Kranlarning― strelali avtomobil, pnevmog‘ildirakli va gusenitsa-zanjirli, minorali, ko‘prikli, kran-to‘sinlar va shu kabilar temir beton va metall konstruksiyalarni, paketlarda, konteynerlarda tashiluvchi konstruksiyalarni, materiallarni va sh.k. larni ortishda va tushirishda keng qo‘llaniladi. Maxsus qamrab oluvchi moslamalar va greyferlar bilan jihozlangan kranlar yog‘och materiallarni, shag‘al, chaqiq tosh, qum va boshqa sochiluvchan hamda mayda bo‘lakli materiallarni ortish-tushirishda qo‘llaniladi. Ishlar amalga oshiriladigan joyga beton aralashmasini uzatish uchun maxsus bunker-bad’yalar bilan jihozlangan kranlardan foydalaniladi.
Yuk ortgichlar (4,5-rasm) qurilishda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ularning yuqori mobilligi va universalligi tufayli ular yordamida ortish-tushirish ishlarining ancha katta hajmi bajariladi. Qurilishda universal bir cho‘michli yuk ortgichlar, ko‘p cho‘michli yuk ortgichlar va avtoyukortgichlardan keng foydalaniladi.
Bir cho‘michli o‘ziyurar yuk ortgichlar sochiluvchan va bo‘lak-bo‘lak materiallarni ortish hamda tushirish uchun cho‘mich bilan jihozlangan. Osma va almashtiriluvchi uskuna sifatida ular tutqichlar, jag‘li qamrab oluvchilar, buldozerning otvali, yumshatgichlar, kurakli ekskavatorning teskari cho‘michlari bilan jihozlanishi mumkin. Bir cho‘michli yuk ortgichlar yukni oldindan tushiruvchi cho‘mich, yoniga tushiruvchi cho‘mich va orqaga tushiruvchi cho‘michli qilib ishlab chiqariladi. Qurilish maydonlarida yuk ortgichlardan yuklarni tushirish va uncha katta bo‘lmagan masofalarga ko‘chirish, ularni ko‘tarish-transport mexanizmlariga ko‘chirish uchun, qorishma va beton uzellarining qabul qiluvchi bunkerlarini yuklash uchun, turli xil yordamchi ishlar uchun foydalaniladi.
16.1-rasm. Turli xil vazifalarni bajaruvchi yuk ortgichlar:
a − bir cho‘michli yukni orqadan tushiruvchi (yuk ortish va tushirish paytida); b − bir cho‘michli frontal ag‘daruvchi cho‘mich bilan; v − o‘shaning o‘zi jag‘li cho‘michli; g − ko‘p cho‘michli; d − sanchib tutib oluvchi avtoyuklagich; 1 − shnek − ta’minlagich; 2 − cho‘michli elevator; 3 − rama; 4 − yuklanuvchi lotok; 5 – sanchqili (ayrili) tutqich; 6 − teleskopik ko‘targich.
Ko‘p cho‘michli yuklagichlar (uzluksiz ishlovchi mexanizmlar) avtosamosvallarga va boshqa transport vositalariga sochiluvchi va mayda bo‘lakli materiallarni ortish uchun mo‘ljallangan. Bu o‘ziyurar mashina bo‘lib, uning ramasiga o‘yib oluvchi mexanizm – ta’minlagich va elevator yoki konveyer mahkamlangan. Bunday mashinalarning bir necha xili ishlab chiqariladi, ular ta’minlagichning konstruksiyasi bilan farq qiladi – sidirib oluvchi vintlar, cho‘michlab oluvchi sharsimon kallak, sidirib oluvchi panjalar va boshqalar.
Avtoyuklagichlar ishchi organi sifatida ayri-qamragichli teleskopik ko‘targichga ega; almashtiruvchi konstruksiya sifatida kran strelasi, cho‘mich, donabay yuklar uchun qisqichlar va boshqa moslamalar ishlatiladi.
Universal deb atash mumkin teleskopik strelali yuk ortgichlar keng qo‘llanilmoqda, chunki ular sochiluvchi qurilish materiallarini, konteynerlarni ortishga qodir, ulardan platformali ko‘targich sifatida ishchilarni ko‘tarish uchun ham foydalanish mumkin. Ko‘tarilayotgan yuklar balandligi (turli ishlab chiqaruvchilarda) 3,2...4,5 m ga, ko‘tarish balandligi esa 13 m gacha boradi. Pnevmog‘ildirakda yuruvchi universal aravachaning konstruktiv yechimi osma konstruksiyani, shu jumladan ukosinani, uzunlashtiriluvchi strelani, turli xil cho‘michlarni, kran ilmog‘ini, beton uchun bad’yalarni oson va tez almashtirishga hamda ulashga imkon beradi. Yuklagichlarning harakatlanish tezligi 25 km/soatga yetadi. Ikki yoki to‘rtta g‘ildirakli uzatma, gidrostatik transmissiya va orqa o‘qning 900 ga burilishi yuqori quvvat va manevrga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday turdagi yuklagichlarning afzalligi strelasining 10 s ichida to‘liq ko‘tarilishi va tushirilishi, 14 s gacha vaqtda oldinga surilishi va ichiga kiritilishi hisoblanadi. Shu tufayli teleskopik yuklagichdan boshqariluvchi tasmali konveyer sifatida yuklarni teshiklar orqali xonalarga va undan tashqariga ko‘chirish uchun foydalanish mumkin. Yuklagich ko‘taruvchi platforma bilan ishlaganda mexanizm va strelani boshqarishning barcha funktsiyalarini platformaga ulash).
Do'stlaringiz bilan baham: |