2-mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati Reja: Statistik kuzatish to‘g‘risida



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#746439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu

IV.
 
Kuzatish 
birligi deb, 
birlamchi 
yacheykadan 
kerakli 
bo‘lgan 
ma’lumotlarni olinishi tushuniladi.
To‘plam birligi - bu statistik kuzatish obektining dastlabki elemeti bo‘lib, 
belgilarni tashuvchiligini, qayd etilishini va statistik tadqiqotni olib borilishining 
asosini tashkil etadi. Bunda to‘plamdagi son birliklari o‘rganilayotgan xodisa va 
jarayonlarning hajmiga tavsifnoma bersa, bu son birliklarining o‘zgarishi esa uning 
rivojlanishini ko‘rsatadi.
Boshqacha aytganda, to‘plam birligi – bu nima olingan bo‘lsa o‘rganish uchun, 
usha narsa boyicha to‘liq tadqiqot o‘tkaziladi. Kuzatish birligi esa – bu 
ma’lumotlarni olish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, to‘plam birligini aniqlash orqali statistik kuzatishning dasturi ishlab 
chiqilsa, kuzatish birligi orqali esa shu ma’lumotlarni to‘plashni tashkillashtirish 
masalalari xal qilinadi.
Hisob birligi deb, o‘rganilayotgan to‘plamning shunday birligi tushuniladi-ki, 
uning beligilari tekshirish jarayonida qayd qilinishi kerak bo‘ladi.
Demak, u olib borilyotgan hisob uchun boshlang‘ich asos bo‘ladi. Masalan, 
1989 yilgi aholi royxatini o‘tkazish jarayonida har bir shaxs haqidagi 25 savol hisob 
birligi bo‘lib belgilangan edi.
V.
 
Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus hujjatda aks ettiriladi. Bu hujjat 
statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan, hisobot 
shakli, tabel, yo‘l xati (nakladnoy), royxatga olish varaqasi, blankalar, so‘rovnoma 
varaqasi va hokazo.
Statistik formulyar kuzatish dasturining mazmunini tashkil etgan holda, u ikki 
xil ko‘rinishda bo‘ladi:
Alohida shakldagi formulyar; 
Royxat shaklidagi formulyar. 
Alohida shakldagi formulyar deb, bunda maxsus tayyorlangan blankalarga 
faqatgina birgina to‘plam birligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritilishini tushunamiz. 
Bunga misol sifatida korxonalarning yillik hisoboti yoki har bir ishchiga ish haqi 
hisoblangan hisob varaqasi formulyari misol bo‘la oladi.
Royxat shaklidagi formulyar deb, bunda maxsus tayyorlangan blankalarga ikki 
va undan ortiq to‘plam birliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritilishi tushiniladi. 
Bunga misol sifatida u yoki bu oilaning a’zolari yoki bo‘lmasa, korxona boyicha 
barcha ishlovchilar soni to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlar misol bo‘la oladi.
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va bir xilda tushunishni ta’minlash 
maqsadida statistik formulyarni to‘ldirish uchun qo‘shimcha tushuntirishlar berilish 
zaruriyati tug‘iladi. Bu tushuntirishlarni amalga oshirish uchun statistikada maxsus 
hujjat bo‘lgan yo‘riqnoma orqali amalga oshiriladi.
Yo‘riqnomada:

Statistik kuzatish maqsadi va vazifalari;

Kuzatish obekti va birligi; 

Ma’lumotlarni qayerdan olish va kimdan olish; 

Kuzatish muddati; 

Hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi; 

Materiallarni topshirish va jo‘natish muddati; 

Ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o‘xshash kuzatilayotgan 
xodisa bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar yoritiladi.


Yo‘riqnoma odatda ko‘pgina mutaxassislar ishtirokida muxokama qilinishi 
lozim. Shunga asosan kuzatish dasturidagi rekvezitlar bilan bog‘liq masalalar aniq, 
ravon va tushunarli bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lgan takdirdagina yo‘riqnoma 
hisobchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi (5-
chizmaga qarang): 
5-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari. 
 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish