2.3 Statistik jadvallar to’g’risida umumiy tushuncha, ularning turlari va ularni tuzishning asosiy qoidalari.
Statistik jamlash va guruhlash natijasida olingan ma’lumotlar jadval ko’rinishida ifodalanadi. Statistikadagi jadvallar logarifmik, karra va boshqa jadvallardan farqliroq, ular tuzilishi jihatidan yotiq va tikka chiziqlarning kesishmasidan tashkil topadi. Mazmunan esa ular juda boy bo’lib, o’rganilayotgan statistik to’plamning umumiy miqdori tavsifnomasini beradi. Jadvalda statistik jamlash va guruhlash natijalari o’zining ixcham, ko’rimli va muntazam ifodasini topadi. Statistik dajvalni birinchi marta 1726 yilda rus olimi N.K.Krilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti bo’lgan «Umumrossiya davlatining yashash holati» degan ishida keng qo’llagan. Shu davrdan boshlab statistik jadvallar amaliyotda juda keng qo’llanila boshlandi.
Demak, statistik jadvallar deb, o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni rasional usulidan keng foydalanib keltirilishi va ularni umumlashtirilgan raqamlar yordamida, ma’lum tartibda joylashtirilishi tushuniladi.
Jadval qator (yotiq chiziq) va ustun (tikka chiziq)lardan tashkil topgan bo’lib, har bir statistik jadvalning egasi va kesimi bo’ladi. Jadvalda gap nima nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Jadvalning egasi odatda jadvalning yotiq qatorlarida, kesim esa tikka ustunlarida joylashtiriladi. Jadvalning umumiy maketi quyidagi ko’rinishga ega (11-chizmaga qarang):
11-chizma. Jadvalning umumiy maketi.
Agarda, jadvalning maketi to’g’ri va ixcham tuzilgan bo’lsa, u holda statistik ma’lumotlarni o’qish va ularni axborot sifatida qabul qilish osonroq kechadi, shuningdek, ushbu jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarning bir-biriga bog’liqligi guruhlash usuli orqali qayd etiladi va umumlashtiriladi (9-jadvalga qarang):
9-jadval
O’zbekiston Respublikasining 1997 va 2003 yillardagi aholisining umumiy soni va uning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar
Yillar
|
Jami aholi (mln. kishi hisobida)
|
Salmog’i (% da)
|
Shaxarda
|
Qishoqda
|
Jami
|
Shahar aholisi
|
Qishloq aholisi
|
1997
|
8956,0
|
14488,0
|
23444,0
|
38,2
|
61,8
|
2003
|
10010,0
|
15140,0
|
25150,0
|
39,8
|
60,2
|
Ushbu jadval tasviri shuni ko’rsatib turibdiki, hamma ko’rsatkichlar jadvalning yuqori qismida va yillar bo’yicha esa chap qismida keltirilgan. Bu esa o’z navbatida har safar bir ko’rsatkichlarni bir necha bor takrorlanishiga chek qo’yadi. Jadvalning ichki qismida esa raqamlar qatorlar va ustunlarda joylashtirilgan bo’lib, ularni bir ko’rishda ham o’qish, ham taqqoslash, ham tahlil qilish imkonini beradi.
Ega tavsifiga qarab, statistik jadvallarning asosiy turlarini ko’rib chiqamiz:
1. Oddiy jadvallar. Bunda jadval egasi faqat hodisalar, yillar (oylar), obyektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallar tushuniladi. Bu yerda ega hyech qanday ishlov berilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri boshlang’ich kuzatish materillaridan olinadi (10-jadvalga qarang):
10-jadval
Dunyo sharining maydoni
Do'stlaringiz bilan baham: |