiki, ular O’rta Osiyo paleolit davri tarixini mazmunan ma`lum darajada boyitdi. O’tgan asr 60-70-yillari Kranovodsk yarim oroli, Mang’ishloq hududlarida V.P.Boriskovskiy tomonidan, Ustyurt platosida esa E.Bijanov tomonidanilk va o’rta paleolit davriga oid Barsakelmas pastqamligining g’arbiy va shimoliy qismi Esen qirliklarida Esen 1,2,4-6 tosh ustaxonalari, Qoraquduq, Shaxpaxti kabi yodgorliklar tadqiq etilgan. E.Bijanov shu yillar davomida Esen 3, Churuk 12 kabi bir qator so’nggi paleolit davri yodgorliklarini tadqiq etishga erishgan. Quyi Zarafshon vohasida A.V.Vinogradov tomonidan bir qator paleolit davri yodgorliklari aniqlanib, tadqiq etilgan. Xullas,paleolit davri yodgorliklari tadqiqotiga Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalari hududlaridan, O’zbekistonning Farg’ona, Ohangaron, Zarafshon, Surxandaryo vodiylaridan, keyingi yillarda esa Qoraqalpog’istonning Ustyurt o’lkasidan topilgan materiallarni ko’rsatib o’tish mumkin.
O’rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati bir zaylda o’rganilmagan. Sharqiy Kaspiy bo’yi hududi mezolit yodgorliklari A.P.Okladnikov, M.E.Markov, S.Xamrakuliev, Ustyurt mezoliti E.Bijanov, A.V.Vinogradov, Qizilqum mezolit yodgorliklari A.V.Vinogradov, Zarafshon vohasi M.Jo’raqulov, T.Grechkina, N.Xolmatov, Farg’ona vodiysida U.Islomov, V.I.Timofeev, Tojikiston hududida V.A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, V.A.Jukov, shuningdek Toshkent vohasida, Surxondaryoda U. Islomov kabi arxeolog-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhimdir.
O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqoti ishlari o’tgan asr 30- yillari oxirida S.P.Tolstov, A.P.Okladnikov, B.I.Boriskovskiy kabi olimlar izlanishlari bilan boshlangan18. Keyinchalik, YA.G’.G’ulomov, G.E.Markov, V.A.Ranov, A.V.Vinogradov, V.A.Masson, G.F.Korobkova, U.Islomov, M.Qosimov, E.Bijanov, M.Jo’raqulov kabi olimlar tomonidan muvaffaqiyatli ravishda davom ettirilgan19. Hozirgi kunda O’rta Osiyo sarhadlarida mezolit davri jamoalariga tegishli Obishir 1-5, Machay, Qo’shilish, Jabal, Damdamchashma 1,2, Tutqovul, Saysayyod, Oshxona, Chorbaqti, Ochilg’or kabi madaniy qatlamli yodgorliklar yaxshi tadqiq etilgan20.
A.P.Okladnikov va V.A.Ranov o’zlarining qariyib 20 yillik birgalikdagi ilmiy faoliyatlari tufayli 1965 – 1984 yillarda 10 dan ortiq mezolit davri manzilgohlarini topishib, ilmiy asosda o’rganishdi21. Keyingi davrda esa, bu sohada A.Amosova, A.YUsupov, V.Jukov, T.Filimonovalarning xizmatlari kattadir. Birgina Vaxsh, Kofirnigon va Panj vohalarida 20 dan ortiq mezolit manzilgohlari keyingi 10 yilliklarda topib o’rganildi. Shulardan 5 tasi Tutqovul, Say-Sayyod, Oq tanga, SHugnov va Darai-SHo’rda qazish ishlari olib borildi. Madaniy qatlamlari buzilgan manzilgohlar ichida eng kattasi va muhim dalillar bergani CHilchor-CHashma manzilgohi, Beshkent vohasi manzilgohlari va Makoni-Mor manzilgohlaridir. Bu makon 1978 yil A.X.YUsupov tomonidan Nurek suv ombori atrofini arxeologik qidiruv va kuzatuv jarayonida kashf etilgan. 1977-78 yillarda makonda qazish ishlari olib borilgan.Tutqovul manzilgohi. Bu makon 1956 yilda A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan22.Say-Sayyod makoni. Bu manzilgoh A.H.Yusupov tomonidan atroflicha o’rganganilgan. 3-gorizont yuqori paleolitningso’nggi bosqichlari bilan yoshlangan.Shugnov manzilgohi. Bu manzilgohning «O» gorizonti mezolit davriga ta`lluqli ekanligi tadqiqotchilar tomonidan ilmiy asoslangan. Oq tanga manzilgohi 1951 yildan 1953 yilgacha V.A.Ranov tomonidan o’rganilgan. SHarqiy Pomir hududida mezolit davriga oid yana bir madaniyatning borligi aniqlandi. Bu madaniyat «Istiq» g’or makoni arxeologik materiallari asosida ajratilgan. Istiq g’or makonida bundan keyin 1976-78 yillar mobaynida uch arxeologik dala mavsumida tadqiqotlar olib borilgan. Farg’ona vodiysi mezolit davri moddiy madaniyati o’tgan asr 50-yillar 2-yarmidan e`tiboran o’rganila boshlangan. Bu 1958 yili Markaziy Farg’ona hududida B.S.Gamburg va N.G.Gorbunova tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar bilan 1963-1964 yillari Zadneprovskiy keyinchalik 1965 yili esa O’.Islomov mezolit va neolit davriga oid qiziqarli arxeologik manbalarni tadqiqotlar asosida topishgan. Jumladan, 1966 yil Obishir I makonida kichkina qidiruv shurfi qazib ko’rilganda buzilmgan madaniy qatlam va undan qayroqtosh qurollar Bilan bir paytda, mikrolit qurollar ham topilishi juda ahamiyatli bo’ldi. Shu yilning o’zida Obishir V makoniga 2 ta qidiruv shurfi tashlanib qiziqarli arxeologik manbalar qo’lga kiritilgan. 1966-1967- yillar 1969-1971 yillar va 1973 yillar bu makonlarda sistemali ravishda tadqiqotlar o’tkazildi. 23. Turkmaniston territoriyasi mezolit yodgorliklari tadqiqoti natijalariga to’xtalamiz. Bu region mezolit davri yodgorliklari asosan Katta Balxan tog’ tizmasining Kopetdog etaklarida joylashgan bo’lib, hozirgi kunga qadar 30 ta madaniy qatlami buzilgan manzilgoh, shuningdek Jabal, Qaylu, Dam-Dam-CHashma 2 kabi madaniy qatlami yaxshi saqlangan va butun O’rta Osiyo mezolit davri uchun asos qilib olish mumkin bo’lgan manzilgohlar tadqiq etilgan. Ular g’or makoni, hamda ochiq holatdagi manzilgohlardir. Dam-Dam- CHashma 2 g’or makoni 1947 yili A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilib, tadqiq etilgan.24 Keyinchalik 1963-1964 yillar mobaynida manzilgoh arxeolog-olim G.E.Markov tomonidan atroflicha o’rganilgan25. Jabal g’or makoni 1949-1950 yillar mobaynida A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan26. Dam-Dam-CHashma 1- A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan. Lekin, bu yodgorlikning asosiy tadqiqotchisi G.E.Markov hisoblanadi27. O’rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Ustyurt hududi ham istiqboll io’lka hisoblanadi. Mazkur hududda mezolit davri jamaoalariga tegishli yodgorliklar A.V.Vinogradov, E.Bijanov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Hozirgi kunda 30 dan ortiq mezolit davriga oid yodgorliklar aniqlangan va tadqiq etilgan. Bular Aydabol- 2,4,6,7, 9,14,15,16,20,21,22,23,25; Oqtayloq – 1, 4,5; Oqto’ba- 1, 2; CHuruk- 2, 10,11; Qo’shxotin, Dahli, Sayutes, Kugusem 4, Sulama va boshqalar hisoblanadi.28
Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalari moddiy-madaniyati yaqin yillarga qadar deyarli noma`lum bo’lib kelgan edi. Faqatgina A.V.Vinogradovning Quyi Zarafshon vohasi shimoliy irmog’i Ayokagitma, Echkiliksoydan tasodifiy tarzda mezolit jamoalariga oid tosh qurollari to’g’risida ma`lumotlari mavjud edi29 . O’tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Rossiya FA etnografiya Institutining Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (A.V. Vinogradov), ToshDU geografiya fakulteti (E.D.Mamedov), SamDU arxeologik ekspeditsiyasi (M.J.Djuraqulov) ilmiy xodimlari hamkorlikda Zarafshon daryosining shu vaqtgacha fanda noma`lum bo’lgan Chorbaqti vohasini topishga va undan oltmishdan ortiq mezolit, neolit makonlarini kashf etishga erishganlar.30Zamicha-tosh mezolitmakoni 1989 yili UzFA arxeologiya institutining paleolit guruhi xodimlari tomonidan kashf etilgan.31. Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi 2000 yil kuzida Sazog’onsoy va unga qo’shni bo’lgan soylar yon daralarida arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan paytda Katta Quruqsoy yon darasida Qorakamar g’or makonini kashf etishga erishgan32. Sazog’on I mezolitmakoni Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqotlari bilan bog’liq bo’lib, makonda 1967-68 yillari D.N.Lev, 1969-1977 yillar maboyinida M.J.Djuraqulov rahbarligida arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan33.Ochil g’or makoni Sazag’onsoy yon darasida joylashgan. Samarqand davlat universiteti arxeologik guruhi xodimlari tomonidan 2004-2-2015 –yillarmaboyinidatadqiqetilgan34. Makon tosh qurollarining tipologik tahlili 2 ta kompleksga ajratish imkonini berdi va ikkinchi kompleks N.U.Xolmatov tadqiqotiga ko’ra mezolit davriga oid bo’lib chiqmoqda.
Xullas, yuqorida imkoniyat darajasida O’rta Osiyo sarhadlarida tadqiq etilgan mezolit davri yodgorliklarining o’rganilishi tarixi borasida ma’lumot keltirdik.

Download 279,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish