Statistik guruhlash haqida tushunchava uning usullari
Guruhlash jamlashning ilmiy asosi bo’lib hisoblanadi. To’plangan statistik ma’lumotlar, muhim belgilar asosida guruhlanib o’rganilmasa, tekshirilayotgan hodisalarning ichki bog’lanishlari va qonuniyatlari ochilmay qolaveradi. Masalan, aholi ro’yxati ma’lumotlarini oddiy jamlash bilan chegaralasak, u paytda umumiy aholi sonidan boshqa hyech narsaga ega bo’lmaymiz. Yoki qishloq xo’jaligi korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlarni (reja bajarilishi bo’yicha guruhlarga ajratmasdan) jamlash bilan qanoatlansak, u holda faqat qishloq xo’jaligi tarmog’ining yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati aniqlanadi. Shuning uchun ham voqyea va hodisalarni chuqurroq tahlil qilish uchun ularni asosiy va muhim belgilariga binoan (masalan, aholini jinsi, ma’lumoti va boshqa belgilari bo’yicha) guruhlab, tip (toifa) larga ajratib o’rganmoq zarurdir.
Demak, statistik guruhlash deb, o’rganilayotgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarni ularning muhim belgilariga qarab bir turdagi guruhlarga ajratish tushuniladi.
Uni ilmiy tarzda tashkil etish uchun, guruhlash belgilarini yaxshi bilish va to’g’ri tanlab olish kerak bo’ladi. Agar bular noto’g’ri belgilab olingan bo’lsa, u holda guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bo’yab ko’rsatuvchi natijalarni beradi.
Guruhlash belgisi deb, guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, guruhlashni aynan qaysi belgi asosida amalga oshirilishi tushuniladi. Uni tanlashda quyidagi asosiy shartlarga e’tibor berish lozim:
- guruhlash uchun har doim hodisani, to’la tavsiflab beruvchi muhim belgilar asos qilib olinishi kerak;
-guruhlash belgisini tanlashda uning aniq vaqt va joy sharoitini, o’sha davrning mohiyatini ifodalovchi, hozirgi zamon iqtisodiyotini tavsiflovchimasalalarni yorita oluvchi belgi- lar ekanligiga e’tibor berish kerak;
- murakkab hodisalarni o’rganishda guruhlashni faqat bitta belgi bo’yicha emas, balki bir necha muhim belgilar bo’yicha amalga oshirilishi ke rak.
Belgilar ifodalanishiga qarab, quyidagilarga bo’linadi:
- Atributiv belgi – son bilan ifodalanmaydi- gan, bir-biridan mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. Masalan, kishilarning toifasi, fazilati, kasbi, millati, jinsi va shu kabilar bu belgiga misol bo’la oladi. Yoki bo’lmasa, Abu Bakr Varroh Termi ziyning marhamat qilishlaricha, odamlar uch toifaga bo’linadi:
Birinchisi – umaro (amirlar);
Ikkinchisi – ulamo;
Uchinchisi - fuqaro.
Agarda, amirlar buzilsa, xalqning hayot tarzi buziladi; ulamo buzilsa, xalqning din–diyonati nuqsonga uchraydi, fuqaro buzilsa, xalq o’rtasida halollik va himmat buziladi. Amirlarning buzilishi-jabr-zulm qilinishi; ulamolarning buzilishi – mol-dunyoga berilishi va havoi nafsga ergashish; fuqaroning buzilishi esa, toatni tark etish va rizoga muxolafat qilishdir.
- Muqobil (alternativ) belgi - ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. Masalan, ma’lumotli-ma’lumotsiz, tajribali-tajribasiz, hunarli-hunarsiz, ha-yo’q va hokazo.
- Miqdoriy belgi - son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi. Masalan, mahsulot hajmi, talabalar soni, ishchilar soni va shu kabilar bevosita raqamlarda ifodalanadi.
Voqyea va hodisalarning o’zaro bog’liqligi yuzasidan belgilar quyidagi quyidagilarga bo’linadi:
- Omil belgi – natijaga ta’sir qiluvchi belgilardir.
- Natijaviy belgi – omil belgi ta’sirida o’zgarib turuvchi belgidir.
Masalan, 1ga yerdan olingan paxta hosildorligi bilan shu maydonga sepilgan o’g’it miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganmoqchi bo’lsak, u holda bu yerda 1 ga maydonga sepilgan o’g’it miqdori omil belgisi bo’lib hisoblansa, 1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi esa natijaviy belgisi bo’lib hisoblanadi. Yoki bo’lmasa, paxta hosildorligi bilan uning tannarxi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganmoqchi bo’lsak, paxta hosildorligi bu misolimizda omil belgi bo’lib hisoblansa, uning tannarxi esa natijaviy belgisi bo’lib hisoblanadi. Ushbu misolimizda 1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi ham omil belgisi, ham natijaviy belgisi bo’lib qatnashayapti.
Demak, ijtimoiy hayotda o’rganiladigan hodisalarning belgilari goh omil, goh natijaviy belgi sifatida namoyon bo’lishi mumkin.
Ko’zlangan maqsad va vazifalarga qarab, hodisalarni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlash mumkin:
- Muhim bo’lgan belgilar - hodisa sifatini, mohiyatini to’liq ifodalab ko’rsatuvchi belgi bo’lib hisoblanadi. Korxonalarni mahsulot hajmi, ishlab chiqarish fondlari bo’yicha guruhlash muhim belgi bo’yicha guruhlashga misol bo’la oladi. Millat tushunchasining ma’nosi nima? Faylasuflar va allomalar millatni asosan uchta muhim belgi bilan bir-birlari bilan farqlaydilar:
1) Har bir millatning ona tilini qadrlashi (Tilga e’tibor – elga e’tibor. Alisher Navoiy)
2) Har bir millatning o’ziga ko’pchilik aholisi jam bo’lib yashaydigan Vatani bor ekanligi.
3) Har bir millatning o’ziga xos milliy madaniyati, milliy an’analari va urf odatlarining umumiyligi.
Shuning uchun ham har bir millat o’z vatani, o’z xalqi va milliy madaniyati, jumladan, o’z urf-odatlarini avaylab e’zozlaydi. Shu bois, millatlar o’rtasida «Vatanni sevmoq-iymondandir» deyiladi.
- Muhim bo’lmagan belgilar - hodisaning faqatgina tashqi tomonini tavsiflaydi. Bunda korxonalarni ularning nomi, kimga qarashligi kabi belgilar bo’yicha guruhlashlar misol bo’la oladi.
- Birlamchi belgilar - o’rganilayotgan hodisaning (masalan, xo’jalikda ishchilar sonini, asosiy fondlar qiymatini, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va hokazo) mutlaq sonini, hajmini, miqdorini tavsiflaydi.
- Ikkilamchi belgilar – birlamchi belgilarni bir-biriga bo’lish natijasida olingan hosila bo’lib, hodisaning intensivligini, tuzilmasini, dinamikasini tavsiflaydi. Masalan, mehnat unumdorligi ikkala birlamchi belgini, ya’ni mahsulot hajmini ketgan vaqtga bo’lish natijasida olinadi. Bu yerda olingan natija, ya’ni mehnat unumdorligi ikkilamchi belgi bo’lib hisoblanadi.
Guruhlash usuli birinchi marta XVII- asrda Rossiyada tatbiq qilina boshlandi. Bu usulni tatbiq qilishda va rivojlantirishda A.N.Radishchev (1749-1802), D.P.Juravskiy (1810-1856), P.P.Semyonov Tyan-shanskiy (1827-1914) kabi buyuk rus olimlarining xizmatlari katta. Masalan, sud statistikasining asoschisi A.N.Radishchev jinoiy ishlarni guruhlarga bo’lib o’rganishni ta’kidlagan bo’lsa, D.P.Juravskiy statistikani keng ma’noda kategoriyalar, guruhlar bo’yicha hisob olib boruvchi fan deb atadi. Taniqli geograf va statist P.P.Semyonov Tyan-Shanskiy qishloq jamoalarini batraklar soni, yerni ijaraga olish va berish kabi belgilar asosida oltita guruhga bo’lib o’rgandi.
Zemstvo statistikasining vujudga kelishi va uning dehqon xo’jaliklarini xonadonlarga bo’lib o’rganishi guruhlash usulini keng qo’llashga sabab bo’ldi.
Arastu jamiyatdagi kishilarni 3 tabaqaga bo’ladi:
eng boy tabaqa;
o’rtacha boy tabaqa;
eng kambag’al tabaqa.
Bulardan eng boy va o’rtacha tabaqalar go’zal fazilatlarga ega bo’lib, kambag’al kishilarda bu axloqiy fazilatlar yo’qdir, deb xulosa qiladi.
Germaniyada yuz yildan buyon amal qilib kelinayotgan bir qonun bor. Unga ko’ra, bolalar, yoshidan qat’iy nazar ota-onalariga yordam berishlari lozim. Shunga binoan ular besh guruhga bo’linadi:
6 yoshgacha -
|
bola faqat o’ynab yuradi.
|
6-10 yoshgacha -
|
ota-onasiga ba’zan idish-tovoq yuvish, uyni tozalash, do’kondan biror narsa sotib olib kelishga qarashadi.
|
10-14 yoshgacha -
|
bog’ ishlariga ko’maklashadi, o’zini va boshqalarning poyafzalini tozalaydi.
|
14-16 yoshgacha -
|
avtomashinani yuvadi, bog’ va tomorqada bir marta kattalar bilan teng ishlaydi.
|
16-18 yoshgacha -
|
agar ota-onasi ishda bo’lsa, har haftada bir marta o’y ko’tarib, tozalashi shart.
|
Guruhlash usuli ommaviy to’plamlarda miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo’llaniladi. Masalan korxonalarni:
Samaradorlik darajasi bo’yicha quyidagi uch guruhga:
- ilg’or;
- o’rta;
- qoloq.
katta-kichikligiga qarab:
- yirik;
- o’rta;
- kichik.
mulkchilik shakliga qarab:
- davlat;
- jamoa;
- xususiy va shu kabi guruhlarga bo’lish mumkin.
Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch turdagi vazifa yechiladi:
- hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tip (toifa)larga ajratiladi:
- ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o’rganiladi;
- hodisalar o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |