2-mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati Reja: Statistik kuzatish to‘g‘risida



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#746439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu



2-mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati
Reja:
1.
 
Statistik
 
kuzatish
 
to‘g‘risida
 
umumiy
 
tushuncha
 
va
 
uning
 
oldiga
qo‘yiladigan
 
talablar
.
2.
 
Statistik
 
kuzatishning
 
dasturiy-uslubiy
 
va
 
tashkiliy
 
masalalari
.
3.
 
Statistik
 
kuzatish
 
turlari
.
4.
 
Statistik
 
kuzatish
 
xatolari
 
va
 
ularni
 
aniqlash
 
yo‘llari
.
5.
 
O‘zbekistonda
 
statistikaning
 
tashkil
 
etilishi.
1.Statistik kuzatish to‘g‘risida umumiy tushuncha va uning oldiga
qoyiladigan talablar.
Statistik kuzatish – statistik tadqiqotning birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
Bu kuzatish to‘g‘risida fransuz yozuvchisi Balzak shunday degan edi: «Istagan
joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o‘rganish va kuzatish kerak».
Har qanday statistik tadqiqot xodisalarni hisobga olish va birlamchi
ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi. Bu ma’lumotlar o‘z maqsadi va statistik
ishlar mazmuni boyicha xilma-xil usullarda olinishi mumkin. Masalan: aholi sonini,
jinsiy tarkibini, millatini, yoshini, kasbini va boshqa belgilari boyicha har bir kishini
og‘zaki so‘rovnomani o‘tkazish orqali olinadi. Yoki bo‘lmasa, bozorda qanday
maxsulot turi va naviga bo‘lgan talabni bilmoqchi bo‘lsak, u holda shu bozorda aholi
talabi va shu maxsulot boyicha qay darajada ta’minlanganligini o‘rganish maqsadida
aholining talabini qayd qilish tashkil etiladi va o‘rganiladi. Yoki bo‘lmasa,
korxonada davlat buyurtmasining bajarilishi boyicha ma’lumotlarni olmoqchi
bo‘lsak, u holda korxona boyicha dastlabki hisobni shunday tashkil etish kerak-ki,
bu o‘z navbatida shunday axborot ma’lumotlarini berishini ta’minlashi kerak
bo‘ladi.
Bu ko‘rsatib o‘tilgan holatlar har qanday qoyilgan maqsad va vazifalar boyicha
statistik tadqiqotni birlamchi ma’lumotlarni hisobga olishdan boshlash kerak
bo‘ladi. Lekin bu ma’lumotlarni olishning turli yo‘llari borligini ko‘rish mumkin:
ushbu ma’lumotlarni yo og‘zaki, yo ushbu xodisalarni qayd qilish, yo korxona
boyicha uzluksiz holda hisobni yuritish orqali amalga oshiriladi.
Demak, ijtimoiy xodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy
uyushtirilgan asosda to‘plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U statistik
tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas’uliyatli bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
U qanchalik to‘g‘ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda
tekshirish natijalari ham aniq va qoyilgan maqsadga javob bera oladigan bo‘ladi.
Uning natijalari bilan tadqiqot yakunlari belgilanadi. Binobarin, tekshirish samarali
va sermazmun bo‘lishi uchun birinchi navbatda kuzatishdan olingan ma’lumotlar
to‘la bo‘lishi kerak. SHU bilan birga statistik kuzatishni amalga oshirayotganda bir
qator shart-sharoitlarni hisobga olishni talab qilinadi. Aks holda, to‘plangan
ma’lumotlar ilmiy tekshirish talablarini to‘la qondira olmasligi va hattoki butunlay
yaroqsiz ham bo‘lishi mumkin. Eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar
quyidagilardan iborat:

Statistik kuzatish dallilarni bir – biri bilan o‘zaro bog‘lanishda va bir
butunlikda qayd qilish lozim. Binobarin, statistik ma’lumotlar tasodifiy olinmagan
holda, balki o‘rganilayotgan ijtimoiy xodisalar ommaviy bo‘lishi bilan birga bu
xodisalar to‘la olingan bo‘lishi kerak.



Ma’lumotlar to‘la-to‘kis bo‘lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan 
to‘plamdagi birliklar makon (mintaqa, hudud) chegarasida to‘la hisobgaolinishi 
kerak. Bu yerda so‘z faqat yoppasiga kuzatish ustida borayotgani yo‘q. Bu 
ma’lumotlarni tanlama kuzatish yo‘li bilan ham olish mumkin. Ammo bunday 
usulda kuzatishni amalga oshirayotganda tanlab olingan to‘plamning to‘la 
vakolatligini ta’minlash va unga kiritilgan barcha obektlarni to‘la-tukis, bittasini 
ham mustasno qilmasdan tekshirish zarurdir. Masalan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini 
o‘rganish lozim bo‘lsa, u vaqtda barcha shu tarmoqlarning korxonalarini bittasini 
ham qoldirmasdan hisobga olish kerak. Yoki shu tarmoqqa taaluqli va uning holatini 
to‘la tavsiflovchi bir guruh tipik (toifa) korxonalar hisobga olinadi.

Statistik kuzatishning to‘laligi ma’lumotlarning vaqt boyicha qamrab olinishi 
bilan ham belgilanadi. Agarda, birinchi yilda to‘plam kuzatilsa-yu, ikkinchi yilda 
uning ayrim birliklari, uchinchi yilda esa qandaydir boshqa birliklar tushib qolsa va 
shu tarzda kuzatish davom etaversa, u holda olingan ma’lumotlar vaqt boyicha to‘la 
–to‘kis bo‘lmasdan, ularning taqqoslamaligiga putur yetadi. Ayrim xollarda esa 
xodisalarning vaqt boyicha o‘zgarishi tasodifiy omillar ta’siridan xoli bo‘lmaydi. 
Bunday tasodifiy ta’sir kuchini yumshatish va haqiqatli (qonuniyatli) to‘laroq 
aniqlash maqsadida ko‘p yillik ma’lumotlardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi.

Olinayotgan ma’lumotlar aniq, haqqoniy va ishonchli bo‘lishi shart, aks holda 
ular isbotlab beradigan kuchga ega bo‘la olmaydi. Bu yerda gap ma’lumotlarni faqat 
arifmetik jihatdangina (maslan, tiyin, grammgacha) aniq bo‘lishi to‘g‘risida emas, 
balki bu ma’lumotlarning obektiv haqiqatini aks ettirishi to‘g‘risida borayapti. 
Demak, o‘rganilayotgan voqea va xodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlar yagona 
dastur va metodologiya asosida to‘planishi lozim. Bu ma’lumotlarni to‘plash dasturi 
va metodologiyasi hamma hududlar, idora va tashkilotlar hamda davrlar uchun bir 
xil bo‘lishi kerak. Aks holda, ular taqqoslama bo‘lmaydi va ilmiy tekshirish uchun 
yaroqsiz hisoblanadi. Masalan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mahsulot ishlab 
chiqarishning o‘sish sur’atini tahlil qilmoqchi bo‘lsak, lekin maxsulotning hajmi 
turli yillar uchun turli xil yondashuvlar asosida (maxsulot hajmiga xom ashyolar, 
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati, bir yillir uchun qo‘shilgan, boshqa yillar 
uchun qo‘shilmagan bo‘lsa yoki turli xil baholarda) hisoblangan bo‘lsa, u vaqtda bu 
ma’lumotlar asosida to‘g‘ri xulosalarni mutlaqo chiqarib bo‘lmaydi. Bu kuzatish 
natijalari o‘z vaqtida operativ boshqarish uchun qo‘llanishi lozim, aks holda bunday 
ma’lumotlar ijtimoiy bilishning qudratli quroli bo‘la olmaydi. Mana shu talablarga 
asoslangandagina statistik kuzatish samarali natija beradi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish