belgilanib olinadi, shundan so‘ngina kuzatish dasturining masalari yechimi ko‘rilib
chiqiladi: o‘rganiladigan
obektni chegaralash, to‘plam birligini belgilash, uni
kuzatish va kuzatish dasturi masalalarini umlashtirish yo‘llari ko‘rsatilib o‘tiladi.
Statistik kuzatish faqatgina oldindan tuzilgan dastur orqali amalga oshiriladi.
Masalan, biron bir obektni (qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini) turli tomonlardan statistik
kuzatishni amalga oshirish mumkin. Ammo ushbu obektni qanday belgilar va
ko‘rsatkichlar orqali kuzatishni amalga oshirish asosiy masaladir.
Agarda, ushbu obektda mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar
boyicha kuzatish amalga oshirilmoqchi bo‘lsa, u holda
shu obekt boyicha ishlab
chiqarilgan maxsulot hajmi va mehnat sarflari, mehnatni mexanizasiyalashtirish
darajalari, ishchilar tarkibi, mehnatni tashkil etilishi va boshqa ko‘rsatkichlar
ma’lumotlari to‘planadi.
Agarda, ushbu obektda maxsulot tannarxi
boyicha kuzatish amalga
oshirilmoqchi bo‘lsa, u holda shu obekt boyicha ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi
va unga ketgan harajatlar, ish haqi fondining tashkil etilishi va uning sarfi, xom
ashyo sarfining meyori va boshqa ko‘rsatkichlar ma’lumotlari to‘planadi.
Boshqacha aytganda, statistik kuzatish dasturi oldindan
belgilangan vazifalariga
ko‘ra, o‘rganilayotgan obektni imkoniyat darajasida to‘liq va har taraflama
tavsifnoma berilishini ta’minlashdan iboratdir.
Demak, statistik kuzatish dasturida statistik tadqiqotning vazifalari aniq
ko‘rsatilishi bilan birgalikda, uning ushbu vazifalari statistik ko‘rsatkichlarda
ifodalanishi kerak bo‘ladi. Buning uchun yakuniy statistik
jadvallarning maketi
tuzilib, ushbu maketda hamma olingan natijalar o‘z aksini topadi. Bu olingan
natijalardagi shunday belgilar olinadi-ki, bu belgilar orqali shu to‘plam birliklari
boyicha
guruhlash amalga oshirilib, aniq guruhlar asosida ushbu olingan natijalar
ishlab chiqiladi. Bu olingan natijalar o‘z navbatida har bir guruh boyicha mutlaq,
nisbiy va o‘rtacha miqdorlar tizimi orqali qayta hisoblanadi. Shundan so‘ngina
yakuniy statistik jadvalning maketi ishlab chiqilib, ushbu
natijalar asosida qaysi
masalalarni statistik kuzatish dasturiga qushish yoki qushmaslikni ko‘rilib chiqiladi.
Shunday qilib, statistik kuzatishning dasturini tuzishda dastlab jadvallarni
loyihalashdan boshlash kerak, chunki ushbu jadvalda kuzatishning yakuniy natijalari
joylashib, shundan so‘nggina olingan natijalarga tavsifnoma berish imkoniyati
paydo bo‘ladi. Agarda, oldindan dastur ishlab chiqilmasa, u holda statistik tadqiqot
o‘tkazish jarayonida bu olingan natijalar ushbu to‘plam birligiga tushmay qolishi
mumkin,
yoki aksincha, keraksiz natijalar ushbu to‘plam birligiga tushib qolishi
mumkin.
Bu holatlarni bartaraf etish maqsadida statistik tadqiqot amaliyotida dastlab
varaqalar (blankalar), formulyarlar va anketalar tuziladi.
Demak, har qanday tadqiqotning dasturi jadval yoki jadval tizimi deb yuritiladi
va bundagi olingan natijalar faqatgina birlamchi hujjatlarni ishlab chiqish orqali
olinishi mumkin.
Endi statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari o‘z
ichiga olinishini
ko‘rsatib o‘tamiz.(4-chizma):
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy
masalalari
Kuzatish
maqsadi va
vazifalari
Kuzatishdastu
ri
Kuzatish
obi’ekti
Kuzatishva
hisob birligi