Avtosementtashigichlardan kukunsimon va changsimon qurilish yuklarini idishsiz tashish uchun foydalaniladi. Ular ikki xil turda ishlab chiqariladi: pnevmatik tushiruvchi va pnevmatik o‘zi yuklovchi hamda tushiruvchi. Birinchi turi sementni zavodlardan yoki elevatorlardan qurilishga tashish uchun, ikkinchi turi esa omborlardan yoki temir yo‘l vagonlaridan vakuumli o‘zi tushirish uchun va iste’molchilar omborlariga pnevmatik tushirish uchun mo‘ljallangan. Avtosementtashigichlar egarli shatakchiga o‘rnatilgan tsilindrik-tsisterna – yarimtirkamadan iborat va yuk tushirish tomoniga qarab 7...90 qiyalikka ega bo‘ladi. Sisterna yuk tushirish patrubkasiga ega; bosim shatakchining shassisiga montaj qilingan kompressor bilan ta’minlanadi.
G‘ishtlarni konteynerlar va taglik-poddonli paketlarda tashish uchun ixtisoslashtirilgan bortli avtopoezdlar qo‘llaniladi. Donali qurilish yuklari – quvurlar, qoziqlar, yog‘och materiallari bortli mashinalarda va maxsus kuzovli (uzaytirilgan, bortsiz, o‘zi tushiradigan moslamali) mashinalarda tashiladi.
Osma arqonli yo‘llar karerdan qum, shag‘al, ohaktoshni qurilish industriyasi korxonalariga yoki suv va relsli transport turlariga yetkazib berish uchun qo‘llaniladi. Osma arqonli yo‘llar bitta arqonli yoki ikki arqonli bo‘ladi. Ko‘chirish bunkerlari asosan vagonetkalar bitta arqon yordamida tutib turiladi va tashiladi, u arqon bir vaqtda ham ko‘taruvchi va tortuvchi hisoblanadi; arqon oxirgi punktlarida shkivlardan aylanib o‘tadi va berk hisoblanadi. Bir shkiv arqonni tortish uchun mo‘ljallangan, ikkinchisi yetaklovchi hisoblanib elektromotor bilan bog‘langan. Shunday qilib, arqonning bir yo‘li bo‘ylab yuk ortilgan vagonetkalar harakatlansa, ikkinchisi bo‘yicha esa bo‘sh vagonetkalar qaytadi.
Avtotransport sxemalarini hisoblash
Qurilish yuklarini tashishga jo‘natiladigan joyda yuklarni ortish va kelgan joyida yuklarni tushirish kiradi. Hozirgi vaqtda ortish-tushirish jarayonlari to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lib, bu maqsadlar uchun umumiy va maxsus vazifalarni bajaruvchi mashina hamda mexanizmlardan foydalaniladi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra yuklash-tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan barcha mexanizmlar ikki guruhga bo‘linadi: transport vositalariga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi mexanizmlar va transport vositalari konstruksiyasining bir qismi bo‘lib hisoblanuvchi mexanizmlar. Mexanizmlarning birinchi guruhiga barcha turdagi kranlar, tsiklli va uzluksiz ishlovchi yuklagichlar, mexanik belkuraklar, harakatlanuvchi tasmali konveyerlar, pnevmatik yuk tushiruvchilar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga avtomobil-samosvallar, yukini o‘zi tushiruvchi platformasi bo‘lgan transport vositalari, yukni o‘zi tushirish va ortish uchun avtonom vositalar va shunga uxshashlarlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |