20-Mavzu: Qurilish mashinalari saroyini tashkil etish va undan foydalanish. (4-soat)
20.1.-Umumiy qoidalar. Qurilish mashinalariga bo’lgan talabni hisoblash. Qurilish mashinalari saroyidan foydalanishning tashkiliy shakllari.
Qurilish tashkilotlarining mеxanizatsiya boshqarmalari bilan o’zaro hisob-kitob va munosabatlarini shakllari. Qurilish mashinalari ishining ko’rsatkichlari va ularni hisoblash usullari.
21.2.Qurilishda transportni tashkil qilish.
Umumiy qoidalar. Maxsus avtotransport vositalarining sistеmasi. Avtotransport vositalari sonini hisoblash. Qurilishda avtotransportni tashkil etish.
20.1.-Umumiy qoidalar. Qurilish mashinalariga bo’lgan talabni hisoblash. Qurilish mashinalari saroyidan foydalanishning tashkiliy shakllari.
Qurilish tashkilotlarining mеxanizatsiya boshqarmalari bilan o’zaro hisob-kitob va munosabatlarini shakllari. Qurilish mashinalari ishining ko’rsatkichlari va ularni hisoblash usullari.
Tashiladigan qurilish yuklarining keng nomenklaturasida transport jarayonlarining katta solishtirma vaznga egaligi maqbul transport vositalarini tanlashni, yuk oqimlarini yo‘naltirishni, yuk ortish va tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashni, qayta ortish-tushirishlarni qisqartirish va umuman yuqotish, tashish masofasini qisqartirishni talab etadi. Transport vositalarini tanlash ko‘pgina omillarga bog‘liq:
tashiladigan yukning turi ― donabay, sochiluvchan, yoki suyuq materiallar;
konstruksiya va detallarning o‘lchamlari hamda massasi – uzun o‘lchovli, yassi yupqa devorli elementlar;
tashish usuli – gorizontal, vertikal yoki qiya holatda;
fazoviy elementlarning gabaritlari;
yukni tashish uzoqligi;
yukni tashishda ruxsat etilgan tezlik;
olib kelingan yukni tushirish usuli;
yo‘lning turi, uning holati va bo‘ylama qiyaligi qiymati;
tashilayotgan materialning va tashqi havoning temperaturasi;
tashish sharoitlari – ochiq yoki yopiq usulda.
Agar bu omillardan kelib chiqib, avtomobil transporti ko‘rib chiqilsa, u holda avtomobil turi, shatakchi, tirkama yoki yarim tirkaman tanlanadi.
Umumiy ko‘rinishda yuklar tashish usulini tanlashni asoslash asosiy yetkazib beruvchilarning joylashishini hisobga olib, mazkur qurilish maydoniga yuklarni eng samarali yetkazib berish uchun transport turini dastlabki aniqlashni, ikkinchi bosqichda esa bu turlardan eng maqsadga muvofiq transport turlari tanlab olinadi.
Qurilishda transport vositalarini baholaydigan asosiy mezonlarni uch guruhga ajratish mumkin:
texnik – yuk ko‘tarish qobiliyati, o‘tuvchanligi, harakatchanligi (manevrliligi), gabaritlari (o‘lchamlari), o‘qiga tushadigan yuklamalar, ortish-tushirish operatsiyalariga moslanganligi;
texnologik – yuklarning butligini (saqlanganligini) ta’minlash, yuk tushiradigan tomon;
iqtisodiy – yetkazib berish tannarxi.
Avtomobil transportidan barcha xildagi yuklarni 200 km gacha masofaga yetkazishda (chet ellarda bundan ham katta masofalarga tashishda foydalaniladi), borish qiyin tumanlarga, temir yo‘l transporti uchun o‘lchami to‘g‘ri kelmaydigan yuklar mavjud bo‘lganda foydalanish maqsadga muvofiq. Qishloq joylarda avtomobil transporti va traktorlar yuklarini deyarli istagan masofaga yetkazib beradi. Temir yo‘l transporti og‘ir yuk va konstruksiyalarni yirik ob’yektlar bir yerga to‘plangan qurilishda tashishda samaralidir. Daryo transportidan bevosita bir yerga to‘plangan qurilish tumanlarida hamda daryoga bevosita yaqin bo‘lgan va maxsus port uskunalariga ega bo‘lganda foydalanish qulay.
Havo transportidan alohida holatlarda, agar iqtisodiy va vaqt omillariga ko‘ra boshqa montaj konstruksiyalarini yetkazib berish va boshqa montaj uskunalarini ishlatish samarali bo‘lmaganda foydalaniladi. Asosan bu turdagi transportdan borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, xususiy ishlab chiqarish bazasi, suv va yer usti kommunikatsiya yo‘llari bo‘lmagan, iqlim sharoitiga ko‘ra boshqa turdagi transportdan foydalanish imkoni bo‘lmaganda qo‘llanilishi mumkin.
Yuklarni aralash usulda yetkazib berish usullaridan, ma’lum bir hududlarda temir yo‘l yoki avtomobil yo‘llari yo‘qligi, suvli to‘siqlarning mavjudligi sababli ayrim transport turlarining harakatlanishini tashkil etish mumkin bo‘lmaganda yoki agar aralash usulda yetkazib berish yuklarning hatto qo‘shimcha yuklanishlarni ham hisobga olib, iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lganda ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |