Озиқ-овқат, ун-ёрма ва комбикорм саноати. Озиқ овқат саноати ҳам халқ истеъмол молларини ишлаб чиқарувчи асосий тармоқлардан ҳисобланади. Унинг ҳиссаси, вино-ароқ маҳсулотлари билан бирга жами халқ истеъмол моллари таркибида 38-40 фоизга тенг.
Озиқ-овқат саноатининг жойланишини хом ашё омили ҳам белгилаб беради. Хом ашё сифатида турли хил қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари, масалан, пахта чигити, буғдой ва бошқа ғалла экинлари, мева ва узум, чорва маҳсулотлари кабилар хизмат қилади.
Озиқ-овқат саноатининг маҳсулотлари хилма-хил: ун ва ун маҳсулотлари, вино, ароқ, пиво, алкоголсиз ичимликлар, ўсимлик ва ҳайвон ёғи, гўшт, сут, колбаса, сигарет ва ҳ.к.
2020 йил якунларига кўра мамлакатимизда 620 млн. шартли банка мева-сабзавот консервалари, 280 минг т. шакар, 25 минг т. макарон маҳсулотлари, 1350 минг т. ун, 9,8 млн дона ароқ ва ароқ-ликёр маҳсулотлари, 2,4 млн. дана вино, 35 млн. дана пиво, 27 млн дана спиртсиз ичимликлар, шунингдек, кўп миқдорда минерал сувлар, папирос ва сигареталар ишлаб чиқарилган.
Ун-ёрма ва омухта ем саноати республика саноати ялпи маҳсулотини 2,8 фоизини беради. Ушбу саноат тармоғи аҳоли ва чорвачилик эҳтиёжларини қондириш учун хизмат қилади.
Ўсимлик ёғи (йилига 161,4 т.) ишлаб чиқарувчи йирик корхоналар Тошкент, Фарғона, Янгийўл, Гулистон, Косон, Хўжайли, Андижон, Наманган, Каттақўрғон, Учқўрғон ва бошқа қатор шаҳарларда мавжуд.
5-6-Mavzu: O‘zbekistonning nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlar geografiyasi (4-soat).
R E J A:
1. Ijtimoiy sohalar orasidagi savdo, pullik xizmatlar.
2. Ta’lim tizimi.
3. Sog‘liqni saqlash tizimi.
4. Rekreatsiya va turizm sohalari.
1. Ijtimoiy sohalar orasidagi savdo, pullik xizmatlar.
1996 yildan boshlab har bir yili o‘zgacha nom berish, shunga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish aksariyat hollarda bevosita ijtimoiy sohalarga bag‘ishlangan.
2021 yil “ Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkalash yili”deb e’lon qilindi va bu yilda ham belgilangan masalalarni amalga oshirish uchun Davlat dasturi qabul qilindi (2020 yil “ Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili”deb e’lon qilindi).
Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot rekreatsiya va turizm bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi ularni o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarzda, ijtimoiy masalalarga ustuvorlik bergan holda, rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlar (savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turli xil xizmatlar va boshqalar) bilan ijtimoiy infratuzilma o‘rtasidagi farqlarni unutmaslik kerak.
Infratuzilma, ya’ni ichki tuzilma ijtimoiy sohalar rivojlanishi va hududiy tashkil etishning negizi, asosi, fundamenti hisoblanadi, biroq ijtimoiy sohalar bilan ma’nodosh emas. Sababi, infratuzilma bevosita moddiy va ma’naviy boylik yaratmaydi, balki ular uchun sharoit muhayyo qiladi.
Ijtimoiy sohalar orasida savdo, pullik xizmatlar muhim o‘rin tutadi. O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati katta va bu ko‘rsatkichlar tobora o‘sib bormoqda. Masalan, 2020 yil yakunlari bo‘yicha pullik xizmatlarda kichik tadbirkorlik sub’ektlar ulushi 51,5 % ni tashkil etadi.
2020 yilda chakana savdo tovar aylanmasi 194.843 mlyard so‘m tashkil etib, uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 48,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 51,2 foizni tashkil qiladi. Jami chakana savdo aylanmasining 56,5 foizi bozorlar orqali amalga oshirilgan, uning 22,3 foizini buyumlar savdosi, 34,2 foizini oziq-ovqat, ya’ni dehqon bozorlari ta’minlaydi. Sotiladigan tovarlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlaridan un, non va non mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetakchilik qilsa, nooziq-ovqat mahsulotlari ichida yengil mashinalarni sotish oldinda turadi.
2020 yilda bozor xizmatlari hajmi 218 853, 5 mlyard so‘mga yetdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tarkibi: (mlyard so‘m h).
1. Savdo -25,8 % (56 553,9 ). 2. Transport 24,6% (53 772,5) 3. Moliya 20,9 % (45 817,3). 4. Aloqa va axborotlashtirish 5,9% ( 12 886,0). 5. Ta’lim sohasi 4,1% (9 073,0). 6. Yashash va ovqatlanish 2,7% (5878,5). 7. Shaxsiy xizmat 2,3% ( 4983,3). 8. Me’morchilik sohasi xizmatlari 2,3% (2,3%). 9. Ijro xizmati 1,9 % ( 4.172,1). 10. Kompyuterlarni ta’mirlash 1,5% (3407,4). 11. Sog‘liqni saqlash sohasi 1,5% (3209,4).
Chakana savdo aylanmasi – 194 843,5 ming so‘m bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari 74,5 %, yirik korxonalar 17,8 %, uyushmagan savdo 7,7 % ni tashkil qiladi. Unda Toshkent shahri 23,4%, Toshkent viloyati 10,8%, samarqand viloyati 8,5%, farg‘ona viloyati 8,1% ulushdadir. Eng past QQR 3,4%, Sirdaryo viloyati 1,8%.
Transportda: Avtomobil transporti xizmati 54,3%. Quvur transporti 17,6%, temir yo‘l t. 15,1%, havo t. 5,8%, yordamchi transport 7,2% ni tashkil etadi.
Yuk tashishda: Yuk tashish 32,1%, yo‘lovchi 67,9% ni qamrab oladi.
Turli xil xizmatlar yalpi ichki mahsulotning ancha katta qismini ta’minlaydi (2020 yilda 54,0 %).
Pullik xizmatlarning deyarli 2/3 qismini rasmiy sektor bajaradi, qolgan qismi yakka tartibdagi tadbirkorlarga to‘g‘ri keladi. Xizmatlar tarkibida eng avvalo transport xizmatlari ajralib turadi. Ularni jami xizmatlardagi ulushi 31,6 %. Keyingi o‘rinlarda savdo va ovqatlanish (18,2 %), kommunal xizmatlar (12,0 %) turadi.
2020 yil respublika aholisi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar 6 393,2 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 30,278 ming so‘m, Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ancha yuqori. Surxondaryo viloyatlarida birmuncha past (2 983,8 ming so‘m) ni tashkil etadi.
Respublikamizda jami 19. 316 ta maktabgacha bo‘lgan muassasalar mavjud va hozirda hususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat ko‘rsatib boshladi.
Umumta’lim maktablari hozirda 10 090 ta. O‘quvchilar soni 5 826200 dan ortiq o‘quvchi mavjud; 1 nafar o‘qituvchiga 13 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi. Har bir maktabga o‘rtacha 500 nafar o‘quvchi bor.
Bu ko‘rsatkich hududlarning demografik vaziyati, aholi soni, uning o‘sishi va joylanishi, yosh tarkibi kabi omillar ta’sirida bir xil emas.
O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojlanishi mamlakatimizda 1992-, 1997- va 2020 yilda qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun (1997 yildagi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to‘g‘risidagi qonun) doirasida olib boriladi.
Respublikamizda 2021 yil bo‘yicha 19.316 ta (2016 yilda 5.21 ta ) maktabgacha bo‘lgan muassasalar mavjud. Hozirda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham 13 mingdan ko‘proq faoliyat ko‘rsatib boshladi.
O‘tgan yillarda mamlakatimizda 195 ta xususiy maktab, 10. 090 ta maktab, 339 ta kasb hunar maktabi, 194 ta kollej, 195 ta texnikum, 123 ta akademik litsey, 141 ta OTM faoliyat olib bordi.
Atoqli ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan hikmatli so‘zlarini qayta-qayta takrorlashdan charchamaymiz.
Yangi turdagi ta’lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Birgina 2020 yilni oladigan bo‘lsak, yurtimizda matematika fani bo‘yicha 56 ta, kimyo-biologiya fani bo‘yicha 28 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 14 ta ana shunday maktablar tashkil etildi.
Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan – shunga e’tibor bering – 28 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusida ushbu ko‘rsatkichni 50-60 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, avvalambor, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida turibdi. Shu maqsadda joriy yilda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun – 3 ming 155 ta, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun – 1 ming 580 ta, kam ta’minlangan oilalarga mansub xotin-qizlar uchun – 2 mingta qo‘shimcha qabul kvotalari davlat granti sifatida ajratildi.
Bugungi kunda yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar yoshlarimiz jahon maydonlarida turli soha va yo‘nalishlarda yuksak marralarni egallamoqda.
Viloyatlar miqyosida yuqoriroq ko‘rsatkichlar demografik sig‘imi yuqori, aholi punktlari ancha katta bo‘lgan Farg‘ona vodiysida ko‘zga tashlanadi (600 kishi). Ayni paytda xo‘jaligi ko‘proq tog‘ yoki cho‘l sharoitlariga moslashgan mintaqalarda, masalan, QQR, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 400 kishiga ham yetmaydi; Eng past ko‘rsatkich QQRda - 350 nafar o‘quvchi.
Jami Respublikadagi 10.090 ta maktabning 1260 tasi Samarqand, 1141 tasi Qashqadaryo, 892 tasi Toshkent viloyatida bo‘lsa, Toshkent shahrida 355 ta maktab mavjud. 10-11- sinf o‘quvchi qayta tashkil etilishi sababli ayni kunda ular soni keskin kamayib bormoqda. Akademik litseylarning bir qismi oliy o‘quv yurtlari-universitet va institutlar qoshida tashkil etilgan.
O‘zbekistonda jami 194 ta kasb hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda edi va ayni kunda 195 dan ortiq texnikumlar ochilmoqda.
Respublikamizda jami 144 oliy o‘quv yurtlari va 20 dan ortiq ularning filiallari mavjud bo‘lib, (ularning 10 dan ko‘prog‘i xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarining filiallari: 1. Vestministr halqora universiteti (BB), 2. Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti (Singapur), 3. Inxo universiteti (J.Koreya), 4. M.V.Lomonosov nomidagi MDU, 5. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, 6. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyoti universiteti, 7. Turin politexnika instituti(Italiya),8. Puchon universiteti (J.Koreya), 9. Yondju universiteti va hakoza) .
Hozirda Toshkent shahrida 40 dan ortiq oliygohlar joylashgan. Viloyatlar darajasida Samarqand (8 ta), Surxondaryo (7), Qashqadaryo (6) va Andijon (4 ta). 2017-2018 o‘quv yilida birgina Surxondaryo viloyatida 3 ta oliy o‘quv yurtining filiallari ochildi. Yoki hozirda Urganch, Nukus, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Shahrisabz, Termiz, Jizzax (O‘zMU Jizzax filiali), Andijon, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona va boshqa shaharlarda Toshkent shahridagi ko‘plab yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari, jumladan, bizning Nizomiy nomidagi TDPU ning filiali Termiz (2018y.) va Shahrisabz (2019 y.) da ochilgan edi va ayni kunda ular mustaqil pedagogik (TerDPI va QarDPI) institutga aylantirildi.
Respublika OTM larida bugungi kunda 30559 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Toshkent shahri OTMlarida 11507 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, bu OTM larda 145 mingdan ko‘proq talabalar bor. Samarqandda (3241) 30 ming, Farg‘ona viloyatida (Farg‘ona, Qo‘qon shaharlarida) 21 ming talaba va h.k. Eng past ko‘rsatkich Guliston universitetiga tegishli – 4,5 -5 ming nafar talaba o‘qigan.
Hozirda O‘zbekistonda jami davolash maskanlari soni 1205 tani tashkil etadi va ularda vrachlar soni 44 000, o‘rta tibbiyot xodimlar soni 365,7 mingni tashkil etadi. Toshkent shahrida 146 ta shifoxonalar mavjud. Samarqandda 99 ta, Toshkentda 85 ta, Qashqadaryoda 89 tani tashkil etadi.
Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning o‘ziga xos yangi tizimi yaratilganidir. “Temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mehr daftari”, “mahallabay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda.
Tez tibbiy yordam tizimi zamon talablari asosida qayta tashkil etilib, moliyaviy ta’minoti kuchaytirildi.
2016 yilda mavjud bo‘lgan 800 ta “Tez yordam” shoxobchasining soni bugunga kelib 1 ming 666 taga yetkazildi. Tez tibbiy yordam brigadalari soni esa 1 ming 648 tadan 2 ming 685 taga ko‘paytirildi. Respublikamiz aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatayotgan markazlar soni 2016 yilda 10 tani, ularning hududiy filiallari esa atigi 2 tani tashkil etardi. Bugungi kunda bunday markazlarning soni 20 taga yetkazildi, joylarda esa 124 ta filial faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishni davom ettirib, joriy yilda yana qo‘shimcha 48 ta hududiy filial tashkil etiladi.
2021 yil uchun davlat budjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirilib, aholi sog‘lig‘ini saqlash va koronavirusga qarshi emlash choralari ko‘rilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |